Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat

Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat M
Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat
Kanal manzili: @dtmuzb
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.32K
Kanalning ta’rifi

Umumta’lim fanlari va chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 13

2022-10-29 08:21:05 Umumta’lim fanlaridan tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi 2022-2023-o‘quv yilida oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlari…
56.9K views05:21
Ochish/sharhlash
2022-10-28 16:09:39 Umumta’lim fanlaridan tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi

2022-2023-o‘quv yili
da oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlari ro‘yxati Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

Tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati asosida shakllantirilgan.

Darsliklar ro‘yxati bilan https://dtm.uz/info/textbooks manzili orqali tegishli fan va tilni tanlagan holda tanishishingiz mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
134.9K views13:09
Ochish/sharhlash
2022-10-27 17:16:07 Davlat test markazi bitiruvchilarni stajirovkaga taklif etadi

Davlat test markazi tomonidan davlat xizmatiga eng munosib kadrlarni tanlash va istiqbolli kadrlarni tayyorlashni tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida “Yosh mutaxassislarni tanlash” dasturi ishlab chiqildi.

Mazkur dastur oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi kursi (bakalavriat, magistratura) da o‘qiyotgan qobiliyatli yoshlarni saralab olish, ularning stajirovkasini tashkil etish va keyinchalik zaxiraga kiritish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni nazarda tutadi.

Mazkur dastur doirasida Davlat test markazida stajirovka o‘tash istagini bildirgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha tahsil olayotgan bitiruvchi kurs talabalari o‘zlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (obyektivka) ni 2022-yil 1-noyabrdan 10-noyabrga qadar @stajyor_bot telegram botiga yuborishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
49.9K views14:16
Ochish/sharhlash
2022-10-27 10:35:32 Milliy sertifikat imtihonlarida kimlar qatnashishi mumkin?

Hozirda ko‘pchilik tomonidan milliy sertifikat imtihonida kimlar ishtirok eta oladi, bu imtihon faqat abituriyentlar uchunmi degan mazmunda ko‘plab savollar berilmoqda.

Qayd etish kerakki, umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qarori asosida tashkil etiladi.

Mazkur qarorda milliy sertifikat imtihonlarida faqatgina abituriyentlar ishtirok etishi mumkin degan cheklov mavjud emas. Ya’ni ushbu imtihonni barcha topshirishi mumkin.

Boshqacha qilib aytganda chet tili imtihonlarida bo‘lgani kabi o‘z bilimini sinab ko‘rish istagini bildirgan istalgan shaxs umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etishi va tegishli sertifikatni qo‘lga kiritishi mumkin.

Mazkur imtihon bo‘yicha berilayotgan eng ko‘p savollardan biri milliy sertifikatga ega o‘qituvchilarga ustama berilishi bilan bog‘liq.

O‘qituvchilar turli tizimlarda faoliyat yuritishidan kelib chiqqan holda Davlat test markazi o‘qituvchilarga ustama to‘lanishi bilan bog‘liq holatga o‘zi ishlaydigan tashkilotdan aniqlik kiritishni tavsiya etadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
60.5K views07:35
Ochish/sharhlash
2022-10-26 14:08:36
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi uchun ro‘yxatdan o‘tish

Ma’lumki, chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda.

Yuqoridagi birinchi videoda my.gov.uz sayti orqali chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi uchun ro‘yxatdan o‘tish tartibi bilan tanishishingiz mumkin.

Agar my.gov.uz saytidan ilk bor foydalanayotgan bo‘lsangiz ikkinchi videoda ONE ID tizimi (id.egov.uz sayti) da ro‘yxatdan o‘tish tartibi keltirilgan.

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi: https://my.gov.uz/oz/service/559

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
56.2K views11:08
Ochish/sharhlash
2022-10-25 15:06:49
Rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yuritish darajasini aniqlash test sinovlari o‘tkazildi

2022-yil 25-oktabr kuni rahbar kadrlar va mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlari rahbar kadrlar va mas’ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash uchun viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda talabgorlarning o‘qib tushunish, imlo qoidalarini to‘g‘ri qo‘llay olish, so‘z va qo‘shimchalardan to‘g‘ri foydalana bilish, tinish belgilarini o‘z o‘rnida ishlata olish hamda topshiriqqa ko‘ra mos rasmiy hujjat matnini tayyorlash kabi ko‘nikmalari tekshirildi.

Test sinovi natijalari 15 ish kuni ichida Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
43.2K views12:06
Ochish/sharhlash
2022-10-13 12:53:32 Ingliz tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi bo‘yicha o‘quv kursi

Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan ingliz tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi bo‘yicha o‘quv kursi tashkil etilmoqda.

O‘quv kursi 24 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 15-22-oktabr kunlari Zoom platformasi orqali bo‘lib o‘tadi.

Unda tinglovchilarga baholash mezonlari va test sinoviga oid ma’lumotlar beriladi hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

O‘quv kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 14-oktabr kuniga qadar ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

O‘quv kursida birinchi bo‘lib ro‘yxatdan o‘tgan va to‘lov (300 000 so‘m) ni amalga oshirgan 30 nafar talabgor ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Murojaat uchun telefon: (95) 507-70-72

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
11.3K views09:53
Ochish/sharhlash
2022-10-12 16:18:33 Chet tili imtihonlari 29-30-oktabr kunlari o‘tkaziladi

2022-yil 25-26-27-oktabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari 29-30-oktabr kunlari bo‘lib o‘tishi belgilandi.

Bunda test sinovining yozma qismi 29-30-oktabr kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 1-4-noyabr kunlari o‘tkaziladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani my.gov.uz sayti orqali 26-oktabr kunidan boshlab olishlari mumkin bo‘ladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
41.5K viewsedited  13:18
Ochish/sharhlash
2022-10-10 17:49:25
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi

2022-yil 9-oktabr kuni chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.

Test sinovlarining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 10-oktabr kuni gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari tashkil etildi.

Imtihonlar barcha hududlarda Davlat test markazi tomonidan maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron tarzda o‘tkazildi.

Unda ingliz, nemis va fransuz tillari bo‘yicha 800 nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi.

Talabgorlarning gapirish ko‘nikmasini baholash uchun autsorsing asosida respublikamizning turli hududlarida faoliyat olib borayotgan malakali mutaxassislar jalb etildi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
21.3K views14:49
Ochish/sharhlash
2022-10-10 14:23:02 Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni ro‘yxatga olish boshlandi

2023-2024-o‘quv yilida Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha nomzodlarni saralab olish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.dtm.uz sayti orqali joriy yilning 10-noyabriga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Nomzodlarni saralab olish Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 241-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi va nomzodlar mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomning 3-bandida belgilangan talablarga javob berishlari lozim.

Izoh: my.dtm.uz saytining “Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi” bo‘limida ro‘yxatdan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma va nomzodlarni saralash test sinovi bo‘yicha ma’lumot keltirilgan.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
34.2K views11:23
Ochish/sharhlash