Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat

Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat M
Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat
Kanal manzili: @dtmuzb
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.32K
Kanalning ta’rifi

Umumta’lim fanlari va chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 52

2021-11-13 22:12:16 #Qabul2021
Birinchi kun natijalari e’lon qilindi

2021-yil 12-noyabr kuni professional ta’lim muassasalariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

12-noyabr kuni test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini ruxsatnoma.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqaminiki kiritgan holda bilishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
6.9K views19:12
Ochish/sharhlash
2021-11-13 08:09:10 Professional taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha

2021-2022-o‘quv yili uchun professional taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari 12-17-noyabr kunlari o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, test sinovlari Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining professional taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 12-noyabrdagi 715-son qarori talablariga muvofiq o‘tkazilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda test savollari bazasi “chiqib ketganligi” va abituriyentlar tomonidan ushbu savollar yodlanayotganligi haqida xabarlar e’lon qilinmoqda.

Shuni ma’lum qilamizki, ularda keltirilgan test topshiriqlari ochiq savdoga chiqarilgan 2020-yilgi test topshiriqlari to‘plamidan olingan bo‘lib, professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga taalluqli emas.

Shu sababli fuqarolardan firibgarlarga ishonib, aldanib qolmasliklarini va o‘z bilimlariga ishonishlarini so‘raymiz.

Davlat test markazi test sinovlari shaffof va adolatli o‘tishi tarafdori bo‘lib, test topshiriqlarining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha barcha tegishli ishlar amalga oshirilgan.

Agar test sinovlarida qonun buzilish holatlariga guvoh bo‘lsangiz Davlat test markazining 1195 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingizni so‘raymiz va Davlat test markazi tomonidan har bir holat alohida o‘rganilishini maʼlum qilamiz.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
25.1K views05:09
Ochish/sharhlash
2021-11-10 17:03:36
Davlat test markazi tomonidan Ilk bor TOEFL ITP imtihoni o‘tkazildi

2021-yil 10-noyabr kuni Davlat test markazi tomonidan ilk bor AQShning Educational Testing Service (ETS) tashkiloti bilan hamkorlikda TOEFL ITP imtihoni tashkil etildi.

Test sinovi Davlat test markazida maxsus jihozlangan kompyuter xonalarida onlayn tarzda o‘tkazildi.

Test sinovida talabgorlarning 3 ta ko‘nikma bo‘yicha bilimlari baholandi va test sinovi yakunlanishi bilan talabgorlarning natijalari e’lon qilindi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
32.3K views14:03
Ochish/sharhlash
2021-11-10 07:42:51 Test sinovlari faqat kunduzgi ta’lim shakli uchun o‘tkaziladi

2021-2022-oʻquv yili uchun professional ta’lim muassasalariga sirtqi, kechki va dual taʼlim shakllari boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar test sinovida ishtirok etmaydi.

Ular professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikum) ga kirish imtihonlarisiz toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

Faqatgina kunduzgi taʼlim shakli bo‘yicha belgilangan qabul parametrlariga nisbatan tanlov ortgan kasb (mutaxassislik) larga kirish uchun test sinovlari o‘tkaziladi.

Test sinovlari 2021-yil 12-noyabrdan 17-noyabrga qadar 2 smenada bo‘lib o‘tadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
36.7K views04:42
Ochish/sharhlash
2021-11-09 16:11:22 Davlat test markazi pinned « Professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2021-2022-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2021-yil 12-noyabrdan 17-noyabrga qadar 2 smenada o‘tkaziladi. Bunda test sinovlari: -smenada 09:00 dan 12:00…»
13:11
Ochish/sharhlash
2021-11-09 16:11:11 Professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari

2021-2022-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2021-yil 12-noyabrdan 17-noyabrga qadar 2 smenada o‘tkaziladi. Bunda test sinovlari:

-smenada 09:00 dan 12:00 ga qadar;
-smenada 14:30 dan 17:30 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fandan o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 20 tadan, majburiy fanlardan esa 10 tadan jami 70 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, mutaxassislik fanlari bo‘yicha har bir tog‘ri javob uchun 3,15 balldan (jami 126 ball), majburiy fanlar bo‘yicha esa 2,1 balldan (jami 63 ball) beriladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining ruxsatnoma.dtm.uz saytidan onlayn tarzda yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kechikmasdan shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
55.5K views13:11
Ochish/sharhlash
2021-11-08 08:25:03 ​​ 10-noyabr talabgorlarni ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni

2021-yil 28-oktabr kuni noyabr va dekabr oylarida bo‘lib o‘tadigan chet tilini bilish darajasini baholash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlangan edi.

Noyabr oyi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti orqali 10-noyabr (chorshanba) kuni 18:00 ga qadar davom etadi.

Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar mazkur muddat davomida onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Shuningdek, talabgorlar 10-noyabr kuni 18:00 ga qadar Davlat test markazi yoki uning hududiy bo‘limlaridan biriga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan borgan holda barmoq izi topshirishlari lozim.

Test sinovlari 23-noyabr kunidan boshlab, ingliz, nemis va fransuz tillaridan B1, B2 va C1 tilni bilish darajalari bo‘yicha o‘tkaziladi.

Tilni bilish darajasi B2 yoki undan yuqori bo‘lgan sertifikatga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga kirishda chet tili fanidan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi.

Shuningdek, ta’lim muassasalarining C1 darajadagi sertifikatga ega xorijiy tillar o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lanadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
65.6K viewsedited  05:25
Ochish/sharhlash
2021-11-07 18:13:28 Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutiga qabul

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 9-son bayoni bilan 2021-2022-o‘quv yili uchun O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutiga qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlandi.

Mazkur bayonga muvofiq Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

Ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va 16-noyabrga qadar davom etadi.

Abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar Madaniyat vazirligi tomonidan 18-24-noyabr kunlari, test sinovlari esa Davlat test markazi tomonidan 26-27-noyabr kunlari o‘tkaziladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
42.5K views15:13
Ochish/sharhlash
2021-11-06 15:36:04
Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun chet tilidan o‘tkaziladigan test sinovlari yuzasidan

https://dtm.uz/post/view/chet-tili-test

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
44.3K views12:36
Ochish/sharhlash
2021-11-05 11:47:34 Davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha test sinovi natijalari e’lon qilindi

2021-yil 15-oktabr kuni rahbar kadrlar va mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini dt.dtm.uz sayti orqali bilishlari mumkin.

Buning uchun “Natijani ko‘rish” bo‘limiga talabgorning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritish lozim.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
42.4K views08:47
Ochish/sharhlash