Get Mystery Box with random crypto!

Bek Olimjon

Telegram kanalining logotibi drbekolimjon — Bek Olimjon B
Telegram kanalining logotibi drbekolimjon — Bek Olimjon
Kanal manzili: @drbekolimjon
Toifalar: Bloglar , Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.08K
Kanalning ta’rifi

www.bekolimjon.com - Balki foydasi tegar...

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2021-12-05 00:29:12 Bek Olimjon pinned «Sobiq sovet davlatlarida, shu jumladan O’zbekistonda ham, foydasi isbotlanmagan dorilarni bemorlarga buyurish juda avj olgan. Bunga bir qancha sabablar bor. Ba’zan shifokorlar ustozidan o’rganganman deb yozsa, ba’zan ishlab chiqaruvchi tomonidan moddiy manfaatda.…»
21:29
Ochish/sharhlash
2021-12-05 00:28:31 Sobiq sovet davlatlarida, shu jumladan O’zbekistonda ham, foydasi isbotlanmagan dorilarni bemorlarga buyurish juda avj olgan. Bunga bir qancha sabablar bor. Ba’zan shifokorlar ustozidan o’rganganman deb yozsa, ba’zan ishlab chiqaruvchi tomonidan moddiy manfaatda.

Dorilar biror kasallikni tuzatishi yuqori sifatli tekshiruvlardan keyingina isbotlanadi. Bunday tekshiruvlarga juda ko’p yangi kashf etilgan dorilar javob bermaydi. Afsuski dori bozori kuchli nazorat qilinmaydigan davlatlarda foydasi aniqlanmagan dorilar keng tarqalgan bo’ladi.

Mana shu holat kimnidir joniga tekkan shekilli kimdir yoki kimlardir juda savobli ishga qo’l urishipti va bitta sayt yaratishipti. Unda siz dorini nomini kiritsangiz uni foydasi ilmiy asosga ega yoki ega emasligini bilib olish mumkin ekan. Undan tashqari dalillarga asoslangan tibbiyot nima ekanligi, dorini foydasi bor yoki yo’qligini aniqlash usullari haqida ham yaxshi ma’lumotlar berilgan.

Befoyda dorilarni bilib turib bersak ertaga javobini ham berishimiz kerak.

Mana bu saytda: https://mediqlab.com/
3.9K viewsBek Olimjon, edited  21:28
Ochish/sharhlash
2021-12-03 14:22:44 Miopiyasi bor homiladorlar tabiiy tug'a olmaydimi?





2.1K viewsBek Olimjon, edited  11:22
Ochish/sharhlash
2021-12-01 09:46:50 Chet el jurnallarida maqola chiqarish bo’yicha postdan keyin menga bir nechta savollar kelib tushdi. Ular mazmuni umumiy. Qanday qilib chet el jurnallarida maqola chiqarsak bo’ladi?

Men hozirgacha bilganlarimga asoslanib quyidagi fikrlarni bera olaman.

1. Avval ham aytganimdek tibbiyot sohasidagilar maqolani chet elda chop etishda Scopusga emas, PubMedda ro’yxatdan o’tgan jurnallarga e’tibor berish kerak. PubMedda ro’yhatdan o’tgan jurnal Scopusda bor degani, lekin scopusda bor degani PubMedda bor degani emas. Chet davlatlarda Scopusdan deyarli foydalanilmaydi. Ayniqsa tibbiyot sohasida. Agar PubMedda chiqsa, sizning maqolangizdan iqtibos keltirishlari ehtimoli juda katta.

2. Jiddiy jurnallar hech qachon maqola qabul qilinmagunicha pul olmaydi. Avvaldan pul to’lash degan narsa yo’q. Maqolani jurnal talabiga moslab topshirasiz. U peer-review jarayonidan o’tadi. (Agar peer-review nima ekanini bilmasangiz bu haqida albatta o’qing). Faqat maqolangiz qabul qilingandan so’ng chop etishga pul to’laysiz. Jurnal open access bo’lsa (ochiq dostup) narhi qimmatroq, agar ochiq dostup bo’lmasa arzonroq bo’ladi. Tibbiyot sohasidagi o’zini hurmat qilgan jurnallarda bitta maqola narhi >1000$

3. Jiddiy jurnallarda hech kim maqola chiqarib berish kafolatini ola olmaydi. Bu 100% muallif(lar)ga bog’liq. Chiqarib beraman degan o’rtakashlardan uzoq yuring.

O’zbekistondan chet elda chiqarmoqchi bo’lgan maqolamni ko’rib fikr bering deyishadi. Quyida chet elda maqola chiqarilishga yuboriladigan maqolalarda men duch kelgan yirik xatolar taxminiy ro’yhati.

1. Avval o’zbek yoki rus tilida yozib, keyin ingliz tiliga kimgadir (odatda tibbiyotdan uzoq bo’lgan insonga) tarjima qildirishadi. Bu esa maqolani ingliz tilidagi variantini bo’tqa ko’rinishiga olib keladi. Chet el jurnallari ilmiy maqolani aniq, tiniq, qisqa, lo’nda va mantiqan davomiylikka ega bo’lishini talab etadi.

2. Maqola strukturasi Rossiyada chop etiladigan jurnallarga moslashgan bo’ladi. Odatda bunday maqolalarda ”suv” qismi ko’p bo’ladi

3. Tadqiqotning aniq maqsadi mavjud emasligi

4. Tadqiqot maqsadi o’ta katta ekanligi. Boshqacha qilib aytganda Amerika ochishga harakat qilishi. Tadqiqot maqsadi katta va murakkab bo’lishi shart emas. Kichkina bo’lsada yangi ma’lumot olib kelsa hisob

5. Avvaldan aniq va ravshan bo’lgan mavzuni qayta yoritishga harakat qilish. Boshqacha qilib aytganda Amerikani qaytadan ochishga harakat qilish

6. Tadqiqot materiallari shubhali ko’rinishi. Soxtalashtirilganligi sezilib turishi

7. Aniq, sinalgan va qabul qilingan ilmiy tadqiqot usullaridan foydalanmaslik

8. Dalillarga asoslangan tibbiyot prinsiplaridan foydalanmaslik

9. Yuzaki statistika va asosiy fokusni p harfiga berish. Mualliflarni statistikadan umuman bexabar ekanliklari. Odatda statistika qismini ”statist”ga berishadi va u bergan natijani shundayicha qabul qilishadi. Natijani so’roqqa tutishni bilmasliklari

10. Maqola muallifi yoki mualliflari maqola mazmuni va undagi ma’lumotlarni to’liq xabardor emasliklari.

Bek Olimjon
950 viewsBek Olimjon, 06:46
Ochish/sharhlash
2021-11-30 19:27:46 Ustozni so’roqqa tutish haqida

(poyezddagi pala-partish fikrlar )

Quyidagi fikrni ko’p sohalarda qo’llash mumkin. Men tibbiyotda bilim olish misolida yozmoqchiman.

Tibbiyotni o’rganish kasallik haqida nafaqat nazariy bilimga, balki amaliy ko’nikmalarga ham ega bo’lishni talab etadi. Shuning uchun ko’p davlatlarda tibbiyotni o’rganish ustoz-shogird ko’rinishida tashkil etilgan.

Ustoz kim? Ustoz bu siz o’rganayotgan sohada bilim olishni sizdan avvalroq boshlagan, sizdan ko’ra ko’proq tajribaga ega bo’lgan va o’z bilganini o’rgatishga tayyor inson. Hech qaysi sohada, ayniqsa tibbiyot sohasida, hech kim hamma narsani bilmaydi. Har qanday bilimli va tajribali insonni ham bilmagan narsalari juda ko’p.

Ustoz hamma narsani biladi deyish har doim ham to’g’ri emas. Ustozni savolga tutish bu ham shogird uchun, ham ustoz uchun muhim. Ustozni gapi-gap deb, aytilgan gapni savolga tutmasdan, unga ko’r-ko’rona ergash, shogirdni puxta va atroflicha bilim olishini ta’minlamaydi. Aksincha u shogirdni erkin fikrlash qobiliyatini chegaralaydi. Ustozni esa kamtarlikdan uzoqlashishiga xizmat qiladi.

Sizga shogird sifatida ustoz tomonidan biror fikr bildirilsayu, siz unga to’liq tushunmasangiz yoki uni noto’g’ri deb o’ylasangiz, hurmat qilgan holda, tushuntirib berishini iltimos qiling. Insonga savol berishda yoki tanqid qilishda avval ijobiy tomonini eslatib, keyin savol berish vaziyatni ancha yumshatadi va savol salbiy ohangda chiqmaydi.

Misol uchun siz quyidagi vaziaytdasiz. Bemorda virus infeksiya bor. Aytaylik qish paytida grip deb taxmin qilinayotgan holat. Bemorda isitma, burun oqishi va tomoqda og’riq bor. Siz ustoz deb oldida bilim olaman deb yurgan inson shu bemorga qarsillatib antibiotik yozib berdi.

Sizda ikkita yo’l bor. Biri ustoz nima desa shu deb davom ettiraverish va ikkinchisi hamma ham xato qiladi, nega ustoz gripga antibiotik yozib berdi yoki men bilmagan qismi bormikin deb ustozni savolga tutish. Vaziyatni yumshoq holatda, asabiylashuvga sabab bo’lmaydigan holatda olib borish uchun savolni quyidagi ohangda berish mumkin deb o’ylayman.

”Ustoz, bu bemorga berilgan dorilarni to’liq tushunmagandekman. Burunga sprey berdingiz, bu nafas olishini yengillashtiradi va bemor tez tuzaladi. Isitmasini tushirishga parasetamol berdingiz. E’tiborsiz bo’ldim shekilli negadir seftriakson buyurganimizga tushunmay qoldim. Iltimos tushuntirib bering shuni.”

Bunday vaziyatda ustozda bir necha xil javob bo’lishi mumkin:

1. Baqirish va so’kish. Bu degani ego juda balandligidan darak. Bunday odamlardan uzoqroq yurgan ma’qul.
2. Nega seftriakson yozganini asoslab berish. Bu fikrini asoslab bera olishidan darak. Bunday odamlar fikrlaydigan odamlar.
3. Xatosini tan olish va sizga rahmat aytish. Bunday insonlar atrofida ko’proq yurish kerak.
4. Sizningcha ustoz yana qanday yo’l tutishi mumkin?
895 viewsBek Olimjon, 16:27
Ochish/sharhlash
2021-11-28 17:14:54 Assalomu alaykum!

O'zbekistonda tibbiyot sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish va natijalarini maqola sifatida nufuzli ilmiy jurnallarda chiqarish achinarli holatda. Bu haqida avvalroq "Scopusda ilmiy maqola" nomida post yozgan edim. Unda nega Scopusda maqola chiqarish asosiy fokus bo'lmasligi kerak ekanligi haqida, PubMedda ro'yhatdan o'tgan jurnallarda maqola chiqarishga harakat qilish kerak ekanligi haqida yozgan edim.

Hamkasblarimiz ichida ilmiy tadqiqot olib borib PhD yoki DS darajalariga erishishni hohlovchilar ko'p. Bu uchun chetda maqola chiqarish talab etiladi. Chetda maqola chiqarish bo'yicha tajriba keng bo'lmagani uchun bu haqida nima qilish kerak ekanligini ko'pchilik bilmaydi. Bir qancha vaqt, energiya va harajat qilinadi, har doim ham kutilgan natijaga erishilmaydi.

Shuning uchun, men Norvegiyada, Oslo Universiteti va Oslo Universiteti Klinikasida ilmiy tadqiqot olib borib PhD ga erishgan inson sifatida, ilmiy tadqiqot va maqola yozish borasida ozgina bo'lsada tajribasi bor inson sifatida (ayrim natijalar: PubMed, Google Scholar, h-index 9) oftalmologiya bo'yicha ingliz tilida chet eldagi haqiqiy (qalbaki emas) ilmiy jurnallarda maqola chiqarmoqchi bo'lgan hamkasblarimizga yo'nalish bera olishimni aytmoqchiman. Shuncha mehnat qilib, pul sarflab qalbaki jurnallarda maqola chiqarilishi bilan O'zbekiston oftalmologiyasi rivojlanmaydi degan fikrdaman.

Agar fikr bilan, umumiy yo'nalish bilan ozgina foydam tegsa men hursand bo'laman. Bog'lanish uchun shu postga comment qoldirsangiz, men shaxsiy xabar bilan yozaman.

Hurmat bilan,
Bek Olimjon
1.1K viewsBek Olimjon, edited  14:14
Ochish/sharhlash
2021-11-28 14:28:45 nega qiyin?

1.3K viewsBek Olimjon, 11:28
Ochish/sharhlash
2021-11-26 08:25:26

1.1K viewsBek Olimjon, 05:25
Ochish/sharhlash
2021-11-24 22:29:21 O’tgan hafta mentorlik dasturi haqida yozgan edim. Tanlov bosqichi yakuniga yetdi. Ayrim raqamlar.

Mentorlik haqidagi postni 4800 ta atrofida odam ko’rgan. Shulardan 70 tadan ortiq inson dasturga qiziqish bildirgan. 30 tacha inson talablarga javob berishini yozgan. Shulardan 9 ta inson talabga javob bera oladigan darajada. Ana shu insonlardan 3 kishini tanladim. Ular bilan bog’landim va aloqa o’rnatdim. Harakat boshladik. Balki foydasi tegar…

Tanlovda nimalarga e’tibor berildi? Postda aytganimdek motivatsiyasiga. Uni qanday bilish mumkin? Men talabga javob beraman degan insonga quyidagi savollarni yubordim:

1) O’zingiz haqingizda ikki og’iz. (Javob maksimum 2 qator)
2) Jamoaga nega qo’shilmoqchisiz? (Javob maksimum yarim bet)
3) Ushbu dasturdan nimalarni kutyapsiz?
4) Oftalmolog sifatida O’zbekistonda shu sohani rivojlanishiga qanday hissa qo’sha olaman deb o’ylaysiz? Imkon qadar aniq javob bering.
5) Biz jamoa sifatida oftalmologiya sohasini O’zbekistonda rivojlanishiga qanday hissa qo’sha olamiz? Imkon qadar aniq javob bering.

Savollarga javobni mening shaxsiy emailimga 24-noyabrga qadar yuborish so’ralgan edi.

Qanday javoblar tanlovdan o’tmadi?
1) Belgilangan muddatdan kech qolgan javoblar.
2) Imkon qadar aniq javob bering degan savolga bir qatorgina yozilgan javoblar.
3) O’zingiz haqingizda maksimum ikki qator yozing deyilganda, yarim bet yozilgan javoblar.
4) O’zingiz haqingizda yozing degan qismiga katta urg’u berib, 4-savolga yetarlicha urg’u berilmagan javoblar.
5) Savolni diqqat bilan o’qigan va mana shunday javob bermaganlar ichida, borini ochiqchasiga yozgan, kamchiligini tan olgan holda yozgan va ingliz tilisi yaxshi bo’lgan insonlarga e’tibor berildi. Ingliz tili bo’yicha darajalar har xil ekanligini bilganim uchun, unga bo’lgan talabni eng ohiriga qo’ydim.

To’g’ri, bu hech qanday rasmiy tanlov emas. Men shunchaki xolis yordam bermoqchi bo’lgan insonlarni tanlab olishda o’zimga ma’qul bo’lgan tizim. Kimgadir 100% haqqoniydek tuyulmasligi mumkin.

Muhimi niyatimiz xolis. Oz bo’lsada foydali bo’lishiga ishonch bor. Harakat qilsak natijasi albatta bo’ladi. Barcha qiziqish bildirganlarga rahmat.
1.0K viewsBek Olimjon, 19:29
Ochish/sharhlash
2021-11-23 21:05:52 https://telegra.ph/Scopus-degan-balo-nima-ozi-11-23-2
728 viewsBek Olimjon, 18:05
Ochish/sharhlash