Get Mystery Box with random crypto!

Institutda o'qitmaydi, ordinaturada, magistraturada hech narsa | Bek Olimjon

Institutda o'qitmaydi, ordinaturada, magistraturada hech narsa o'rgatmaydi deb noliydiganlar juda ko'p. Bir narsani tushunish kerak. Hozirgi yo'lingizni siz o'zingiz hohlab tanlagansiz, majburlash bo'lmagan (deb umid qilaman). Bu vaziyatdagi yoshlarni nafaqat tibbiyotda, balki boshqa sohalarda ham uchratamiz. Xo'sh nima qilish kerak?

Menimcha bunday inson oldida uchta yo'l bor. Birinchisi vaziyat yoqmasa tashlab ketib boshqa ma'qul keladiganini topish. O'zi hohlaganiga erishish. Agar birinchisini imkoni bo'lmasa, ikkinchi yo'l bu vaziyatdan, bor resurslarda maksimal foydalanib o'rganish. Rivojlanishga harakat qilish va o'zini hayotini o'zgartirish. Uchinchi yo'l nolishda davom etish.

Umr o'tib ketaveradi. Hayotga, dunyoga, tabiatga, jamiyatga baribir. Umuman farqi yo'q. Siz va menga o'xshaganlardan milliardlab bor. Biz yashaymizmi yoki yo'q aslo farqi yo'q. Hech narsa o'zgarmaydi. Hayot davom etaveradi. Bizga hech kim yordamga kelmaydi. Bizni rivojlanishimiz hech kimga kerak emas. Faqat va faqat o'zimizga kerak. Imkoniyat ko'p bo'lmasligi mumkin, lekin umuman yo'q emas. Bor imkoniyatni 10 dan biridan ham foydalana olmaymiz. Yaxshi shifokor/mutaxassis bo'lmoqchimizmi, o'zimiz harakat qilishimiz kerak. Boshqa yo'l yo'q. Bizni bilim qutqaradi.