Get Mystery Box with random crypto!

Oʻqituvchilar eng koʻp yoʻl qoʻyadigan xatolar va ularning yec | IT taʼlim

Oʻqituvchilar eng koʻp yoʻl qoʻyadigan xatolar va ularning yechimi
2-qism

Bunday xatolardan yana biri darslarni Power Point shousiga aylantirishdir.

Oʻqituvchilar uchun maʼruza matnlarini PowerPointga joylash va dars vaqtini asosan slaydlar bilan oʻtkazish odatiy holga aylandi. Biroq bunday taqdimotlar asosan oʻquvchilar vizual qabul qilishi kerak boʻlgan maʼlumotlarni ifodalash uchungina foydali.

Agar siz dars davomida qilishingiz kerak boʻlgan maʼruzani toʻliq slaydlardan foydalanib oʻtsangiz, oʻquvchida sizning bilimingizga nisbatan ishonchsizlik uygʻonadi.

Shuning uchun power point taqdimotlaridan maʼruzangizda tushuntirmoqchi boʻlgan turli diagrammalar, sxemalar, diagrammalar, animatsiyalar, fotosuratlar, videokliplar tushuntirish uchungina foydalaning.

Qolgan maʼlumotlarni berish uchun esa oʻz bilimingizga tayaning.

Eng yaxshi dars bu koʻp qirrali darsdir. Doska, multimedia, hikoya qilish, muhokamalar, mashgʻulotlar, individual topshiriqlar va guruhda ishlash Qanchalik koʻp xilma-xillikni yaratsangiz, sinf shunchalik samarali boʻladi.

Darslarni PowerPoint shousiga aylantirmang!

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter