Get Mystery Box with random crypto!

10-noyabr — Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarn | Milliy sertifikat

10-noyabr — Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni

2022-yil 10-oktabr kuni Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha nomzodlarni saralab olish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlangan edi.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va 10-noyabr talabgorlarni ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni hisoblanadi.

Shu sababli Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasida o‘qish istagini bildirgan va saralash test sinovlarida ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabgorlar 10-noyabrga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari lozimligini eslatib o‘tamiz.

Izoh: Nomzodlarni saralash test sinovlari esa 2022-yil 20-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube