Get Mystery Box with random crypto!

Bek Olimjon

Telegram kanalining logotibi drbekolimjon — Bek Olimjon B
Telegram kanalining logotibi drbekolimjon — Bek Olimjon
Kanal manzili: @drbekolimjon
Toifalar: Bloglar , Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.08K
Kanalning ta’rifi

www.bekolimjon.com - Balki foydasi tegar...

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-01-05 14:06:49 Kecha shaxsiy rivojlanishda ingliz tili ahamiyati haqida post yozgan edim. Obunachilarimdan biri mana bunday comment qoldirdi.

”Men 45 yoshimda ingliz tilini o'rganishni boshladim. 1 yilda 0 dan gapira olish darajasiga yetdim. Bu egallangan har bir bosqich menga yanada kuch va g'ayrat bahsh qilmoqda.”

Bu inson nega 45 yoshda til o’rganishni boshlagani sababini men sizlarga aytaman.

Bu insonni men yaxshi taniyman. Bu inson 4 ta farzand onasi, oila boshqaruvchisi, katta oilada, katta hovlida, qishloqda kelinlik vazifasini qanchalik qiyin bo’lmasin zo’r uddasidan chiqayotgan inson. Bu inson aslida yaxshi bilimli shifokor, o’ta kamtar inson. Oilaviy sharoit tufayli uzoq yillar shifokor bo’lib ishlay olmadi. Farzandlarini katta qildi. Hozirda tibbiyot institutida o’qituvchilik qiladi. Juda yaxshi eslayman, bir necha yillar avval oilasiga moddiy ko’maklashish maqsadida uyda o’tirgan kelin holatida paypoq to’qib sotgan inson bu.

Bu inson nega 45 yoshida ingliz tili o’rganishni boshladi? Avvalroq buni tushunib yetmagan edimi? Aslo unday emas. Til muhim ekanligini allaqachon tushunib yetgan. Faqat shu paytgacha oilasidan ortib o’rgana olmadi. Bu inson oxirgi 25 yilda 4 ta farzandni katta qildi, birinchi uchtasi qizlar. Bu inson o’zini ingliz tili o’rganishidan ko’ra farzandlarini ingliz tili o’rganishini ta’minladi. Hamma qizlari ingliz tilida ravon gaplasha oladi. Qizlarini chet elda o’qishini ta’minladi va ta’minlamoqda. Katta qizi hozir Norvegiyada IT sohasida xalqaro kompaniyada ishlaydi. 16 yoshdagi qizi esa yaqinda IELTS dan 7 oldi, hozir SAT o’qiyapti. Kelajagi katta. Aslida bu inson ingliz tili muhim ekanligini ancha oldin tushunib yetgan, lekin o’zbek kelini, cheklovlari ko’p.

Biror narsaga erishish uchun ko’p motivatsiya qidiramiz, internetdagi 6 ta post qo’ygan, 4 ta video qilgan insonni ko’r-ko’rona ustoz deb bilamiz. Motivatsion videolar ko’ramiz. Aslidachi? Aslida juda ko’p holatlarda motivatsiya ko’z oldimizda bo’ladi. Biz faqat uni ko’rmaymiz. Bunday kuchli insonlar atrofimizda juda ko’p. Ularni ko’rish uchun bir ozga to’xtab tafakkur qilishimiz kerak xolos.

Agar qishloqdagi kelin, 4 ta farzand onasi, hamma vazifalaridan ortib, 45 yoshida ingliz tili o’rganishni boshlab, bir yil davomida unda gaplasha oladigan darajaga yetgan bo’lsa, kitob o’qiyman desangiz hech kim tegmaydigan, ovqatingiz tayyor, kiyimingiz yuvilgan, cho’ntagingizga pul berilgan, qo’lingizda internet bo’lgan, kerak bo’lsa ingliz tili kursingiz ham to’lab qo’yilgan 20 yoshli sizda ingliz tili o’rganmaslik uchun qanday bahona bor?!


Bu insonni men yaxshi taniyman. Bu inson meni katta qilgan inson, meni opam bo’ladilar.


Endi bu insonni katta qilgan onasi qanchalik kuchli ekanligini tasavvur qilishni sizning ixtiyoringizga qoldiraman

Bek Olimjon
3.6K viewsBek Olimjon, 11:06
Ochish/sharhlash
2022-01-04 13:38:11 Shaxsiy rivojlanish, til va Plato

Fikrimcha insoniyatga foydam tegsin degan har bir inson shaxsiy rivojlanishni o’z hayotining bir qismiga aylantirishi kerak. Bunga erishishning eng samarali usuli kitob o’qish. Kerakli barcha ma’lumotlar internetda tekinga bor. Ehtiyoj yetarlicha katta bo’lmagani uchun bu ma’lumotlar o’zbek yoki rus tiliga tarjima qilinmagan, lekin o’sha ma’lumotlar ingliz tilida mavjud. Sizni hohlagan maqsadingizga olib borishga xizmat qiladigan ma’lumotlarni 100% tekinga topsa bo’ladi. Siz ingliz tilini bilmaysizmi, demak sizda til bilgan insonda bor imkoniyat hech qachon bo’lmaydi.

Men ingliz tilini bilganim uchun ana shunday ma’lumotlarni olishga imkoniyatim bor, muallif o’z ona tilida yozgan, tarjima qilinmagan kitoblarni o’qish va tushunish imkoniyatim bor. Sizda ham shu imkoniyat bo’lishini hohlasangiz hech bo’lmasa 6 oy vaqtni chin yurakdan ingliz tili o’rganishga sarflang. Bu vaqt davomida ingliz tilida kitob o’qib tushuna oladigan darajaga bemalol chiqsa bo’ladi. Xulosa men har doim qaytaradigan fikr: ”Rivojlanmoqchimisiz, ingliz tili o’rganing!”

Endi Plato (Aflotun) haqida
Shaxsiy rivojlanishga yordam beradigan kitoblar minglab bor, agar yuz minglab bo’lmasa. Bu borada bir qancha best-seller kitoblarni o’qigandan keyin unday kitoblardagi ma’lumotlar qaytalanayotganini tushunib yetadi inson. Qizig’i shuki men uchun eng foydali bo’lgan ma’lumotlarni bunday best-seller kitoblardan emas, aksincha falsafiy, eski kitoblardan ko’proq oladigandekman. Ana shunday ma’lumotlarga misol Plato g’ori hikoyasi. Hikoya nima haqida ekanligini aytsam sizga kamroq foyda keltirgan bo’laman, lekin hikoya haqiqatdan ham zo’r.

Hurmat bilan,
Bek Olimjon
2.2K viewsBek Olimjon, 10:38
Ochish/sharhlash
2021-12-31 13:10:13

1.2K viewsBek Olimjon, 10:10
Ochish/sharhlash
2021-12-28 16:43:20 Menga nega Norvegiya degan savolni ko’p berishadi. Bunga Norvegiya haqida Amerika, Dubai, Koreya kabi ko’p eshitmaganimiz sabab bo’lsa kerak deb o’ylayman.

Nega Norvegiya degan savolga javoblarni Ptushkinning Norvegiya haqidagi epizodida topish mumkin. Zo’r chiqqan. Ko’rishni tavsiya qilaman. Norvegiyada yashovchi inson bo’lsam ham videoni ikki marta ko’rdim.





1.3K viewsBek Olimjon, 13:43
Ochish/sharhlash
2021-12-25 14:33:12 Dori firmaga ishga taklif etishdi




1.2K viewsBek Olimjon, 11:33
Ochish/sharhlash
2021-12-18 14:15:28

1.3K viewsBek Olimjon, 11:15
Ochish/sharhlash
2021-12-17 15:53:54
Time managementni o’rganishga qiziquvchilar juda ko’p. Time management bu ohirgi vaqtda trendagi mavzulardan. Bir nima qilib, hokus-pokus bilan kunini rejalashtirsayu, qandaydir sehrli kalit topiladi va qisqa muddatda hammasi shokolad bo’ladi, tezda muvaffaqiyatga erishiladi.

Bir narsani aytaman. Bunday sehrli kalit yo’q va bo’lmaydi. Muvaffaqiyatga tez erishilmaydi. Haqiqiy muvaffaqiyatga erishish uzoq vaqt davomida tinimsiz mehnatni talab etadi. Sabrni, taslim bo’lmaslikni, o’ziga bo’lgan ishonchni yo’qotmaslikni, yordamga hech kim kelmasligini tushunib yetishni, bir kun hammasi g’oyibdan yaxshi bo’ladi degan fikr noto’g’ri ekanligini tushunishni talab etadi.

Agar oldinga qo’yilgan maqsadga erishishni yetarlicha hohlasak, time management haqida o’ylash kerak emas. Hohish kuchli bo’lsa vaqt har doim topiladi, 100%. Vaqt bo’lmasa hohishni deb oila yoki jamiyat oldidagi majburiyatlardan voz kechilmaydi, balki uyqudan voz kechish afzalroq.

Rasm imtihonga tayyorgarlik vaqtidan…

Bek Olimjon
1.4K viewsBek Olimjon, edited  12:53
Ochish/sharhlash
2021-12-11 14:12:52 ko'zimni nega lazer qildirmasligim sababi haqida





1.6K viewsBek Olimjon, 11:12
Ochish/sharhlash
2021-12-07 19:47:44 Maada bitta yaxshi kanal toffoldim.
Oshnalar, eshikka o’tila


https://t.me/dohtirblog
1.0K viewsBek Olimjon, 16:47
Ochish/sharhlash
2021-12-05 14:10:04 Ko’pchilik so’raydigan, lekin ular hayoti uchun deyarli foydasiz bo’lgan videolardan biri







Shvetsiyada shifokor oyligi qancha?

1.5K viewsBek Olimjon, edited  11:10
Ochish/sharhlash