Get Mystery Box with random crypto!

#Ihyou_ulumid_din Odamlar turli xil, ba’zilari ko‘zi ochiq, f | Elektron kutubxona

#Ihyou_ulumid_din

Odamlar turli xil, ba’zilari ko‘zi ochiq, fahm-farosatli, ayrimlari faqat tanbeh, ta’lim bilan anglaydi, ba’zilariga esa ta’lim ham, tanbeh ham kor qilmaydi.
Bu xilma-xillik tuproq tarkibining har xil bo‘linishiga o‘xshaydi. Ya’ni, ba’zi yerlarda suv to‘planadi va so‘ng buloq bo‘lib oqib chiqadi, ayrim yerlarga ariq qazib, suv olib boriladi, ayrimlariga esa, suv borgan-bormaganining farqi yo‘q. Xuddi shuningdek, odamlar ham aql g‘arizasida farqlanadi. Aqllarning naql jihatidan tafovutiga Abdulloh ibn Salom rivoyat qilgan hadis dalolat etadi. Arshning ulkanligi vasf etilgan uzun hadisda Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Farishtalar: «Yo Rabbimiz, Arshdan ham ulkanroq narsa yaratganmisan?» deyishdi. U zot: «Ha, u aqldir», deya javob qildi. «Uning o‘lchovini nima bilan bilsa bo‘ladi?» deyishganida, Alloh: «Hayhot, uning ilmini ihota qilib bo‘lmas, sizlar qum sonini bilarmisizlar?» dedi. Ular: «Yo‘q», deya javob berishdi, Alloh shunday dedi: «Men aqlni qum adadicha turli-tuman qilib yaratdim. Odamlardan ba’zilariga bir dona-bir donadan berilgan bo‘lsa, ayrimlariga ikki dona berilgan, yana boshqalariga uch, to‘rt dona ato etilgan. Ulardan faraq miqdori, vasaq miqdori, va undan ham ko‘p berilganlari bor» dedi».

- Imom G‘azzoliy. "Ihyou ulumid-din"

@e_kutubxona