Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat

Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat M
Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat
Kanal manzili: @dtmuzb
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.32K
Kanalning ta’rifi

Umumta’lim fanlari va chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 50

2021-11-26 09:11:21 “O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi Xorazm va Buxoro viloyatlarida ham o‘tkaziladi

Talabgorlarning murojaatlariga asosan “O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi Urganch va Buxoro shaharlarida ham tashkil etiladi.

Bunda test sinovlari Urganch shahrida 10-dekabr kuni, Buxoro shahrida esa 24-dekabr kuni o‘tkaziladi.

Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Ro‘yxatga olish Urganch shahri uchun 7-dekabrga qadar, Buxoro shahri uchun esa 21-dekabrga qadar davom etadi.

Shuningdek, dekabr oyida Jizzax (6-dekbar) va Toshkent (22-dekabr) shaharlarida ham “O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi o‘tkaziladi.

Ilmiy markazning telegram kanali:
@dtmilmiymarkaz
30.4K views06:11
Ochish/sharhlash
2021-11-25 16:00:17
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi

2021-yil 23-noyabr
kuni chet tilini bilish darajasini baholash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalar, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.

Test sinovlarining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 24-25-noyabr kunlari gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari tashkil etildi.

Imtihonlar barcha hududlarda Davlat test markazi tomonidan maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali onlayn tarzda o‘tkazildi.

Unda ingliz, nemis va fransuz tillari bo‘yicha 318 nafar talabgor ishtirok etdi.

Talabgorlarning gapirish ko‘nikmasini baholash uchun autsorsing asosida respublikamizning turli hududlarida faoliyat olib borayotgan malakali mutaxassislar jalb etildi.

Test natijalari 9-dekabrga qadar my.dtm.uz sayti orqali “Milliy sertifikatlar” bo‘limining “Mening arizalarim” qismida e’lon qilinadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
35.5K views13:00
Ochish/sharhlash
2021-11-24 13:04:55
“O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi o‘tkazildi

2021-yil 24-noyabr kuni Andijon shahrida navbatdagi “O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi bo‘lib o‘tdi.

Test sinovi Britaniya Kengashi (British Council) bilan hamkorlikda kompyuterda o‘tkazildi.

Test sinovida ishtirok etgan talabgorlarning test natijalari 72 soat ichida shaxsiy kabinetida e’lon qilinadi.

Keyingi test sinovlari Toshkent, Nukus va Jizzax shaharlarida quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi:

Toshkent shahri – 26-noyabr va 22-dekabr;
Nukus shahri – 30-noyabr;
Jizzax
shahri – 6-dekabr.

Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Ilmiy markazning telegram kanali:
@dtmilmiymarkaz
21.4K views10:04
Ochish/sharhlash
2021-11-24 12:22:22
Ozarbayjon Davlat imtihon markazi bilan Memorandum imzolandi

https://dtm.uz/post/view/ozarbayjon-davlat-imtihon-markazi-bilan-memorandum-imzolandi

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
23.6K views09:22
Ochish/sharhlash
2021-11-23 16:16:28
Chet tilini bilish darajasini baholash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2021-yil 23-noyabr kuni chet tilini bilish darajasini baholash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalar, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlari ingliz, nemis va fransuz tillaridan B1, B2 va C1 tilni bilish darajalari bo‘yicha o‘tkazildi.

Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda jami 335 nafar talabgordan 321 nafari ishtirok etdi, 14 nafari esa test sinovlarida qatnashmadi.

Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 24-25-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
31.9K views13:16
Ochish/sharhlash
2021-11-23 15:38:38 ​​ DXX akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovi natijalari e’lon qilindi

2021-yil 18-noyabr kuni Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etgan nomzodlar o‘z natijalarini dxx.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 241-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq dastlabki saralab olish test sinovlari natijalari bo‘yicha to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning kamida 30% (o‘ttiz foiz) ini to‘plagan nomzodlar saralab olish tadbirlarining keyingi bosqichlarida qatnashish huquqiga ega bo‘ladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
31.8K views12:38
Ochish/sharhlash
2021-11-22 14:56:55 Davlat test markazi pinned a photo
11:56
Ochish/sharhlash
2021-11-22 14:56:48
Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2021-yil 26-27-oktabr va 1-6-noyabr kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini baholash test sinovlari natijalari e’lon qilindi.

Talabgorlar test natijalari bilan my.dtm.uz sayti orqali “Milliy sertifikatlar” bo‘limining “Mening arizalarim” qismida tanishishlari mumkin.

Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini 29-noyabr kunidan boshlab olishlari mumkin bo‘ladi.

Sertifikatlar Toshkent shahrida Davlat test markazi binosida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda esa Davlat test markazining hududiy bo‘limlarida beriladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
25.1K views11:56
Ochish/sharhlash
2021-11-22 07:10:04 Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Ҳозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
24.7K views04:10
Ochish/sharhlash
2021-11-19 15:52:23 Bitiruvchilarning baholari OTMga kirishda inobatga olinadi

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 696-son qarori bilan “Taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichini hisoblash va uni oliy taʼlim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichi oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olinadi.

Baholar ta’lim tashkilotlarining elektron platformalari orqali hisoblanadi va Davlat test markazining “ABITUR” dasturiga uzatiladi.

Baholarning o‘rtacha ko‘rsatgichi 6-11-sinflardagi yoki 6-9-sinflar va 1-2-bosqichlardagi yillik baholarning umumiy yig‘indisini o‘qitilgan fanlarga bo‘lish orqali hisoblanadi.

Umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti tomonidan bitiruvchilar bilimiga qo‘yiladigan baholash mezonlari farq qilganda baholash tizimidagi maksimal ball 100 foiz deb olinadi va ballar baho tizimiga quyidagicha konvertatsiya qilinadi:

86-100% uchun – 5 baho;
71-85% – 4 baho;
56-70% – 3 baho;
56% gacha – 2 baho.

Mazkur tartib 2022-2023-o‘quv yilidan amaliyotga joriy etiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
47.1K viewsedited  12:52
Ochish/sharhlash