Get Mystery Box with random crypto!

#onatilimfaxrim Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan ona t | Milliy sertifikat

#onatilimfaxrim
Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan ona tilim!

1989-yilning 21-oktabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra O‘zbek tiliga - Davlat tili maqomi berilgan edi.

2020-yil 10-aprel kuni esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbek tili kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi. Qonunga asosan, 21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilandi.

Davlat test markazi barcha yurtdoshlarimizni mazkur tarixiy sana – oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining oʻttiz ikki yilligi, O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etadi!

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube