Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlab ma’naviy-ma’riy tadbir o | Milliy sertifikat

O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlab ma’naviy-ma’riy tadbir o‘tkazildi

Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab 21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlab turli ma’naviy-ma’riy tadbirlar tashkil etilmoqda.

2021-yil 20-oktabr kuni Davlat test markazida ham O‘zbekiston fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamda Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti bilan hamkorlikda “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim”, deb nomlangan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Unda mehmon sifatida ishtirok etgan D.Jumashev va Sh.Nazarovalar ona tilimizning rivoji yo‘lida amalga oshirilayotgan amaliy ishlar, erishilgan yutuqlar hamda mavjud muammolar haqida o‘z fikrlarini bildirishdi.

Tadbir o‘zaro fikr almashish va bahs-munozaralarga boy bo‘ldi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube