Get Mystery Box with random crypto!

IT taʼlim

Telegram kanalining logotibi edurtm_uz — IT taʼlim I
Telegram kanalining logotibi edurtm_uz — IT taʼlim
Kanal manzili: @edurtm_uz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 26.91K
Kanalning ta’rifi

RTV huzuridagi Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi

Facebook: https://www.facebook.com/edurtm.uz/
YouTube:https://www.youtube.com/channel/UCTcedC5HxHGnHRSYeyoV5ZQ

Ratings & Reviews

3.50

4 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


jasurbek20091112
jasurbek20091112

Zo‘r


Oxirgi xabar 12

2023-03-22 14:25:42
Ta'til vaqtida IQ test yeching va kitoblarni qo‘lga kiriting!

Respublika ta'lim markazi va KHISO olimpiada maktabidan yutuqli tanlov!

Ertaga 23-mart kuni soat 11:00 dan 22:00 gacha khiso.uz platformasida!

Testda qatnashish uchun @khiso_uz_bot orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Barcha ishtirokchilar QR kodli sertifikat bilan taqdirlanadi!

Olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul!

O‘qituvchilar, talabalar va o‘quvchilar o‘rtasida eng yaxshi 3 ta natija egasi kitoblar bilan taqdirlanadi!

O‘tgan safargi testda 39 ga nafar ishtirokchi maksimal ball to‘plagan har bir ishtirokchi kitoblar uchun 20 % chegirmani qo‘lga kiritishdi.

Testlarning yechimlari youtube kanalimizda tahlil qilinadi.

Saytdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan batafsil tanishib chiqing.


Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
11.4K views11:25
Ochish/sharhlash
2023-03-21 09:12:52
Navro'z shukuhi

Poytaxtimizning Mirzo Ulug'bek tumaniga qarashli xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan 112-maktabda Navro'z sayli o'tkazildi.

Maktabning iqtidorli o'quvchilari bayram dasturxoni-yu, osh pishirish bellashuvida, xorijiy tillarda aytilgan bayram tabriklari-yu, nemis tilida sahnalashtirigan ertaklarda o'z mahoratlarini namoyon qildilar.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
9.1K views06:12
Ochish/sharhlash
2023-03-21 07:07:57
Assalomu alaykum!

Navroʻz — yangilanish, yosharish bayrami bilan chin yurakdan tabriklaymiz! Xonadoningizdan toʻkin-sochinlik, qut-baraka arimasin!

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
6.2K views04:07
Ochish/sharhlash
2023-03-18 09:55:55
#foto_reportaj
Hashar — bu xalqimizning qadimiy va azaliy qadriyatlaridan biridir.

Uning zamirida obodlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, xayr-sahovat va bunyodkorlik mujassam.

18 - mart umumxalq xayriya hashari kuni deya belgilandi.

Maktabga va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazi jamoasi tashkilot hovlisida hashar oʻtkazmoqda.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
4.0K views06:55
Ochish/sharhlash
2023-03-18 04:42:56
Ta'lim jarayoniga STEAM yondashuvni tatbiq etuvchi 36 nafar trener tayyorlandi

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
6.0K views01:42
Ochish/sharhlash
2023-03-17 07:50:29
"Gakko Soji"- tabiat oldidagi mas'uliyatni his qilish amaliyoti

Yaponlarning mashhur “Gakko Soji” (maktab tozaligi) deb ataladigan an’anasi aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tez-tez uchrab turadi. “Gakko Soji”- o‘quvchilar guruh-guruh bo‘lib o‘z sinflarini, maktablarini tozalaydigan, Yaponiyada qadriyatga aylanib ulgurgan jarayon. Ko‘pincha bu an’anaga nisbatan xulosa chiqarishga ikkilanib qolamiz. Sababi, sharq madaniyatlarining aksariyatida, bu bolaning yanada mas'uliyatli fuqaro bo'lib o'sishiga imkon beradigan yaxlit amaliyot sifatida tan olingan bo‘lsa-da, g'arb dunyosida ko'pchilik tomonidan bu amaliyotga bolalarga nisbatan qilingan zo'ravonlik deb qaraladi.

Xo‘sh, unda “Gakko Soji” da ishtirok etayotgan yapon bolalari nega bunchalik xursand?

Batafsil: https://telegra.ph/Gakko-Soji-Tabiat-oldidagi-masuliyatni-his-qilish-amaliyoti-03-12

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
6.4K views04:50
Ochish/sharhlash
2023-03-16 10:20:22 https://telegra.ph/Oquvchilarni-bu-oquv-yilida-koproq-kitob-oqishga-ilhomlantirish-uchun-15-ta-goya-09-21
6.3K views07:20
Ochish/sharhlash
2023-03-15 09:35:55
IMKONSIZ HARAKAT YO‘Q, ILOJSIZ MAQSAD

Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar tahsil oladigan 103-sonli maktab-internati o‘quvchilarining bugungi shiori shunday

Inson borki, u o‘z irodasi, qalbidagi jasorat va yashashga bo‘lgan ishtiyoqi orqali hayot qiyinchiliklari va murakkabliklaridan oshib o‘tishga o‘zida kuch topadi.

Ayni vaqtda ana shunday ko‘ngli va niyati osmon 283 nafar o‘g‘il-qiz ushbu maktabda bilim va kasb sirlarini o‘rganishmoqda. Ustoz va murabbiylarning jasorati shundaki, ular aqliy rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalarga nafaqat maktab dasturlaridan joy olgan, balki undan chetga chiqqan holda ham kasb sirlarini o‘rgatishadi. Bu esa ularning ertaga talabgir kasb egallashiga ham zamin yaratmoqda.

2022-yilda ushbu tayyor mahsulotlarni sotish orqali 12 mln. so‘m daromadga ega bo‘lib, mablag‘ning bir qismi o‘quvchilarning o‘zlariga berildi.

Darvoqe, o'quvchilar yaratgan mahsulotlarni ushbu bot orqali xarid qilishingiz mumkin: https://t.me/minimarketmajnuntol_bot
680 views06:35
Ochish/sharhlash
2023-03-14 06:34:35 Quyida o'qituvchilar hamda ota-onlar uchun ham foydali bo'lgan bir qancha maqolalarni keltirdik:
Oʻqituvchi hech qachon bularni aytmasligi kerak?
Bola yaxshi oʻqishi uchun qanday yordam berish kerak?
Mustaqil taʼlim olish boʻyicha tavsiyalar
Qiziqarli dars uchun layfxaklar
Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash bo‘yicha tavsiyalar 
Yosh oʻqituvchi ishning birinchi yilida qanday qilib “omon qolishi” mumkin?
Agar bola soʻkinsa...
Bolalar va oʻsmirlar qanday koʻnikmalarga muhtoj?
Oʻquvchiga internetdan maʼlumot qidirishni oʻrgatamiz
Yomon baholardan qoʻrqish: uni qanday tuzatish kerak?

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
7.8K views03:34
Ochish/sharhlash
2023-03-13 06:57:44
#Jajji_iqtisodchi
Shokolad olish uchun qancha ishlash kerak?

Qadrli oʻquvchilar, bugun Sizlar bilan katta-kichik xarxashalarimiz ortidagi mehnat haqida gaplashamiz.

Ushbu video iqtisodiy bilimlaringizni shakllantirishga xizmat qilishi uchun oʻzingiz ham Sizga kerakli narsani olib qilib berishlariga ota-onangiz qancha mehnat qilishlari kerakligini hisoblab koʻring.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
7.4K views03:57
Ochish/sharhlash