Get Mystery Box with random crypto!

Bek Olimjon

Telegram kanalining logotibi drbekolimjon — Bek Olimjon B
Telegram kanalining logotibi drbekolimjon — Bek Olimjon
Kanal manzili: @drbekolimjon
Toifalar: Bloglar , Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.08K
Kanalning ta’rifi

www.bekolimjon.com - Balki foydasi tegar...

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 13

2021-03-07 02:10:49 O'zimni soham bo'lgan ko'z kasalliklari (oftalmologiya) bo'yicha o'zbek tilida ma'lumotlar yetarli emas. Bu narsa meni anchadan beri qiynab kelar edi. Mana shu muammoni yechishga ozgina bo'lsada o'z hissamni qo'shgim keldi. Balki foydasi tegar degan fikr bilan oftalmologiya sohasiga qiziqqan, shu sohada ishlayotgan insonlar uchun ko'z kasalliklari haqida qisqacha videolar qilishni boshladim. Agar siz oftalmologiyaga qiziqsangiz videolarni ko'rib, fikringiz va takliflaringizni bera olsangiz, bu faoliyatni yanada rivojlantirishga hissa qo'shgan bo'lar edingiz. Videolarni quyidagi link orqali ko'rish mumkin.

https://www.youtube.com/playlist?list=PLZXCne9ZsyN63FjAL_ihlC445WGp3wGEF
4.0K viewsBek Olimjon, 23:10
Ochish/sharhlash
2021-03-04 18:09:35 Bugungi live streamni mana bu yerda ko’rish mumkin.



3.2K viewsBek Olimjon, 15:09
Ochish/sharhlash
2021-02-18 16:03:42 Jonli efir yakunlandi. Unda telegramda 10 ta odamdan kelgan savollarga va chat orqali berilgan savollarga javob berishga harakat qildim. Telegramdagi savollar davomiga keyingi epizodlarda javob berishni davom ettiramiz. Videoni mana bu yerda ko'rish mumkin:

14.2K viewsBek Olimjon, 13:03
Ochish/sharhlash
2021-02-18 13:40:49 Yodingizda bo’lsa bundan bir necha kun avval men savollarga video orqali javob berishimni aytgan edim. Ana o’sha savol-javoblarni YouTubeda jonli efirda qilmoqchiman. Tahminan 15 daqiqalardan keyin boshlayman. Ungacha jonli efir qanday qilinishini o’rganib olaman :) Hozir ko’ra olish imkoniyati bo’lmaganlar keyinroq ham ko’rishlari mumkin. YouTube kanalda saqlanib qoladi. Kanalga mana bu link orqali o’tsa bo’ladi: https://youtube.com/c/BekOlimjon
12.8K viewsBek Olimjon, 10:40
Ochish/sharhlash
2021-02-17 21:27:42 https://zen.yandex.ru/media/lenta.ru/pochemu-rossiiskie-vrachi-tak-silno-otstali-ot-zapadnyh-kolleg-5bd85c4977e4e500abd50335
4.3K viewsBek Olimjon, 18:27
Ochish/sharhlash
2021-02-10 19:55:18 https://telegra.ph/Muvaffaqiyat-siri-tanish-bilish-yoki-mehnat-03-29

Juda aktual mavzu...
12.0K viewsBek Olimjon, 16:55
Ochish/sharhlash
2021-02-05 13:49:08 Bundan bir yil avval qo’ygan postimga ko’zim tushib qoldi. Hali ham aktual mavzu.

Bugun Instagramda 2020-yilning birinchi kitobi deb bitta story qoʻygan edim. Unda Cal Newportning "Deep Work" kitobini oʻqib boʻlganimni yozgan edim. Koʻpchilikda savol paydo boʻpti. Kelgan savollarga misollar: Qanday qilib oʻqidingiz 2 kunda? Toʻxtamasdan oʻqidingizmi? Kitob oʻqishdan boshqa qiladigan ishingiz yoʻq shekilli, shunga bemalol oʻqib tashladingizmi? Sirini bizgayam oʻrgating...

Hech qanday sir-piri yoʻq aslida. Shu sabab men qanday kitob oʻqishimni qolganlarga ham aytsam degandim. Balki foydasi tegar...

Undan oldin shuni aytib oʻtishim kerakki, men juda kamdan-kam holatlarda kuniga 2 soatdan koʻproq vaqtni kitob oʻqishga sarflayman. Oila, ish va boshqa ishlar degandek. Ertadan-kechgacha yotvolib kitob oʻqish iloji boʻlganida edi rosa kayf boʻlardi, lekin unday emas.

Kitobni tez oʻqishda hech qanday sir yoʻq. Tezroq oʻqish bir nechta omillarga bogʻliq. Shulardan eng birinchisi bu har minutda nechta soʻz oʻqiy olishlik. Oʻrtacha odam bir minutda 200-250 ta soʻz oʻqiy oladi. Bu sonni mashqlar bilan va koʻp oʻqish orqali oshirish mumkin. Ayrimlar minutiga 1000 ta va undan ortiq oʻqish mumkin deyishadi, lekin men undaylardan emasman. Oʻrtacha minutiga 450-500 ta soʻz oʻqiy olaman ayni vaqtda. Undan oshiradigan boʻlsam oʻqiyatgan matn maʻnosini qabul qilishda nuqsonlar paydo boʻlishni boshlaydi. Shuning uchun matnni murakkabligiga qarab minutiga 350-500 ta soʻz oʻqiyman. Qanday qilib bitta kitobni 1-2 kunda yoki bir necha soatlarda tugatish mumkin degan savolga javob mana shu yerdan hisob-kitob qilish orqali chiqadi. Oddiy arifmetika.

Misol uchun yuqorida aytilgan kitobni olaylik. Kitob menda (planshetda) 275 sahifadan iborat deb koʻrsatyapti (harflarni kattalashtirsa sahifalar soni oshadi). Endi shu 275 hammasi ham oʻqiydigan matnlar emas. Misol uchun mundarija, foydalanilgan adabiyotlar roʻyhati kabi boʻlimlarini shunchaki koʻzyugurtirib chiqsa ham boʻladi (yoki butunlay oʻqimasa ham boʻladi). Shunda haqiqiy oʻqish kerak boʻlgan qismi 230 sahifa atrofida qoldi. Har bir sahifadagi soʻzlar soni tahminan 320 ta. Endi hisoblab chiqsak

Oʻqish kerak boʻlgan sahifalar soni: 230 ta
Har bir sahifadag soʻzlar soni: 320 ta
Kitobdagi jami soʻzlar soni: 230 x 320 = 73 600 ta
73 600 ta soʻzni oʻqishim uchun necha minut vaqt kerak: 73600 : 450 = 164
Necha soat: 164 : 60 = 2,7 soat
Bir kunda necha soat vaqt ketdi: 2,7 : 2 = 1,35 soat (yaʻni 82 minut (1,35 x 60)

Javob shuki bu kitobni oʻqish uchun kuniga hattoki 1,5 soat ham sarflaganim yoʻq.

Kuniga 82 minutni qanday sarfladim?
1-yanvar (kecha)
Yangi yil boʻlgani uchun soat 2:30 larda uxlashga yotdim. Uxlashdan oldin 20 minutcha oʻqidim. (82 - 20 = 62 minut) Dam olish kuni boʻlgani uchun ishga bormadim. Kun davomida boshqa yumushlardan boʻshaganda ora-orada oʻqib 30 minutcha vaqt sarfladim (62 - 30 = 32 minut). Yotishdan oldin 32 minut oʻqidim. Kecha qaraganimda 115-sahifaga kelgandim.

2-yanvar (bugun)
Ishga avtobusda qatnayman. Tahminan 35 minut vaqt oladi. Kelishda oʻqib keldim (82 - 35 = 47). Ishda tushlik vaqtida 25 minutcha oʻqidim (47 - 25 = 22 minut). Tushlik qilib boʻlib qarasam 35 varaqcha qopti. Telefonni ovozini oʻchirib, kompyuterdagi ishlarimni tez-tez qilib tugatdim. Anavi qolgan 35 varaqni oʻqib tugatib qoʻydim (22 minut). Agar ishim koʻp boʻlganida kitob qolganini avtobusda oʻqigan boʻlardim.

Boshida aytganimdek hech qandya siri yoʻq. Siz uchun bu koʻpga oʻxshab tuyulishi mumkin. Shuning uchun oddiy tezlik va kuniga kamroq vaqt sarflashni ham hisoblab koʻraylik.

Deylik siz (hozircha!) tez oʻqiy olmaysiz. Mayli siz juda band boʻlganingiz uchun kuniga 1,5 soat vaqt sarflay olmassiz. Agar siz minutiga 200 tadan soʻz oʻqib kuniga 30 daqiqadan vaqt sarflaningizdayam bu kitobni tugatishga 12 kun vaqt ketgan boʻlardi. Mayli ana 15 kun vaqt ketsin ham deylik. Har oyda 2 ta kitob. Yil davomida 24 ta kitob boʻladi. Agar har oyda ikkitadan emas, bittadan kitob oʻqisangiz ham yiliga 12 ta kitob oʻqiysiz. Kitob o’qish qiyin emas do’stim! 02.01.20 Oslo, Norvegiya
6.1K viewsBek Olimjon, edited  10:49
Ochish/sharhlash
2021-02-02 12:56:07 https://telegra.ph/Yevropada-xirurg-bo%CA%BBlib-ishlashni-hohlagan-talabalarga-bag%CA%BBishlanadi-01-10
18.4K viewsBek Olimjon, 09:56
Ochish/sharhlash
2021-02-01 22:03:35 Menga savol jo'natgan barchaga rahmat. Hozirgacha 136 ta savol va turli xil fikrlar oldim. Jami 21 varaq bo'ldi. Meni fikrimni bilish shuncha insonga muhim ekanligidan minnatdorman.

Endi savollarni mavzular bo'yicha ajratib chiqib, imkon boricha video(lar) tayyorlashni boshlayman. Barchaga sabr uchun rahmat.
3.7K viewsBek Olimjon, 19:03
Ochish/sharhlash
2021-01-30 15:42:48 O’tgan kuni bo’lib o’tgan webinar to’liq videosini YouTubega qo’yishipti. Mana bu yerda ko’rish mumkin.



4.3K viewsBek Olimjon, 12:42
Ochish/sharhlash