Get Mystery Box with random crypto!

Bek Olimjon

Telegram kanalining logotibi drbekolimjon — Bek Olimjon B
Telegram kanalining logotibi drbekolimjon — Bek Olimjon
Kanal manzili: @drbekolimjon
Toifalar: Bloglar , Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.08K
Kanalning ta’rifi

www.bekolimjon.com - Balki foydasi tegar...

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-07-08 17:33:48 Assalomu alaykum azizlar! Barchangizga bayram muborak bo’lsin.

Bugun telegramda ovozli chat qilmoqchiman. Bir suhbatlashaylik. Yillar bo’ldi o’ziyam.

Reddit degan ijtimoiy tarmoqda AMA degan rukn ostida suhbat qilishadi. AMA bu qisqartma bo’lib, «ask me anything», ya’ni «mendan hohlaganingizni so’rang» deb tarjima qilinadi. Mana shu stilda siz hohlagan mavzuda suhbat/savol-javob qilamiz. Kimnidir savoliga javob bersam va u foydali bo’lsa men hursand. Foydali bo’lmasa menga yangi bilim.

Bugun soat nechada?

- Uyda qilingan oshni yeb, qo’shnidan chiqqan oshni ustidagi shakarobini ajratib yeb , orqasidan achchiq ko’k choyni ichib bo’lgandan keyin telefon ushlashga yonboshlagan paytd. Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da.

Ko’rishguncha. Aniqrog’i eshitishguncha. Suhbat mana bu linkdagi guruhda bo’ladi.

https://t.me/+g9Qrs_c66KllZjY0

PS. Men safardaman va mashinada ketayotib suhbat qilaman. Sifat juda chotkiy bo’lmasligi mumkin.
7.4K viewsBek Olimjon, edited  14:33
Ochish/sharhlash
2022-07-06 10:11:42 Ukamiz Alisher Ro’zioxunov yozyapti. Fikrlariga qo’shilaman va shu o’rinda fikrim:

Gender tengligi deb bong urayotganlar o’z energiyasini xolisona qizlar ta’limiga sarflashganida edi, insoniyat uchun ancha xayrli bo’lar edi.



Гендер тенглигини қандай тушуниш керак?

Қисқача: Ўзбекистонда олиб борилаётган гендер сиёсатини қўллаб-қувватламайман.

Аслида гендер тенглиги термини иқтисодий, маданий ва ижтимоий имкониятларга инсонларнинг жинсидан қатъий назар тенг имконият берилишини ифодалаши лозим. Уларнинг шунчаки тенг бўлиши муҳим эмас, балки жинси туфали бирор ҳақидан маҳрум этилмаслигига урғу бераман.

Жамиятда ҳокимиятни эгаллашда ва таъсир доираларнинг бўлинишида жинсий тенгликни яратиш аёлларни шунчаки кўпайтириш шарт эмас. Уларга имконият яратиш, жинсий камситишнинг барча кўринишига барҳам бериш керак, бўлди.

Оила, таълим маскани, иш ўрни ва медиа бу масалада якдил бўлиши даркор. Шу билан бирга, аёлнинг ишламаслик, консерватив яшаш ҳуқуқи олабўжи кўрсатилмаслиги керак. Бир танишим айтганди: Исломий оиладаги аёлларнинг ўрни ва эҳтироми барча оилада бўлганда Ғарб давлатлари феминизм ҳақида бонг урмасди.

Кўплаб муслималар ҳам ўқиб, катта лавозимларда ишлашни истайди, аммо уларнинг ривожланиши учун (оддий) эътиқодини сақлаб қола оладиган иш шароити (work ethic) ҳам йўқ. Бу ҳам гендер тенглигини йўққа чиқаради.

Мамлакатда фақат либерал қарашли, прогрессив аёллар учун йўл очилиши, консерватив (яхши маънода) ва диндор қатламнинг ҳуқуқларига қўйилган чекловлар ҳеч қачон гендер тенглигини таъминлай олмайди.

- Alisher Ro’zioxunov
6.6K viewsBek Olimjon, 07:11
Ochish/sharhlash
2022-07-04 11:37:38
Biz boshqa uyga ko’chdik. Ilgari kuni kelib yuklarni tashlab ketgan edim. Kecha kechki payt oilam bilan uzoq yo’l yurib charchab kelsak, eshik tagida mana bu gul turipti. Qo’shnim o’z bog’idan atirgullar kesib, vazaga solib eshigimiz tagiga qo’yib qo’yipti. U bilan o’tgan kuni yengil salom-alik qilshga ulgurgandim xolos.
6.2K viewsBek Olimjon, 08:37
Ochish/sharhlash
2022-06-25 01:28:37
Bugungi kun mana bunday manzara bilan yakunlandi.

Kechki paytni bundan 17 yil oldin tanishgan inson bilan o’tkazdim. U bilan hayot falsafasi, Germaniya ta’limi, oila qadri, farzand tarbiyasi, imkoniyatlardan qo’rqmaslik, sport ilmi, yelkanli qayiqda bir yillik sayohatga qanday qilib tayyorgarlik ko’rish, dunyo kezish, keksalik davri kabi mavzularda suhbat qurdik. Berlinni turistlar bormaydigan qiziq joylariga bordik. Ajoyib inson, hayotga va energiyaga to’la. U inson haqida boshqa safar endi.

Videoda biz tasodifan duch kelgan manzara aks etgan. Undan keyin samolyotlar uchishiga mo’ljjallangan yo’lakda velosiped mindik Mana shunaqa gaplar.
8.4K viewsBek Olimjon, edited  22:28
Ochish/sharhlash
2022-06-24 13:35:43 Bilmadim, men bunga qanchalik arziyman, lekin tangrimga shukrim cheksiz.

Ayni vaqtdi Germaniyadaman. Gamburg shahridan tez yurar poyezdda Berlinga qarab ketyappan va bu postni yig’lab yozyappan.

Nega yig’lab yozayotganimni bir daqiqada bilib olasiz. Vaziyatni tushuntirish uchun muammoni tasvirlab berishim kerak. Tushuntirish bir oz qiyinroq bo’lishi mumkin, lekin harakat qilaman.

Xullas, vaziyat mana bunday bo’ldi. Men o’tgan kuni, 36 soat oldin, Gamburgdan Stockholmga samolyotda qaytib ketishim va uydan hujjatlarni olib yana orqaga Germaniyaga (Berlinga) samolyotda kelishim kerak edi. Bu kechiktirib bo’lmaydigan ish. Afsuski, Gamburgdagi reysni bekor qilishdi. Bu meni hujjatlarni olib kelish imkoniyatimni deyarli yo’qqa chiqardi.

Barcha variantlarni o’ylab ko’rdim. Yangi bilet olish, poyezd, avtobus va hok. Yagona variant bu mashina edi. Ammo Gamburg va Stockholm orasi 1200 km. Xavfsiz haydashda eng kamida 16-17 soat vaqt ketadi. Menda esa u vaqt yo’q. Yana bir variant (eng yaxshi yechim) kimdir hujjatlarni olib qarama qarshi yo’lga chiqishi va men yo’lda ularni ovolishim edi. Do’stlarga tel qildim va iltimos qildim. Bir akamiz o’zlari bir dunyo muammoga ko’milib yotgan bo’lsalarda labbay deb javob berdilar. Chorshanba (ilgari kuni) kechki soat 8 edi. U kishi esa ertasi kuni soat 7:30 da yana ishda bo’lishlari kerak edi. Shunday bo’lsada kechasi bilan 1200km masofa yurib xujjatlarni menga yaqinroq shaharga tashlab keta olishlarini aytdi va uni bajardi ham. Ishiga vaqtida yetib ham bordi. Uyqusidan voz kechdi. Xayotini xavfga qo’ygan holda mashina haydadi. Menga ishi tushgan inson emas edi. Mendan biror narsa kutgan inson emas u.

Xujjatlarni kecha oldim (24 soat oldin) va ortga Gamburgga qarab qaytdim. Xujjatlarni olgandan keyin akaga qo’ng’iroq qildim. Minnatdorchiligimni bildirdim. Nima qila olishim mumkin deb so’radim.

Shunda u akani gapi meni rostdan yig’latdi. Quyida u kishi nima deganlarini so’zma-so’z yozyappan.

”Uka, men bir omiy odamman. O’qimaganman, ta’lim olmaganman, o’qish-yozishni yaxshi bilmayman, qurilishda ishlab yurippan, ko’chani odamiman. Siz esa xalq xizmatidagi do’xtir odamsiz. Olim odamsiz. Odamlarga yordam beryapsiz, bir qancha yoshlar sizdan naf ko’ryapti. Menga siz kabi odamlarni qiyinchilik paytida yordam bera olishlik imkoniyatini bergan Allohimga shukur. Joningiz tinch bo’lsin uka. Aloqadamiz.” deb xayrlashdi.

Hozir xujjatlarni olib Berlinga ketyappan. Safar davomida bunday xolisliklarga bir necha marta duch keldik. Imkon qilib barchasi haqida yozishga harakat qilaman. Mana shunaqa gaplar, azizlar!

Bek Olimjon
24.06.2022,
Hamburg, Germaniya
8.6K viewsBek Olimjon, edited  10:35
Ochish/sharhlash
2022-06-23 03:40:12
Yordam berishdi. Mana shunaqa oshlar qilib mehmon qilishdi. Duo qildik. Sizlar ham duo qilinglar.

Meni qayerda ketayotganligimni «jonli ijroda» (live) mana bu link orqali ko’rsa bo’ladi

https://maps.app.goo.gl/TS13hW5aTQ1yncsd
5.5K viewsBek Olimjon, edited  00:40
Ochish/sharhlash
2022-06-23 03:33:37
Daniya shimolidan boshlab, Germaniyaning Gamburg shahrigacha bo’lgan 600 km ga yaqin masofani velosipedda bosib o’tdik. Stockholmga samolyotda qaytishimiz kerak edi. Ammo…

reysimiz bekor bo’ldi. (Rasmda qizarib turipti)

Bir amallab poyezd yoki avtobusda Stockholmga yetib olish mumkin. Ammo men bugun Shvetsiyaga borib keyin yana Germaniyaga qaytishim zarur. Bu safar Berlinga.

Xullas muammo shuki «qanday qilib 24 soat ichida taraqa-turuq veliklarni olib, Shvetsiyaga borib, u yerda kerakli ishlarni tamomlab yana Berlinga qaytish mumkin?»

Hozir ana shu jumboqni yechimi bilan bandmiz.

Yordamga doim tayyor qadrdonlar omon bo’lishsin. Mashinasini «olib ketavering, bemalol» degani yetmasdan ajoyib osh bilan mehmon ham qilishdi.

Xullas, bu sarguzasht haqida uzoq yozsa bo’ladigan bo’ldi o’ziyam. Davomini kuting
5.2K viewsBek Olimjon, 00:33
Ochish/sharhlash
2022-06-20 01:03:33
6.8K viewsBek Olimjon, 22:03
Ochish/sharhlash
2022-06-08 21:33:31 Germaniyaga borish haqida savoli borlar anchagina. Kimdir o’qishga borgisi keladi, kimdir ishga, yana kimdir boshqa maqsadda.

Ana shunday insonlar uchun deyarli barcha ma’lumotlarni bir joyga to’plab, o’zbek tiliga tarjima qilib, tushunish uchun oson tarzda yozishipti. Mehnatlari uchun rahmat aytib qo’yamiz. Duo qilib qo’ysak yanada a’lo ish bo’ladi.

Ma’lumotni mana bu link orqali o’qishingiz mumkin.
https://t.me/feurmedizin/84103
12.3K viewsBek Olimjon, edited  18:33
Ochish/sharhlash
2022-06-03 15:41:01 Bugun ishdaman. Bemorlar qabul qilyappan. Hozir bir bemor keldi. Bemorlarimizni tekshirishda ko’ziga dori tomizishimiz sabab vaqtinchalik (2-3 soatda o’tib ketadigan) xira ko’rish bo’ladi. Shu sabab o’zlari rulda kelmasligi kerakligini aytamiz. Bemor mashinasini uyida qoldirib, qabulimga o’g’li olib kepti. Bugun o’g’lini tug’ilgan kuni ekan. 75 ga kiripti o’g’li. Onasini ko’zini ko’rib, hammasi yaxshi ekanligini aytdim.

Ketishidan avval ”Bugun mehmondorchilik ekanda uyda. Tug’ilgan kunni nishonlaysizlar ekanda.” deb xayrlashayotsam, bemor onasi ”Hozir uyga bormaymiz, avval o’rmonda sayr qilgani boramiz, 5km sayr qilgandan keyin uyga boramiz, keyin ovqat qilaman, keyin mehmonlar keladi” deydi.

Keyin xoladan uzoq yashash siri nimada deb so’rasam, mana bunday deydi:

”Hech qanday siri yo’q, biror maxsus narsa qilmadim, faqat doim kitob o’qidim, miyani mashg’ul ushlab yurdim, har doim jismoniy faol bo’ldim, hayotdan nolimadim, erta haqida ko’p qayg’urmadim, har qachon hursand bo’lishga harakat qildim.”

Hech narsa qilmapti xola.

Bek, mana senga motivatsion seminar
19.9K viewsBek Olimjon, 12:41
Ochish/sharhlash