Get Mystery Box with random crypto!

Telegram kanalimdagi auditoriya katta qismi talabalar va ular | Bek Olimjon

Telegram kanalimdagi auditoriya katta qismi talabalar va ular ichida ko'pi tibbiyot instituti talabalari. Ko'pchiligi bilan gaplashaman va meni bir narsa hayron qoldiradi. Telegramda ismlari oldiga Dr, ismlaridan keyin MD degan qisqartmalarni qo'yib olishgan. Bu post ana shu insonlarga bag'ishlanadi.

Dr qisqartmasi asli qanday ma'no anglatadi?
Wikipediani aytishicha Doctor so'zi ma'nosi lotin tilidagi docēre so'zidan olingan ekan va o'qitish degan ma'noni bildirar ekan. Dr bu akademik titul bo'lib ilmiy darajaga erishgan odamga berilar ekan. Ko'p davlatlarda bu PhD darajasiga erishgan insonlargina ishlatishi mumkin bo'lgan qisqartma. Ya'ni ismini oldidan Dr degan nom qo'yishi uchun PhD darajasi bo'lishi kerak. Ammo ko'plab davlatlarda PhD darajasi bo'lmagan shifokorlar ham ishlatishadi. Qoida bo'yicha Dr qisqartmasini ishlatish uchun inson eng kamida shifokor degan maqomga erishish kerak.

MD qisqartmasi qanday ma'noni anglatadi?
MD ham lotin tilidagi Medicinae Doctor so'zidan olingan ekan. Tibbiyot bo'yicha doctor degan ma'no beradi va asosan AQShda ko'proq ishlatiladi. MD degan qisqartmani o'z ismidan keyin ishlatish uchun eng kamida shifokor degan maqomga erishish shart. U davlatlardagi talabalari o'z ismidan keyin MD qo'yib olsa katta uyat hisoblanadi. Hech qaysi talaba ishlatmaydi buni.

Endi siz O'zbekistondagi tibbiyot instituti talabasi o'zingizni Dr yoki MD deb atashingiz bu huddi men o'zimni akademik Bek Olimjon deb atashim bilan bir xil darajada Bunday Dr yoki MD maqomlari hurmatga ega bo'lgan tashkilotlar tomonidan beriladi. Odam o'zidan-o'zi ismini oldiga yoki orqasiga qo'yib olmaydi. Millioner bo'lishni orzu qilsamu, lekin hemirim bo'lmasa, odamlarga o'zimni tanishtirganimda "Men millioner Bek Olimjonman" degan bilan bir xildek.

"Har ne bo‘lsang bo‘l, yo asling kabi ko‘rin, yo ko‘ringaning kabi bo‘l!" - Rumiy


UPD: Ushbu post ayrim obunachilarda tushunmovchilik, kerak bo’lsa norozilik uyg’otgandek. Bu postni foydali ekanligiga shubham yo’q, lekin hammaga ham yoqishiga kafolat bera olmayman.

Bu post odamlarni ismidagi qisqartmalarga osilib maydalashishdek tuyulishi mumkin. Aslida bu narsa maydalashish emas, yirik muammolardan biri bu. Biror tizim yoki jamiyat rivojlanishining eng markazida shaxslar rivojlanishi turadi. Shaxsiy rivojlanish esa o’zini anglab yetishdan boshlanadi. O’zlikni anglab yetishning eng dastlabki qadamlaridan biri bu o’z ismini qanday ma’no anglatishiga e’tibor berish.

Dr yoki MD qo'yib olgan odamlar ko'pi chet elga chiqishmoqchi, u yerlarda ishlashmoqchi. Bunda chet el tashkilotlari bilan aloqa qilishadi. Endi bir talaba o'z ismiga Dr qo'yib olgan holatda birorta yirikroq tashkilot bilan bog'lansa, uni nafaqat jiddiy qabul qilishmaydi, balki ular ko'z oldida kattagina yolg'onchiga ham aylanadi. Bunday xato qilganlarga misollar yo’q emas.

Bek Olimjon