Get Mystery Box with random crypto!

Bek Olimjon

Telegram kanalining logotibi drbekolimjon — Bek Olimjon B
Telegram kanalining logotibi drbekolimjon — Bek Olimjon
Kanal manzili: @drbekolimjon
Toifalar: Bloglar , Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.08K
Kanalning ta’rifi

www.bekolimjon.com - Balki foydasi tegar...

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2021-09-05 20:04:05 Bugun operatsiya kuni

1.6K viewsBek Olimjon, 17:04
Ochish/sharhlash
2021-09-02 13:13:05

1.8K viewsBek Olimjon, 10:13
Ochish/sharhlash
2021-08-29 09:39:02

765 viewsBek Olimjon, 06:39
Ochish/sharhlash
2021-08-28 10:55:08 Assalomu alaykum do’stlar!

YouTube kanalimda yaqin kelajakda qilmoqchi bo’lgan rejalar aytilgan qisqacha update video joyladim.




1.3K viewsBek Olimjon, 07:55
Ochish/sharhlash
2021-08-24 23:18:59 Germaniyada o'qimoqchi bo'lgan ko'plab o'zbek talabalari bor. Germaniyada shifokor bo'lib ishlamoqchi bo'lgan shifokorlar bor. Germaniyaga o'qishga topshirayotganda yoki diplomni tasdiqlayotganda eng muhim bo'lgan omillardan biri bu siz o'qigan yoki o'qiyotgan universitet, institutni Germaniyada universitet yoki institut sifatida tan olingan yoki olinmaganligiga e'tibor beriladi.

Germaniya chet davlatlardagi o'quv yurtlari databazasini yaratgan va oquv yurtlari ro'yhati berilgan. Bu databaza nomi Anabin deyiladi. Unga ko'ra o'quv yurtlariga turli statuslar berilgan, H+, H- va H+/-.

Qisqacha qilib aytganda, H+ statusiga ega o'quv yurtlari Germaniyada tan olingan, H- statusidagilar esa o'quv yurti sifatida tan olinmagan. H+/- statusiga ega bo'lganlar "arosatdagi" o'quv yurtlar.

Anabin databazasiga kiritilgan O'zbekiston o'quv yurtlari ro'yhati yuqoridagi PDFda berilgan.

H+, H va H+/- nimalar anglatishi haqida aniq izohlarni mana bu joydan olish mumkin.

Anabin rasmiy sayti mana bu yerda
2.2K viewsBek Olimjon, 20:18
Ochish/sharhlash
2021-08-22 14:34:15 Balki foydasi tegar degan maqsadda ko'z kasalliklari haqida shifokor bo'lmagan insonlarga ham tushunarliroq formatda videolar tayyorlashni niyat qildim. Quyidagi video ko'z kasalliklari ichida eng ko'p uchraydigan muammolardan biri, katarakta haqida.



854 viewsBek Olimjon, 11:34
Ochish/sharhlash
2021-08-21 01:04:39 Agar sizga USMLE qiziq bo'lmasa, bu post uchun vaqt sarflamang

Men YouTube kanalimda chiqargan oxirgi videoga TeamKasimoffdan judayam yaxshi kritika bo'pti. Keng yoritilgan va videoda aytgan ma'lumotlarimdagi kamchiliklarni ko'rsatib berishga harakat qilgan. Bunday diskussiyalar bo'lishi, ko'proq ma'lumot paydo bo'lishiga olib keladi va ularni filtrlab olish imkoniyatini beradi. TeamKasimoffga rahmat aytaman.

Shu o'rinda aytib o'tmoqchiman. Do'stlar, muammo shuki, USMLE haqida gap ketganda ko'pchilik rezidenturaga topshrish xuquqini beradigan hujjatlarni to'plash uchun ketadigan harajatlar va vaqt haqida gapirishadi. Kritikada ham huddi shu fikr bildirilgan. "Step 1 + Step 2 + ECFMG certificate" olsang, sen rezidenturaga topshirsang bo'ladi deb yozilgan. Men esa ana shu hujjatlarni olishgacha bo'lgan jarayonga qo'shimcha ravishda rezidenturaga kirishgacha ketadigan harajatlar va vaqt haqida gapiryappan. Maqsad rezidenturaga topshirish xuququni olishgina emas, balki rezidenturaga kirish. Rezidenturaga topshirish xuquqini olishlik, siz USda institutni yangi tamomlagan shifokorlar bilan raqobat qilishga imkoniyat beradi. Rezidenturaga kirish uchun alohida harakat kerak bo'ladi.

Bek Olimjon USMLE va ECFMG ikkita jarayonga bo'lgan, aslida bu bitta jarayon deyilyapti. Ha, parallel olib ketish mumkin bo'lgan jarayonlar, lekin ikkalasiga alohida pul to'lash talab etiladi. USMLE imtihonini topshirish va litsenziya olish bilangina ish bitmaydi. Sertifikatga ega bo'lgan taqdirda ham IMG sifatida rezidenturaga matching olish bu mashaqqatli jarayon. USCE talab etiladi. Beshta yaxshi (vesi bor) tavsiyanoma olishni tavsiya etadi. Rezidenturaga topshirishda klinikalar in-person interview talab etadi. Bular esa tekinga bo'lmaydi. Inson karyerasini rejalashtirayotganda imkon qadar barcha faktorlarni inobatga olishi kerak. Narh masalasiga keladigan bo'lsak, TeamKasimoff aytganidek, let's do our own research. Har bir step qancha turishi, har bir imtihon topshirishga chet elga (misol Turkiyaga) borib-kelish qancha turishi, qBank qancha turishi, kitoblar qancha turishi, ECFMG sertifikatsiya jarayoni qancha turishi (yuqoridagi linkdagi ma'lumotga ko'ra 900$ turadi), do'xtirlar IELTSini topshirish qancha turishi (454$), USCE ga borganda siz bemorlar bilan ishlaganingiz uchun sizdan talab etiladigan sug'urtalar qancha turishi, US viza, US ga borib kelish, u yerda yashash harajatlari, health insurance qancha turishi, in-person interviewga borish-kelish, u yerdagi hotel, oziq-ovqat va hokazolar qancha turishini birma-bir ro'yhat qilib chiqing. Shunda 30000$ emas, balki 25000$ chiqar, balki 5000$ chiqar. Ana shunda siz chiqqan summaga qarab harakat qilishingiz mumkin bo'ladi. Step 1 dan o'tsam, qolgani haqida keyin o'ylayman deydigan narsa emas bu. Aniq rejalashtirishni talab etadi.

Men avval ham aytganimdek, USMLE topshirishga aslo qarshiligim yo'q. Olmoqchi bo'lganlarga men faqat va faqat muvaffaqiyat tilayman. Men uchun odamlarni USMLE dan qaytarishda hech qanday naf yo'q. Shunchaki bilganlarimni aytyappan. Agar meni bilmaydi, he is talking BS desangiz, bunga ham haqlisiz. Balki bilmagan narsam haqida gapirayotgandirman.

USMLEni faqat step 1 + step 2 olsam US da shifokor bo'lib ishlay olaman ekan degan xayolda yurgan naiv talabalar uchun, USda shifokor bo'lib ishlash uchun imtihondan o'tish va sertifikat olish o'zigina yetarli emasligi haqida aytmoqchiman.

Tahmin qilaylik, balki men TeamKasimoff aytganlaridek, haqiqatdan ham USMLE haqida o'ta detalli javoblarga ega emasdirman. Agar shunday bo'lsa, "USMLE prep day 1 to residency day 1" gacha bo'lgan jarayon uchun talab etiladigan narhlarni birma-bir yozib, cost break-down qilib chiqib, mana buncha ketadi deb keltiraylik. Xayotga real qaraylik. Kimdir berishi mumkin bo'lgan tekin USCE ni kutib emas, balki qanday qilib 5 ta joni bor, tishi o'tadigan rec letter olish uchun ketadigan harajat haqida o'ylaylik. Ana undan keyin har bir bosqich uchun qancha vaqt ketishi haqida yozib chiqaylik. Balki shunda raqamlar aniqroq ko'rinar...
1.2K viewsBek Olimjon, edited  22:04
Ochish/sharhlash
2021-08-19 23:17:10



Salom do'stlar! Ushbu videoda USMLE imtihonini topshirishni maqsad qilgan talabalar/shifokorlar ahamiyat berishlari shart bo'lgan omillar, pul, vaqt, viza va hokazolar haqida o'z fikrlarimni aytib o'tganman.
1.6K viewsBek Olimjon, edited  20:17
Ochish/sharhlash
2021-08-19 09:56:49 Давлат 25 йиллик сиёсати давомида радикализмнинг олдини олиш мақсадида турли ғояларни синаб кўрди ва охир-оқибат миллий менталитет ва динимиз қоришмаси бўлган маънавият идеологиясини яратди. Гоҳо фикр, гоҳо куч билан маънавият идеологияси инсонлар онгига сингдирилди. Ушбу сиёсатни қўллаганларнинг куни туғди, либерал қарашли камчилик қатламнинг оғзи ёпилди. Натижада либерал қарашлилар бирин-кетин мамлакатни тарк этадиган бўлди. Улар мамлакатни тарк этган пайтларида гўёки ҳар бир замон идеологиясига эргашган ва уни қувватлаган қатлам ғалаба қилгандай эди. Маънавиятчилар армияси сон жиҳатдан кўп бўлганлиги учун ҳур фикр яна бурчакка тиқилди. Мустақил фикр ва дунёқарашга эга бўлмаган, ҳар қандай сингдирилган ғояни қабул қилиб кетаверган тоифалар, дунёнинг фашизм ва национализм ортидан ем бўлишига ҳисса қўшгани каби, бизнинг маънавият карнайчилари ҳам керак-нокерак ерда ушбу тушунча орқали халқни истаганча манипуляция қилиб, жарликка етаклашди: ноу-хаусиз ишлаб чиқариш, чиновникларни бойитган, бор завод фабрикаларни ҳам тугатган оффшор фирмалар, ишсизлик, оқсоқ таълим тизими ва турмуш даражаси паст бўлган ҳаёт бунга яққол мисол бўла олади. Қуруқ қошиқ кун келиб оғизни йиртиши аниқ эди ва шундай бўлди ҳам.

"Қўрқинчли туш" даври тугаб, халққа эркинлик берилиши билан маънавият ҳайкали қулади. Халқ ўзлигига қайтишни бошлади, фикрларини очиқ баён қилишга ўтди ва бу ҳолат бироз бўлса-да, айримларни таҳликага солиб қўйди, либерализм эса яна ҳужумларга учради. Маънавият тўқмоқларидан қутулган либераллар бугун мамлакатда кучайиб бораётган мутаассиблик қаршилигига дуч келишди. Давлат эса яна олдинги хатоларини такрорлаш арафасида турибди: у яна кўпчиликнинг фикрини инобатга олиб, камчиликни сиқувга оляпти. Ўтган 25 йилги маънавиятни қўллаш системаси халқни парокандаликка етаклаган бўлса, буниси унданда хавфли - у бутун давлатчиликка хавф солади.

Айримларнинг қандайдир кўрсатмаларига қарши чиққанликлари учун очиқ-ойдин "гуноҳлар рўйхати"ни тузиб ўтиришгани менга ўрта асрлардаги Европадаги черков инквизициясини эслатиб юборяпти. Ҳукумат қандай жамият тузишга интилаётганини тушуниб бўлмай қолди: эркин фуқаролик жамиятими ёки улкан иллат ва қадриятлар ботқоғига ботиб, нима қилиш мумкин, нима мумкинмаслигини уқтирадиган шахсларга таяниб яшайдиган жамиятними?

Қонуннинг охири бекор қилиш ёки чеклаш эмас, балки эркинликни сақлаш ва кенгайтиришдан иборат бўлиши керак. Чунки қонунлар мавжуд бўлган ва яратилгани билан қонун амалиётга жорий бўлмаган жойда эркинлик бўлмайди. Бош Қонунимизда ёзиб қўйилган нормалар амалий ҳаётда ҳам мустаҳкамланиши, ҳеч ким эркин фикри ёки эътиқоди учун жазоланмаслиги, ижтимоий адолат, либерализмга кенг йўл очилиши билангина жамиятни ва давлатни тенгдан ривожлантириш мумкин. Оммавий ахборот воситаларида, тадбир ва сериал, қўшиқ ва шеърларда ҳадеб маънавият ва миллийлик деб уқтирмасдан, замонавий либерализм ғояларини тарғиб қилиш учун ҳам имконият яратилиши лозим. Иккита ён қўшнимиз бизга ўз босган тажриба йўли билан тайёр ўрнак бўлиб турибди: Қозоғистон ва Афғонистон. Қозоғистонда замонавий ёшлар жуда кўп, у ерда жамият асосан либераллардан ташкил топган. Бугунга келиб шунга гувоҳ бўлдикки, халқни сиёсий тарбиялаш билан бирга диний мутаассибларни ушлаб туриш учун ўйлаб топилган маънавият идеологияси иш бермади, боз устига тенглик, эркинлик ғоялари тан олиниши ўрнига янгича усуллар билан демократияга қаршиликлар бошланиб кетди. Шуниси аниқки, агар бугун Қозоғистон тутган йўлдан бориб, жамиятимиз либералларига кенг йўл очиб бермасак, эртага Афғонистон ҳукуматига ўхшаб, радикал ва агрессив мутаассиблар билан ҳисоблашишимизга тўғри келади. Қўшниларимизнинг қайси бири тинч ва фаровон яшаётганини эса исботлашнинг ҳожати йўқ.

Либерализм, бу айрим консерватор депутатлар ва шарлатан демагоглар жамиятимизга сингдирмоқчи бўлаётган ифлослик ва фаҳш ғояси эмас, балки миллатлар ва динлар аро тенглик, бағрикенглик, ҳамда эркин яшаб, дунёвий илм олишни тарғиб қилишга асосланган ижтимоий идеологиядир.

Каналга уланинг: https://t.me/joinchat/AAAAAEL3NfcSopuzcfwL-w
789 viewsBek Olimjon, 06:56
Ochish/sharhlash
2021-08-19 09:56:48 Og’ir va juda muhim mavzu. Postda fikrlashga undaydigan gaplar yozilgan.

Erkinlik bu eng ulug’ qadriyat. Erkin fikrlash cheklanishi rivojlanish to’xtatishini kafolatlaydi. Erkin fikrlashga erishish qiyin, boshqalarga ergashish oson…
836 viewsBek Olimjon, 06:56
Ochish/sharhlash