Get Mystery Box with random crypto!

IT taʼlim

Telegram kanalining logotibi edurtm_uz — IT taʼlim I
Telegram kanalining logotibi edurtm_uz — IT taʼlim
Kanal manzili: @edurtm_uz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 26.91K
Kanalning ta’rifi

RTV huzuridagi Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi

Facebook: https://www.facebook.com/edurtm.uz/
YouTube:https://www.youtube.com/channel/UCTcedC5HxHGnHRSYeyoV5ZQ

Ratings & Reviews

3.50

4 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


jasurbek20091112
jasurbek20091112

Zo‘r


Oxirgi xabar 13

2023-03-12 11:18:05 ​​#mutolaa
Ishonch

"Fillarni ko'rgani ko'zim yo'q: ular qanchalar ulkan bo'lsalar, shu qadar itoatkordirlar", deb yozadi Charli Chaplin kundaligida. Aksariyatimizning taqdirimiz aslida fillarnikidan ham achinarliroq.

Yog'ochsozlik sanoatida dong taratgan fabrika xo'jayini Hindistondagi taniqli filchilik fermasida g'aroyib holatga duch keladi. Fillarning katta-yu kichigi orqa oyog'iga bog'loqlik, bir siltash bilan uzish mumkin bo'lgan arqonga bo'ysunib yurar edilar. Bu yerda bahaybat jonivorlarni boshqarishda na qafas, na changaklarga zarurat bor edi.

Qiziquvchan tadbirkor unga hamkorlik qilayotganlardan bu holatning sababini so'rabdi. "Ular filchaligidanoq xuddi shu o'lchamdagi arqon bilan bog'lab qo'yiladi. Yosh filchalarning bu arqonni uzishga qurbi yetmaydi. Fil bolasi ulg'aysa ham, biz iplarni almashtirmaymiz. Shuning uchun ular "bu arqonni uzishga hali ham ojizmiz" degan ishonch bilan ulg'ayishadi va ipni uzishga harakat qilmaydilar", - debdi ferma egasi.

Xulosa shuki, oyog'iningizga bog'langan ipni yengilgina siltov bilan uzib tashlash imkoningizni namoyish qilish uchun Sizga bor-yo'g'i kerak bo'ladigan omil - ishonchdir.

Shuhrat Sattorov
"Biz g'alaba qozonamiz" kitobidan

Kanalga obuna bo'lish:

Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
5.5K views08:18
Ochish/sharhlash
2023-03-11 14:21:00
Dastlabki saralashdan 2048 ta ish o'tgan deb topildi

www.ommalashtirish.uz elektron platformasiga kelib tushgan jami 9 064 ta hujjatdan 2 048 ta ish dastlabki saralashdan o'tdi.

1-saralashning yakuniy natijalari haqida quyidagi link orqali bilib oling!
https://ommalashtirish.uz/result-teacher-season

Fanlar kesimida baholashga qabul qilingan ishlar soni haqida quyidagi havola orqali bilib oling!
https://telegra.ph/Dastlabki-saralashdan-otgan-ishlar-soni-03-11

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
13.8K viewsedited  11:21
Ochish/sharhlash
2023-03-11 08:09:00
Qimmatbaho kasb yoki qimmatbaho kadr?

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra “o‘z-o‘ziniki” bo‘lgan kasb bilan shug‘ullanish insonning baxtlilik darajasini belgilab beruvchi asosiy omillardan biri. Bolalarga qiziqarli, mehnat bozorida talabga ega, o‘zidan qoniqish imkoniyatini bera oladigan kasbni tanlashga ko‘maklashish ota-onalar, ustoz va murabbiylarning eng asosiy vazifalaridan biri.

Xo'sh, kelajak kasblari qaysilar-u, kelajak kadrlari kimlar?

Batafsil: https://telegra.ph/Qimmatbaho-kasb-yoki-qimmatbaho-kadr-03-02

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
2.9K views05:09
Ochish/sharhlash
2023-03-10 07:37:23
Zamonaviy ta'limdagi trendlar:

1. Ta'limda individual yondashuv
2. Daholar soati
3. Raqamli fuqarolik
4. Miya tanaffusi
5. Ozgina-yu sozgina
6. Tajribali ta’lim
7. STEAM ta'limi

Siz o'z darsingizda ushbu ta'lim trendlarining qay biridan foydalanasiz? Javobingizni izohlarda qoldiring.

Batafsil: https://telegra.ph/Zamonaviy-talimdagi-trendlar-06-09

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
6.6K views04:37
Ochish/sharhlash
2023-03-09 08:40:31
#Ustozlar_uchun
Didaktik tamoyillar

Bu o'qitish va o'qish jarayonida qoʼllaniladigan, darsning samaraliligini oshirishga yo'naltirilgan qoidalardir. Ta'limda ulardan foydalanish darsdan kutilgan maqsadga erishish uchun yaxshi natija beradi.

Batafsil: https://telegra.ph/Didaktik-tamoyillar-03-04

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
9.8K views05:40
Ochish/sharhlash
2023-03-08 07:34:37
Shuhrat Sattorov: "Sizga kuchli erkaklar kerakmi? Unda ayollarni ilmli qiling. Chunki har qanday muvaffaqiyatli erkak ortida ilmli ayol turadi."

Qizlarning ta'lim olishi jamiyatga nima beradi? Mazkur savolga Respublika ta'lim markazi direktori Shuhrat Sattorovning bildirgan fikrlarini "Mening yurtim" telekanali "Markaziy studiya" dasturi uchun jurnalist Dilafro'z Jo'rayeva  tayyorlagan lavha orqali bilib olishingiz mumkin.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
8.0K views04:34
Ochish/sharhlash
2023-03-07 07:14:22
Qizlaringiz ta'limi uchun pul tiking va ular dunyoni o'zgartiradilar

Qiz bola — bo‘lg‘usi oila bekasi, kelajagimiz egasidir. Bugun biz ularga qanday ta’lim-tarbiya bersak, ertaga ular yangi avlodimizga shunday tarbiya beradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqidan

Ushbu ijtimoiy videorolik 2021-yilda tayyorlangan.

Kanalga obuna bo'lish:

Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
2.5K views04:14
Ochish/sharhlash
2023-03-06 13:52:55
Navbatdagi IQ testga tayyormisiz?

Respublika ta'lim markazi va KHISO olimpiada maktabidan yutuqli tanlov!

9-mart kuni soat 11:00 dan 22:00 gacha khiso.uz platformasida!

Testda qatnashish uchun @khiso_uz_bot orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Barcha ishtirokchilar QR kodli sertifikat bilan taqdirlanadi!

Olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul!

O‘qituvchilar, talabalar va o‘quvchilar o‘rtasida eng yaxshi 3 ta natija egasi kitoblar bilan taqdirlanadi!

O‘tgan safargi testda 74 ga nafar ishtirokchi maksimal ball to‘plagan har bir ishtirokchi kitoblar uchun 20 % chegirmani qo‘lga kiritishdi.

Testlarning yechimlari youtube kanalimizda tahlil qilinadi.

Saytdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan batafsil tanishib chiqing.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
2.0K views10:52
Ochish/sharhlash
2023-03-06 06:54:58
Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
5.2K views03:54
Ochish/sharhlash
2023-03-05 06:05:20 ​​Bill Geytsdan maktab o'quvchilari uchun hayotiy qoidalar:

- Hayot ko'rgazma emas. Demak, undan foydalansa bo'ladi. Siz ham hayotingizni qo'lga oling va uni ishga soling!

- Dunyo sen o'zingni qanchalar hurmat qilishing bilan hisoblashmaydi. U sendan o'zingni hurmat qilishingdan oldin, biror ishni qoyillatib qo'yishingni kutadi. Siz ham avval hurmatga loyiq ekaningizni isbotlang.

- Agar bugun o'qituvchining talabchanligidan shikoyat qilsangiz, kun kelib rahbar qo'lida ishlaganingizda pushaymon yeysiz. Kelajakka maktabdan boshlab tayyorgarlik ko'ring.

- Maktabni tamomlamasdan turib, na o'zingiz xohlagancha yashash, kezi kelganda hattoki yashay olishning ham iloji yo'q. Shuning uchun hozir bilim oling.

- Ehtimol, siz o'zingizni quyi ishga munosib ko'rmassiz, ammo sizning ota-bobolaringiz bu ishni boshqacha: "imkoniyat" deb atagan. Siz ham ishni quyidan boshlang va mehnatga nisbatan kibrli bo'lmang.

- Hayotda nimaninidir xato qilsangiz bunda o'zingizni yoki boshqalarni ayblamang. Aybdorni topishdan foyda yo'q. Xatodan xulosa chiqarishni o'rganing. Xulosalardan foyda.

- Sizning tug'ilishingiz ota-onangiz uchun faqatgina bayram bo'lmagan. Balki katta mas'uliyat ham bo'lgan. Ularni qadrlang. Shunda o'zingiz ham qadr topasiz.

- Maktabni a'lochilar ham, past o'zlashtiruvchilar ham bitiradi. Yomon o'qiydiganlarga to'g'ri javobni topgunlariga qadar qulay imkoniyat yaratib beriladi. Ammo katta hayotda to'g'ri yo'lni topish uchun sanoqli imkoniyat beriladi. Shuni unutmang.

- Muvaffaqiyatga erishish uchun avval uning haqini to'lash kerak bo'ladi. Bu esa vaqt va mashaqqat degani.

"Biz g'alaba qozonamiz" kitobidan

@edurtm_uz
4.1K views03:05
Ochish/sharhlash