Get Mystery Box with random crypto!

IT taʼlim

Telegram kanalining logotibi edurtm_uz — IT taʼlim I
Telegram kanalining logotibi edurtm_uz — IT taʼlim
Kanal manzili: @edurtm_uz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 27.72K
Kanalning ta’rifi

RTV huzuridagi Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi

Facebook: https://www.facebook.com/edurtm.uz/
YouTube:https://www.youtube.com/channel/UCTcedC5HxHGnHRSYeyoV5ZQ

Ratings & Reviews

3.50

4 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


jasurbek20091112
jasurbek20091112

Zo‘r


Oxirgi xabar 7

2023-05-26 08:36:37
DIQQAT! E’LON!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari tuzilmasidagi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i va fan metodistlari uchun tanlov e'lon qilinаdi!

Mazkur tanlovda ishtirok etishni istagan nomzodlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin: http://ish.uzedu.uz

Tanlov ikki bosqichda - test va suhbat asosida bo‘lib o‘tadi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan mazkur tanlovga hujjat topshirish bo‘yicha video-yo‘riqnoma tayyorlangan bo’lib, ushbu havola orqali yo’riqnoma bilan tanishishingiz mumkin.

Shoshiling!

Ro'yxatdan o'tish joriy yilning 10-iyuniga qadar davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
10.5K views05:36
Ochish/sharhlash
2023-05-19 14:36:41
Kundalik platformasida Olympiadan oilaviy tanlov!

Butun oilangiz bilan qiziqarli savollarga javob berib va qimmatbaho sovrinlarga ega bo’ling.

Sovrin jamg'armasi — 200 000 000 so'm

Shu bilan birga, har bir oila ishtirokchi sertifikatiga va ta'lim resursidan foydalanish huquqiga ega bo'ladi.

Tanlov ikki bosqichda o'tkaziladi:
1-bosqich
2023-yil 3-iyun kuni onlayn boʻlib oʻtadi (barcha ishtirokchilar oʻz oila a’zolari bilan birgalikda tanlov savollariga onlayn tarzda javob beradilar)
2-bosqich - 2023-yil 17-iyun kuni oflayn o‘tkaziladi (faqat eng kuchli 50 ta jamoa uchun)

2-bosqichda barcha savollarimizga hammadan ko‘ra tezroq va to‘g‘ri javob bergan 50 ta oila ishtirok etadi. Ikkinchi bosqichga o‘tgan har bir oila kafolatlangan sovrin – planshetga ega bo‘ladi.

Ishtirok etish

Batafsil

Telegram-bot

+998 555 200 500
12.1K views11:36
Ochish/sharhlash
2023-05-19 12:25:00
#Ota_onalar_uchun
Bola kitobni oʻqishni xohlamayapti: asosiy sabablari nimada?

Ota-onalar farzandining koʻproq kitob oʻqishini istashadi. Ammo hatto oʻqish haqida oʻylash ham bolada katta qarshilikka sabab boʻlsa, nima qilish mumkin?

Batafsil

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
9.5K views09:25
Ochish/sharhlash
2023-05-18 11:43:48
Toshkent shahridagi Adju universitetida 3+1 dasturi asosida qabul davom etmoqda

Universitetimizni tanlab, Siz global nufuzga ega boʻlgan Koreyaning ta’lim, tadqiqot va akademik dasturlar asosida oʻqish, TOP-500 talikka kirgan Koreyaning Adju universitetining xalqaro diplomiga shuningdek, Koreyada o'qish va ishlash imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Ta'lim yo'nalishlari:
Arxitektura
Qurilish muhandisligi
Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi
IT Biznes
Ingliz filologiyasi va menejment
Koreys filologiyasi va menejment (kunduzgi va kechki)

Shoshiling! Qabul kvotasi cheklangan. Quyidagi havola orqali hujjatlarni topshiring: admission.ajou.uz

Batafsil:
+998 71 208 69 69
+998 71 207 65 27
+998 71 207 65 29
+998 71 207 65 66
+998 71 207 65 25
+998 93 311 65 25
+998 93 312 65 25
13.0K views08:43
Ochish/sharhlash
2023-05-18 07:19:31
#Ustozlar_uchun
Fasilitator sifatida oʻqitishning afzalliklari

Tasavvur qiling, oʻrganish — bu bir sayohat. Bu sayohatda fasilitator va oʻquvchini oʻzaro hamkor sifatida koʻrish mumkin. Ikkalasi ham sinfxonaga oʻzining manba, tajriba va bilimlarini sinfga olib kelishadi.

Video orqali batafsil bilib oling.

Kanalga obuna bo'lish:

Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
10.2K views04:19
Ochish/sharhlash
2023-05-17 07:43:12 ​​#Ota_onalar_uchun
Qanday qilib bolalarda o'ziga bo'lgan yuqori ishonchni shakllantirish mumkin?

Ota-onalikning dastlabki yillarida, ayniqsa, siz ishlaydigan ota-ona bo'lsangiz, farzandingiz bilan birga vaqt o'tkazish masalasida eng maqbul yechimni topishga qiynalishingiz mumkin. Ko'z ochib yumguncha bolangiz emaklashni, keyin yurishni va gapirishni boshlaydi. Shunda u nima uchun ishga ketayotganingizda uni tashlab ketishingiz kerakligini bilishni talab qiladi.

Har kunlik o'tish lahzalari, masalan, siz bilan xayrlashish, bog'chaga moslashish, tush paytidagi uyqudan sizning quchog'ingizda emas, bog'chada uyg'onish kabi vaziyatlar ular uchun stressli o'tishi va bolangizda o'ziga nisbatan ishonchsizlikni shakllantirishi mumkin.

Har bir ota-ona ish jadvali qanday bo'lishidan qat'iy nazar, farzandi o'ziga yuqori ishonch bilan voyaga yetishini xohlaydi. Ammo buni qanday amalga oshirish mumkin?

Bunga yechim sifatida mutaxassislar takrorlar va marosimlarni ko'rsatishadi.

Bolalar uchun yaratilgan film, multfilm, roliklar yoki kitoblarga e'tibor bersangiz, ularning boshlanish, tugash, qismdan-qismga o'tish paytida takrorlanadigan qandaydir bir jumla, qiziqarli kadr borligini ko'rishingiz mumkin. Bu siz uchun biroz zerikarli bo'lsa-da, bolalarni materialga jalb qiladigan narsa aynan shu takrorlar bo'lishi mumkin.
Bolalar bilan munosabatda mana shunday takrorlardan foydalanish, birgalikda qandaydir kichik marosimlar o'tkazish ularda o'z-o'ziga ishonchni kuchaytiradi.
- Har kuni bog'chaga ketishda yoki qaytishda bitta sevimli qo'shiqni kuylash;
- Ishdan qaytganingizda biror harakatni birgalikda bajarish;
- Ovqat oldidan qandaydir jumlalarni birgalikda takrorlash sizdan kam vaqt olsa-da, bu anchayin foydali bo'ladi.

Uydagi kichik ishlarni bajarish ham bolada o'ziga ishonch uyg'otadi. Bolalar kir kiyimlarini kir yuvish savatiga tashlab kela oladi, o'yinchoqlarni tartibga sola oladi, tushlik paytida stolga pechenilarni olib kela oladi yoki oshxona stolini arta oladi. Farzandingizdan mana shu ishlarni bajarishini so'rang. Shunda uning o'zini o'zi qadrlash tuyg'usini kuchaytirish barobarida, qo'shimcha "men nima bo'lishini, nima qilish kerakligini bilaman" degan hisni uyg'otasiz. Siz uchun arzimas bo'lgan biror ishni bolaga ishonib topshirishingiz, u uchun katta yutuq bo'lishi mumkin. Bu ularni keyinchalik katta vazifalarni o'z zimmalariga olishlari uchun tayyorlov vazifasini o'taydi.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
5.3K views04:43
Ochish/sharhlash
2023-05-16 08:51:09
Hurmatli Ingliz tili fani o'qituvchilari, Cambridge University Press nashriyotining darsliklariga oid so‘rovnomada ishtirok eting.

Sizning fikringiz biz uchun muhim!

P.S. So‘rovnomada ishtirok etish anonim.

So‘rovnomaga Link  https://fsu.qualtrics.com/jfe/form/SV_3mHn7dgWUII53Bs
8.1K views05:51
Ochish/sharhlash
2023-05-15 07:39:18
Siz-chi, navbatda turishni bilasizmi?

“Ona tili va oʻqish savodxonligi”
fanining bosh maqsadlaridan biri oʻquvchilarni hayotiy nutqiy vaziyatlarga tayyorlashdir. Masalan, “Navbatda turishni bilasizmi?” mavzusida navbatda turish madaniyati, bu vaziyatda ishlatiladigan til birliklari – murojaat shakllari yuzasidan taʼlim beriladi. Ha, bu borada jamiyatimizda muammolar borligini hech kim inkor etmasa kerak...

P.S.
Oʻqituvchilarga bu mavzu shunchalik yoqqanidan, ular darsni amaliy tarzda oʻtishayotgan ekan.

Qibray tumani, 3-maktab oʻqituvchisi Zebo Roʻzmetovadan.

Kanalga obuna bo'lish:

Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
11.8K views04:39
Ochish/sharhlash
2023-05-12 10:23:32
Maktabda ekologik madaniyatni shakllantishga qaratilgan qanday loyihalarni amalga oshirsa bo'ladi?

Biz poytaxtimizning Uchtepa tumaniga qarashli 81-maktabda bo'lib, geografiya fani o'qituvchisi Gulbadan Mavlonova boshchiligida amalga oshirilayotgan "ECO team" loyihasi bilan tanishdik.

O'ylaymizki, mazkur jamoa faoliyati yurtimizning barcha maktablari uchun yaxshi namuna bo'la oladi.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
38.8K viewsedited  07:23
Ochish/sharhlash
2023-05-12 08:36:29
12-may — Ekologik ta'lim kuni

Ushbu kunining asosiy maqsadi insonlarga odatlarimiz va turmush tarzimizni o'zgartirish zarurligini tushuntirishdir.

Maktab ta'limi esa o'quvchilarda yoshlikdan tabiat oldidagi mas’uliyat hissini tarbiyalash va shu orqali ekologik muammolarning oldini olishda kuchli ta'sirga ega.

Bugun o'quvchilarga insoniyat tomonidan yetkazilgan ekologik zarar tufayli odatlarimizni yaxshilash kerakligini o'rgatishmiz har qachongidan ham zarur.

Shu bois, Respublik ta'lim markazi tomonidan Milliy o'quv dasturi asosida tayyorlangan darsliklarda ekologik madaniyatni shakllantirishga alohida e'tibor qaratilgan.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
14.8K views05:36
Ochish/sharhlash