Get Mystery Box with random crypto!

O'qituvchilar eng ko'p yo'l qo'yadigan xatolar Bugun biz Si | IT taʼlim

O'qituvchilar eng ko'p yo'l qo'yadigan xatolar

Bugun biz Siz bilan oʻqituvchilar eng koʻp yoʻl qoʻyadigan xatolar va ularning yechimi haqida gaplashamiz.

Birinchi xato - bu savol berganda koʻngillilar xizmatidan foydalanishdir. Siz savol berasiz va oʻylanib oʻtirgan oʻquvchining javobini kutishga vaqt sarflamaslik uchun sinfdagi oʻsha doimiy faol oʻquvchilardan javoblarni qabul qilib olasiz.Natijada, javob axtarayotgan oʻquvchilar qutilib qolganliklari uchun yengil nafas olishadi va oʻylashni toʻxtatishadi. Javoblarni doim koʻngillilardan olish, har doim kimdir javob beradi-ku deya javobni oʻylab ham koʻrmaydigan dangasa oʻquvchilar toifasini shakllantiradi.

Unda indamay oʻtirgan biror oʻquvchiga yuzlanib qani javobni sen ayt deyishim kerak ekan deb oʻylayotgan boʻlishingiz mumkin. Ammo bu ham salbiy natijaga olib keladi. Javobni bilmagan, oʻylab olishiga vaqt berilmagan oʻquvchida sizning darslaringiz xavotirli va stressli tuygʻu uygʻotishi mumkin.

Savol-javob oʻtkazishning eng yaxshi yoʻli savol berish va talabalarga yakka tartibda yoki kichik guruhlarda ishlash uchun, javob topishlariga qisqa vaqt berishdir. Vaqt tugashi bilan ularni toʻxtating va bir nechta oʻquvchidan qanday javob topganlarini soʻrang. Agar toʻliq javobni ololmasangiz keyin koʻngillilardan soʻrasangiz boʻladi.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter