Get Mystery Box with random crypto!

Bek Olimjon

Telegram kanalining logotibi drbekolimjon — Bek Olimjon B
Telegram kanalining logotibi drbekolimjon — Bek Olimjon
Kanal manzili: @drbekolimjon
Toifalar: Bloglar , Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.08K
Kanalning ta’rifi

www.bekolimjon.com - Balki foydasi tegar...

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2021-09-18 18:02:48

909 viewsBek Olimjon, 15:02
Ochish/sharhlash
2021-09-17 18:31:57

1.3K viewsBek Olimjon, 15:31
Ochish/sharhlash
2021-09-17 10:23:50 Ikki hafta oldin anchadan beri qantashishni reja qilgan velomarafonda ishtirok etdim. U bir necha soat davom etadigan, uzoq masofali, zerikarli va oson bo'lmagan loyihalarimdan biri bo'ldi. Butun jarayonni qamrab olgan uch sonli videolar tayyorlandi. Bugun kechki payt soat 20:00 da ana shu videolaraning birinchi "tayyorgarlik" qismi kanalga chiqadi. Unda marafon va men o'zim bilan nimalar olganim haqida gapirganman.

Velomarafon haqidagi uchta videodan keyin sizlarga foydasi tegishiga aniq ishonadigan bir nechta videolar tayyorlab qo'yilgan
1.5K viewsBek Olimjon, 07:23
Ochish/sharhlash
2021-09-15 18:12:04

904 viewsBek Olimjon, 15:12
Ochish/sharhlash
2021-09-13 14:19:20 Men motivatsiyaga ishonmayman

Kuni kecha ishga ketayotganimda maktabda birga o’qigan yaqin do’stim bilan telegramda suhbatlashib qoldik. U mendan nega uzoq masofali (315km) velomarafonda ishtirok etganimni so’radi. Aniqrog’i savol mana bunday edi: ”E baraka topgur, nima zarur shuncha masofani soatlab qiynalib bosib o’tish? Sovrin bo’lmasa, marrada hech kim kutib olmasa? Odam nega o’zini shuncha azoblashi kerak?”

Taxminan yarim soatcha yozishmalarimizdan keyin do’stim quyidagi fikrlarni yozdi:
”Fikrlarni yozib qo'yaman, kallamdagi meyorlar juda loyqalashib chalkashib ketti... Shaxsiy rivojlanish bo'yicha ko'p treninglar kutilgan samarani bermayotganini tushunganday bo'lyabman. Yuqoridagi suhbat menga energiya berganday. Men yozishmalarimizni bir ikki qayta o'qishim zarur.”

Aslida noodatiy suhbat bo’lmagan edi. U savollar berdi va men esa javob berdim. Javoblar motivatsiyani tushiradigan bo’lsada, u energiya olganini aytdi. Savollarni eng asosiy qismi motivatsiya va boshqalarga qarab harakat qilish haqida edi. Do’stimga bergan javoblarni motivatsiya haqidagi qismini umumlashtirgan holda quyida yozaman.

Men motivatsiyaga ishonmayman. Men uchun motivatsiyadan ko’ra muhimroq, ishonchliroq bo’lgan va yaxshiroq natija beradigan energiya manbasi bor.

Nega motivatsiyaga ishonmayman? Chunki motivatsiya bu mening kayfiyatimga bog’liq. Men uchun motivatsiya nima? Aksariyat holatlarda tashqaridan bo’ladigan ta’sir tufayli kayfiyatimdagi, ruhiyatimdagi ijobiy o’zgarishlarga bog’liq. Afsuski tinimsiz ravishda zo’r kayfiyatda, motivatsiyalangan holatda yurishim imkonsiz. Agar men maqsadlarimga erishish uchun zarur bo’lgan ishlarni faqat motivatsiyaga ishongan holatda qilsam, unda natijalarim bir xilda bo’lmaydi. Natijalar ham kayfiyatga qarab bo’ladi. Muvaffaqiyatga erishish uchun har kuni harakat qilish kerak. Ammo har kuni ko’tarinki kayfiyatda, zo’r motivatsiyada yura olishni imkoniyati yo’q (narkotik yoki antidepressantlar qabul qilishdan tashqari). Hammamizda maqsad bor va nima qilishimiz kerakligini bilamiz. Ammo doim tashqaridan motivatsiya, ilhom kutamiz. Kimlardandir qidiramiz shuni. Ana shu motivatsiya bo’lmasa qilishimiz kerak bo’lgan ishni qilmaymiz. Ammo nima qilishimiz kerakligini bilamiz va o’sha ishni qilsak yaxshi natijaga erishishimiz ehtimoli katta ekanligini ham bilamiz. Ammo motivatsiya kutamiz. Biz kutgan motivatsiya ham kelavermaydi, vaqt esa o’tib boraveradi. Men shuning uchun ham motivatsiyaga ishonmayman. U lov etib yonadi va o’chadi. O’sha lov etib yongan paytda ustiga o’tin tashlab kattaroq olov yoqib olish mumkin. Motivatsiyani yagona ijobiy jihati shu xolos. Ammo qachon lov etib yonar ekan deb ishonadigan bo’lsak sovuqda qolishimiz aniq.

Men motivatsiyaga ishonmayman. Men uchun motivatsiyadan ko’ra muhimroq, ishonchliroq bo’lgan va yaxshiroq natija beradigan energiya manbalari bor. Ular asosan uzoq davom etadigan, qiyin, eng muhimi zerikarli bo’lgan mashg’ulotlar bilan shug’ullanish. Bu yugurish bo’ladimi, velosipedda yurish bo’ladimi, kitob o’qish yoki bir necha yillik reja tuzish va hok. Mana shu yondashuv hozirgacha pand bergani yo’q.

Kanalda chiqadigan keyingi videolarda ana shunday mashg’ulotlar bir qismi aks etgan. Ularda velomarafonga tayyorlanish jarayoni, velomarafon davomida olingan videolar va undan keyingi xulosalar aks etgan. Keyingi video chorshanba kuni O’zbekiston vaqti bilan soat 20:00 da chiqadi. Foydasi tegadi degan umiddaman.

Bek Olimjon
13.09.2021,
Stockholm

YouTube kanalga link
1.2K viewsBek Olimjon, edited  11:19
Ochish/sharhlash
2021-09-11 18:07:06 Mutaxassislikni qanday tanlash kerak?



937 viewsBek Olimjon, 15:07
Ochish/sharhlash
2021-09-11 14:14:52 Bugun YouTube kanalimda tibbiyot institutlari talabalarini ko’p o’ylantiradigan «Qaysi mutahassislikni tanlagan ma’qul?» degan savolga javob topish haqida fikrlarimni aytgan video chiqadi. O’zbekiston vaqti bilan soat 20:00 da.

Balki foydasi tegar...
1.4K viewsBek Olimjon, 11:14
Ochish/sharhlash
2021-09-10 21:06:57
Navbatdagi muvaffaqiyat egalaridan biri.

"Assalomu alaykum
Ustoz yaxshimisiz?
Siz bilan O'zbekistonda ekanligingizda ko'rishganimizda ingliz tilini boshlashga va tibbiyotni ingliz tilida o'rganishga motivatsiya bergandiz. Shundan keyin mana 1.5 yil ichida 6.5 natija bo'ldi va hozirda ingliz tilidagi kitob va videolardan ma'lumotni olish muammo emas.
Alloh sizdan rozi bo'lsin, rahmat.
Ishlaringizga muvaffaqqiyatlar tilayman."


Aytgani ijobat bo'lsin. Yaratgan roziligi muhim.

Bu yerda meni juda quvontiradigan joyi bu natijadan qat'iy nazar mana bu gap bo'ldi. "...hozirda ingliz tilidagi kitob va videolardan ma'lumotni olish muammo emas."

Eng muhimi ham shu. Ingliz tilidagi kitob va videolardan ma'lumot ola olish insonga cheksiz imkoniyatlar beradi.
523 viewsBek Olimjon, edited  18:06
Ochish/sharhlash
2021-09-08 19:03:37 Hadeb ingliz tili o’qi, harakat qil deb boshilarni qotiravermasdan, sal Shvetsiyadagi oddiy o’zbekni hayoti haqida ham videolar qilay dedim. Ana shunday videolardan biri





Shvetsiyada bolalar o'yingohi

1.3K viewsBek Olimjon, 16:03
Ochish/sharhlash
2021-09-06 18:33:47 Bir obunachi yozyapti. 2002-yilda tug’ilgan yigit ekan. Shu yili 17-iyul kuni IELTS topshiripti va 6,5 bal opti.

Xabar mana bunday, men uni o’zgartirmagan holda qoldirdim.

”Assalomu alaykum aka. U yili karantinda sizni Shaxa Dolimov bn qilgan podcast tizdan (ingliz tilini o'rganish) keyin, ingliz tilini o'rganishni boshladim. IELTS oldim. Hozir 4 joyda dars berib 1200$ oyiga ishlayabman. Bu pul bemalol kontraktimni to'lashga yetyapti. RAHMAT AKA SIZGA. HAR QANDAY HOLATDA HAM YO'L TOPIB CHIQIB KETISHNI VERTUAL OLAMDA BIZGA O'RGATDIZ. Siz role modelsiz uzbek medical studentlari un. Rahmat.”

Aytgandek, pandemiya qachon boshlangan edi?!

Xulosa sizdan…

Bek Olimjon
1.5K viewsBek Olimjon, 15:33
Ochish/sharhlash