Get Mystery Box with random crypto!

Noyabr oyining ikkinchi yarmidagi chet tili imtihonlari 26-28- | Milliy sertifikat

Noyabr oyining ikkinchi yarmidagi chet tili imtihonlari 26-28-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi

Noyabr
oyining ikkinchi yarmida o‘tkaziladigan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarini 2022-yil 22-23-noyabr kunlari tashkil etish rejalashtirilgan edi.

Talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda test sinovlarini sifatli tashkil etish maqsadida chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlarini 26-28-noyabr kunlari o‘tkazish belgilandi.

Talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishini 23-noyabr kuni my.gov.uz sayti orqali bilishlari va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube