Get Mystery Box with random crypto!

Bek Olimjon

Telegram kanalining logotibi drbekolimjon — Bek Olimjon B
Telegram kanalining logotibi drbekolimjon — Bek Olimjon
Kanal manzili: @drbekolimjon
Toifalar: Bloglar , Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.08K
Kanalning ta’rifi

www.bekolimjon.com - Balki foydasi tegar...

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2021-11-21 14:58:44 Siz chet elda ishlayotgan shifokorsiz, sog’liqni saqlash tizimidagi muammolarimiz u yerlarda qanday yechilganidan xabardorsiz. Nega kanalingizda O’zbekiston tibbiyotidagi muammolar haqida yozmaysiz degan savollar bilan murojaat qilishadi. Bunga bir nechta sabablar bor. Shulardan ikki donasi:

Birinchisi, savol bergan odamga keling shu muammoni birgalikda yoritamiz desangiz, ”Ha yo’q, kanal siznikiyu!” degan javob bo’ladi. Kanal meniki, lekin muammo ikkimizniki!

Ikkinchisi, men butun jamiyat darajasidagi muammolar yechimini individ darajadagi muammolarni yechishdan boshlash kerak degan ishonchdaman. Bunda eng muhim maqsad shaxs sifatida erkinlikka erishish. Erkinlik deganda moddiy, ma’naviy va axloqiy erkinlik. Agar har bir odam mustaqil bo’lsa, o’zini-o’zi eplay olsa, muammolarini hal eta osa va boshqalarga yuk bo’lmasa jamiyatdagi muammolarimiz ham sekin-sekin kamayadi deb o’ylayman. Shuning uchun muammolarni yozishdan avval shaxs rivojlanishiga urg’u berish muhimroq va samaraliroq degan fikrdaman. Bir shaxs rivojlansa o’z oilasini rivojlanishiga turtki bo’ladi. Oila rivojlansa jamiyat rivojlanadi.

Muammolar haqida gapirilganda esa o’sha muammolar bir qismi biz ekanligimiz haqida o’ylamaymiz. U muammolarni huddi boshqalar yaratgan, boshqalar aybdordek. Boshqalar roli kattaroq bo’lishi mumkin, lekin har birimizni rolimiz yo’q emas. Korrupsiyadan zarar ko’ramiz va noliymiz, so’kinamiz, lekin uni rivojlanishiga hissa qo’shamiz. Birorta odam korrupsiyaga hissa qo’shmaganman deya olmasa kerak. Xalq orasida ko’p shifokorlar bilimi yo’q degan fikr bor, ammo bunday bo’lishida ham o’zimizni hissamiz bor. Eng oddiy va yaqqol sababi bu bilim olishdan ko’ra Gentra olishni afzal ko’rishimiz. Ayollarimizni ayol shifokor ko’rsin deymiz, erkak ko’rishiga rozi bo’lmaymiz, lekin qizlarimizni yaxshi o’qib shifokor bo’lishiga imkoniyat bo’lsada ularni o’qishga jo’natishga ruhsat bermaymiz. Ruhsat bersak ham bilim olishi eng muhim bo’lgan vaqtda ”qari qiz bo’lib qoladi” deb turmushga berib yuboramiz. Bularni muammo ekanligini tushunamiz, ammo bunga qarshi hech narsa qilmaymiz. Agar har bir shaxs sifatida bunday muammolarga qarshilik qilsa, sekin-asta muammolar kamayadi, rivojlanish bo’ladi.

Muammolarimiz bilim olishni Gentra olishdan ustun qo’yishimizni tushunib yetganimizdan keyin kamayishiga men ishonaman. Bizni bilim qutqaradi, Gentra yoki to’ylar emas.

Bek Olimjon
1.2K viewsBek Olimjon, 11:58
Ochish/sharhlash
2021-11-18 12:48:32 Assalomu alaykum!

Ancha vaqtdan beri o’ylagan rejalarimdan biri, O’zbekistonda oftalmologiya sohasida ishlayotgan 2 ta yosh oftalmologga (klinik ordinator, magistr yoki ishlayotgan) mentorlikni taklif qilmoqchiman. Maqsadim kichik bir jamoa tuzish va zamonaviy oftalmologiyani O’zbekistonda kengroq tarqalishiga hissa qo’shish.

Mentorlik davomida o’zim bilganlarni qo’ldan kelganicha o’rgatmoqchiman. Bunda men mentor vazifasini olaman va mentee (o’rganmoqchi bo’lgan inson) bilan birga-bir aloqa o’rnataman. Maqsad oftalmologiyani o’rganmoqchi bo’lgan insonlarni mutaxassislikni o’rganishida yo’l-yo’riq ko’rsatish, adabiyotlardan samarali foydalanishni o’rganishda, dalillarga asoslangan oftalmologiyani o’rganishida yordam berish, amaliyotda kasalliklarga sistematik yondashishni o’rgatish, diagnostika va davolashda distansion bo’lsa ham ko’maklashish. Undan tashqari ilmiy izlanishga qiziqishi bo’lsa u borada ham yordam berish.

Talab ingliz tilini bilishi va rivojlanishga qattiq harakat qilishi. Agar inson o’zida rivojlanishga qattiq harakat bo’lsa, intilsa, men imkon qadar yordam bermoqchiman. Hohlovchilar bo’lsa men bilan bog’lanishlari mumkin. Qiziquvchilarni motivatsiyasiga qarab tanlab olishni rejalashtirganman.

Hurmat bilan,
Bek Olimjon

PS. Ingliz tili bilish darajasi tibbiy adabiyotni o’qib tushuna olishi va o’z fikrini ingliz tilida og’zaki va yozma ifoda eta olishi kerak.
2.6K viewsBek Olimjon, edited  09:48
Ochish/sharhlash
2021-11-17 14:18:05

1.6K viewsBek Olimjon, 11:18
Ochish/sharhlash
2021-11-14 16:09:53

1.2K viewsBek Olimjon, 13:09
Ochish/sharhlash
2021-11-09 12:30:24 Telegram kanalimdagi auditoriya katta qismi talabalar va ular ichida ko'pi tibbiyot instituti talabalari. Ko'pchiligi bilan gaplashaman va meni bir narsa hayron qoldiradi. Telegramda ismlari oldiga Dr, ismlaridan keyin MD degan qisqartmalarni qo'yib olishgan. Bu post ana shu insonlarga bag'ishlanadi.

Dr qisqartmasi asli qanday ma'no anglatadi?
Wikipediani aytishicha Doctor so'zi ma'nosi lotin tilidagi docēre so'zidan olingan ekan va o'qitish degan ma'noni bildirar ekan. Dr bu akademik titul bo'lib ilmiy darajaga erishgan odamga berilar ekan. Ko'p davlatlarda bu PhD darajasiga erishgan insonlargina ishlatishi mumkin bo'lgan qisqartma. Ya'ni ismini oldidan Dr degan nom qo'yishi uchun PhD darajasi bo'lishi kerak. Ammo ko'plab davlatlarda PhD darajasi bo'lmagan shifokorlar ham ishlatishadi. Qoida bo'yicha Dr qisqartmasini ishlatish uchun inson eng kamida shifokor degan maqomga erishish kerak.

MD qisqartmasi qanday ma'noni anglatadi?
MD ham lotin tilidagi Medicinae Doctor so'zidan olingan ekan. Tibbiyot bo'yicha doctor degan ma'no beradi va asosan AQShda ko'proq ishlatiladi. MD degan qisqartmani o'z ismidan keyin ishlatish uchun eng kamida shifokor degan maqomga erishish shart. U davlatlardagi talabalari o'z ismidan keyin MD qo'yib olsa katta uyat hisoblanadi. Hech qaysi talaba ishlatmaydi buni.

Endi siz O'zbekistondagi tibbiyot instituti talabasi o'zingizni Dr yoki MD deb atashingiz bu huddi men o'zimni akademik Bek Olimjon deb atashim bilan bir xil darajada Bunday Dr yoki MD maqomlari hurmatga ega bo'lgan tashkilotlar tomonidan beriladi. Odam o'zidan-o'zi ismini oldiga yoki orqasiga qo'yib olmaydi. Millioner bo'lishni orzu qilsamu, lekin hemirim bo'lmasa, odamlarga o'zimni tanishtirganimda "Men millioner Bek Olimjonman" degan bilan bir xildek.

"Har ne bo‘lsang bo‘l, yo asling kabi ko‘rin, yo ko‘ringaning kabi bo‘l!" - Rumiy


UPD: Ushbu post ayrim obunachilarda tushunmovchilik, kerak bo’lsa norozilik uyg’otgandek. Bu postni foydali ekanligiga shubham yo’q, lekin hammaga ham yoqishiga kafolat bera olmayman.

Bu post odamlarni ismidagi qisqartmalarga osilib maydalashishdek tuyulishi mumkin. Aslida bu narsa maydalashish emas, yirik muammolardan biri bu. Biror tizim yoki jamiyat rivojlanishining eng markazida shaxslar rivojlanishi turadi. Shaxsiy rivojlanish esa o’zini anglab yetishdan boshlanadi. O’zlikni anglab yetishning eng dastlabki qadamlaridan biri bu o’z ismini qanday ma’no anglatishiga e’tibor berish.

Dr yoki MD qo'yib olgan odamlar ko'pi chet elga chiqishmoqchi, u yerlarda ishlashmoqchi. Bunda chet el tashkilotlari bilan aloqa qilishadi. Endi bir talaba o'z ismiga Dr qo'yib olgan holatda birorta yirikroq tashkilot bilan bog'lansa, uni nafaqat jiddiy qabul qilishmaydi, balki ular ko'z oldida kattagina yolg'onchiga ham aylanadi. Bunday xato qilganlarga misollar yo’q emas.

Bek Olimjon
4.2K viewsBek Olimjon, edited  09:30
Ochish/sharhlash
2021-11-08 17:19:21 Ko'zda uchib yuruvchi xiraliklar. Кўзда учиб юрувчи хираликлар | Bek Olimjon

954 viewsBek Olimjon, 14:19
Ochish/sharhlash
2021-11-08 12:50:47 Barcha muammolarimiz sababi bilimsizlik. Barcha muammolarimiz yechimi bilim olish.


https://telegra.ph/Miopiyani-mashq-bilan-davolash-mumkinmi-11-08
974 viewsBek Olimjon, 09:50
Ochish/sharhlash
2021-11-07 14:24:08Miopiya - keng tarqalgan "davo" turlari (yangilangan)

Oftalmologga beriladigan eng koʻp savollardan biri bu miopiya (uzoqni yaxshi koʻra olmaslik, koʻzda "minus borligi") davosi haqida boʻlsa kerak. Ana shunday savollarning 95% qismiga javob quyidagicha:

Miopiyani
- dori
- tomchi dori
- koʻz mashqlari
- Beyts usuli
- Norbekov usuli
- vitamin
- quvvat dori
- chet el dorisi
- tabib dorisi
- ko´z atrofiga ukol qilish
- chakka qismiga ukol qilish
- fizioterapiya
- koʻz oynak taqmaslik
- "trinajor achki"
- dam solish
- "apparatga qatnab davolanish"
- uylanish
- qoʻy yogʻi
- isiriq va hokazolar bilan davolab bo´lmaydi.

Qolgan 5% qismiga javob quyidagicha:
- Agar koʻrish xira boʻlsa mutahassisga borib tekshirtirish kerak. Ko’zoynaksiz davolayman deb kurs taklif etayotgan lo’ttibozlardan ehtiyot bo’ling.
- Tiniq koʻrish uchun koʻzoynak yoki kontakt linza taqish mumkin (albatta obdon tekshiruvdan keyin).
- Agar maqsad koʻzoynak yoki linzadan qutulish boʻlsa, unda lazer yordamida jarrohlik amaliyotini qilsa boʻladi. Bu usul hammaga ham toʻgʻri kelavermaydi. Toʻgʻri kelish-kelmasligini aniqlash uchun oʻsha lazer jarrohiga borish kerak.

Kanalga ulanish - Bek Olimjon
1.5K viewsBek Olimjon, 11:24
Ochish/sharhlash
2021-11-03 17:22:28

1.4K viewsBek Olimjon, 14:22
Ochish/sharhlash
2021-11-03 11:45:43 Institutda o'qitmaydi, ordinaturada, magistraturada hech narsa o'rgatmaydi deb noliydiganlar juda ko'p. Bir narsani tushunish kerak. Hozirgi yo'lingizni siz o'zingiz hohlab tanlagansiz, majburlash bo'lmagan (deb umid qilaman). Bu vaziyatdagi yoshlarni nafaqat tibbiyotda, balki boshqa sohalarda ham uchratamiz. Xo'sh nima qilish kerak?

Menimcha bunday inson oldida uchta yo'l bor. Birinchisi vaziyat yoqmasa tashlab ketib boshqa ma'qul keladiganini topish. O'zi hohlaganiga erishish. Agar birinchisini imkoni bo'lmasa, ikkinchi yo'l bu vaziyatdan, bor resurslarda maksimal foydalanib o'rganish. Rivojlanishga harakat qilish va o'zini hayotini o'zgartirish. Uchinchi yo'l nolishda davom etish.

Umr o'tib ketaveradi. Hayotga, dunyoga, tabiatga, jamiyatga baribir. Umuman farqi yo'q. Siz va menga o'xshaganlardan milliardlab bor. Biz yashaymizmi yoki yo'q aslo farqi yo'q. Hech narsa o'zgarmaydi. Hayot davom etaveradi. Bizga hech kim yordamga kelmaydi. Bizni rivojlanishimiz hech kimga kerak emas. Faqat va faqat o'zimizga kerak. Imkoniyat ko'p bo'lmasligi mumkin, lekin umuman yo'q emas. Bor imkoniyatni 10 dan biridan ham foydalana olmaymiz. Yaxshi shifokor/mutaxassis bo'lmoqchimizmi, o'zimiz harakat qilishimiz kerak. Boshqa yo'l yo'q. Bizni bilim qutqaradi.
1.3K viewsBek Olimjon, 08:45
Ochish/sharhlash