Get Mystery Box with random crypto!

#Sayyor_qabul Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida sayyor qabul | Milliy sertifikat

#Sayyor_qabul
Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida sayyor qabul

Davlat test markazi rahbariyati tomonidan Markaz faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi sayyor qabullar:

23-noyabr kuni Jizzax viloyatida Davlat test markazi direktori Karimov Madjit Malikovich tomonidan;
24-noyabr kuni Qashqadaryo viloyatida Davlat test markazi direktori o‘rinbosarlari Batirov Sherzod Negmuratovich va Radjabov Sardor Baxtiyorovich tomonidan o‘tkaziladi.

Sayyor qabullar quyidagi vaqtlarda bo‘lib o‘tadi:

23-noyabr kuni 11:30 da— O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jizzax viloyatidagi Xalq qabulxonasida;
24-noyabr kuni 12:00 da — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qashqadaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasida.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube