Get Mystery Box with random crypto!

IRSHOD Hayotda avval ilm tahsil qil, keyin kasb-hunar qilib h | Elektron kutubxona

IRSHOD

Hayotda avval ilm tahsil qil, keyin kasb-hunar qilib haloldan mol-dunyo to‘pla! Shunday keyin uylan! Chunki agar ilm tahsil qilayotgan vaqtingda mol-davlat talabiga o‘tsang, shubhasiz ilm olishga ojiz bo‘lasan. Mol-davlating ko‘payib, maishatga qiziqasan, cho‘ri va yosh xizmatchilarga sotib olishga rag‘bating oshadi. Shu bilan davlat ko‘paytirish va xotinlar bilan mashg‘ul bo‘lib qolib, ilmdan benasib bo‘lasan. Umring va qimmatli vaqtlaring bekor ketadi. Keyin bolalaring ko‘payadi, ahli ayol g‘am-tashvishlari ham ortib, o‘z-o‘zing bilan bo‘lib qolasan. Shubhasiz, hojatlarini chiqarish va manfaatlarini ziyoda jalb qilishga berilasan. Natijada ilmni va uning foydalarini tark qilasan!
Ey farzand! Yoshlik vaqtingda ilm bilan shug‘ullan! Yoshlikni g‘animat bilib ilm, kasb-hunar egalla! Chunki unda qalbing turli g‘am-tashvish, muammolardan holiy bo‘ladi. Nimani qiziqib o‘rgansa, qalbga o‘rnashadi. Ilm va kasb egallagandan keyin mol-davlat yig‘ishga harakat qilsang, to‘g‘ri yo‘l tutgan bo‘lasan. Ahli ayol, farzandlarni ko‘pligi, shubhasiz, qalb va xayolingni egallayli tashvish va muammolar ko‘nglingni band qiladi.
Qachon mol-davlat to‘plasang uylan. Maslahat bilan munosib va salohiyatli kishilarning soliha farzandini turmushing mazmuniga aylantir.

Imomi A’zam Abu Hanifa hazratlarining shogirdlari imom Abu Yusufga irshod va vasiyatlari

- «Ta'lim al-muta'allim» kitobidan

@e_kutubxona