Get Mystery Box with random crypto!

Bek Olimjon

Telegram kanalining logotibi drbekolimjon — Bek Olimjon B
Telegram kanalining logotibi drbekolimjon — Bek Olimjon
Kanal manzili: @drbekolimjon
Toifalar: Bloglar , Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.08K
Kanalning ta’rifi

www.bekolimjon.com - Balki foydasi tegar...

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2021-10-30 16:10:08 Universitetda o'qish kerakmi?

Bu hozir ancha hit mavzu. U haqida yozishdan oldin bitta narsaga aniqlik kiritib olish kerak. Ko’pchilik Bill Gates, Mark Zuckerberg va boshqa bir qator muvaffaqiyatli odamlarni universitetda o’qimagan degan fikrlar aytishadi. Bunday insonlarni universitetda o’qimagan emas, balki universtitetni sakrab o’tib ketgan deyish kerak aslida. Huddi vunderkind bola sinfdan-sinfga sakragani kabi, ular ham universitet qismini sakrab o’tib ketishgan. O’qimaslik bilan sakrab o’tib ketish farqi juda katta.

Universitetda o’qish kerakmi? Meni javobim ”Ha!”. Diplom olish uchun o'qish kerak, bilim olish uchun emas. Hozirgi ko'plab universitetlar zamonaviy bilimlarni bera olmaydi. Bu g’arbdagi ayrim universitetlarga ham tegishli. Bilim olishga talaba o'zi javobgar. Bu 100% talaba bo'ynidagi majburiyat. Meni institut o'qitmayapti deyish katta xato bo'ladi.

Xo'sh nega diplom kerak? Sohalardagi rivojlanish darajasi, jamiyat va davlat miqyosidan ancha oldin yuradi. Jamiyat va ko’plab tashkilotlar (ayniqsa davlat tashkilotlari) rivojlanish eng old qismida yurmaydi.
Shuning uchun biz yashayotgan jamiyat va juda ko'plab ishlar haligacha diplom talab etadi. Faqat diplomga emas, bilim va ko'nikmaga asoslangan holda ishga olishsa zo'r bo'lar ediyu, lekin har doim ham unday emas. Xullas biror sohada rivojlanmoqchimisiz, hozirgi kunda diplom kerak. Balki keyingi 10 yilda o’zgarish bo’lar.

Rivojlanish eng old qismida yurgan sohalar diplom talab etishni allaqachon to’xtatishgan. Yaqqol misol IT, marketing, ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash, biznes va hok. Agar siz ana shu sohalarda ishlamoqchi bo’lsangiz diplomni birinchi o’ringa qo’ymasa ham bo’ladi deb o’ylayman. Muhimi siz natija ko’rsata olishingiz.

Avvallari bilim markazlashgan edi. Universitetlar bilim markazi edi. Shuning uchun bilim olmoqchi bo’lgan inson universitetga borishga majbur edi. Hozir esa internet bergan imkoniyatlar tufayli bilim juda tarqoq holatda. Agar biror tashkilot ana shu tarqoq holatdagi bilimlarni tizimli shaklga solib, imtihon qilib, akkreditatsiyadan o’tgan diplom berishni yo’lga qo’ysa hozirgi ko’plab qimmat universitetlar ancha qiyin ahvolda qoladi degan fikrlar bor.

Universitetlar bilim berishidan tashqari ijtimoiy aloqalar o’rnatadigan maskan ham. Online ta’lim buni o’rnini bosa olmaydi. Mana shu qismi uchun ham universitet muhim bo’lishi mumkin. Xo’sh, nima qilish kerak? Fikrimcha o’ta qimmat bo’lgan universitetlarga pul sarflash kerak emas. Diplom olish uchun tekin yoki arzon universitetga o’qishga kirib, biz bilan maqsadlari uyg’un insonlar bilan aloqa qilib, ular bilan birga rivojlanishimiz kerak va bilim olishga 100% o’zimiz mas’ul ekanimizni tushunishimiz kerak. Bugungi kunda har qanday sohadagi ma’lumotlarni tekinga, uyda o’tirib olish mumkin. Birinchi qadam chet tilini (ingliz tili) o’rganish bo’lishi shart.

Bek Olimjon
2.5K viewsBek Olimjon, 13:10
Ochish/sharhlash
2021-10-27 17:56:27 Va'da qilingan video. Norveg tilini qanday qilib noldan C1 gacha 6 oyda o'rganganim haqidagi video. Agar birorta sehrli kaliti bor deb kutayotgan bo'lsangiz, videoga vaqtingizni sarflamang



2.1K viewsBek Olimjon, edited  14:56
Ochish/sharhlash
2021-10-24 14:42:52

1.2K viewsBek Olimjon, 11:42
Ochish/sharhlash
2021-10-23 19:15:14 Bundan ikki yilcha avval qilingan postni qayta qo’yyappan. Sababi bugun lazer operatsiyasi haqida ko’p savollar bo’ldi.

Savol: Miopiya kasalligida qoʻllaniladigan LASIK operatsiyasi nima? Qachon qilish mumkin emas? Asoratlari nima?

Javob: LASIK iborasi "laser-assisted in situ keratomileusis" soʻzlaridan olingan qisqartma soʻz. Tarjimasi "Lazer yordamida shox pardaning oʻz joyida turgan holda shaklini oʻzgartirish" degani.

Miopiya kasalligida LASIK operatsiyasidan maqsad koʻz oynak yoki kontakt linzaga boʻlgan ehtiyojni yoʻqotish. Bu maqsadga shox parda (роговица) ning qavariqlik shaklini yassi holatga keltirish va uning nur sindirish kuchini kamaytirish orqali erishiladi.

LASIK operatsiyasi shox pardaning tashqi qismidan maʻlum qalinlikdagi qismi huddi meva poʻstlogʻini archilgandek, maxsus asbob yordamida "archib" olinadi va ochiq qolgan qismi lazer nurlari yordamida kuydirilib, qalinligi kamaytiriladi ya`ni yupqa holatga keltiriladi. Shox pardaning kerakli qalinlikdagi qismi kuydirilgandan soʻng, uning poʻstloq shaklida "archib" olingan qismi yana qayta oʻz joyiga qaytarib "yopib" qoʻyiladi.

Shox parda inson organizmidagi eng tez qayta tiklanuvchi toʻqimalarga ega boʻlgani uchun tez bitish xususiyatiga ega va bu operatsiyada chok qoʻyishga ehtiyoj yoʻq. Ogʻriqsizlantirish tomchi dori yordamida boʻlib operatsiya davomiyligi odatda 3-5 daqiqadan iborat. Operatsiyalar katta qismi muammosiz o’tadi va yaxshi natijalarga erishiladi. Shu bilan birga, har qanday operatsiyada boʻlgani kabi LASIK operatsiyasi ham asoratlardan holi emas.

LASIK operatsiyasiga qarshi koʻrsatmalar quyidagilar (toʻliq boʻlmasligi mumkin): shox parda distrofiyalari (e.g. Fuchs), glaukoma, koʻzdagi boshqa kasalliklar (diabetik retinopatiya, toʻr parda koʻchishi yoki yirtilishi), homiladorlik, laktatsiya, bemorlar yoshi (<18, ba’zi jarrohlari 20 yosh deyishadi), shox parda yupqa boʻlishi, oʻta yuqori darajadagi astigmatizm, nostabil refraksiya, quruq koʻz sindromi.
Nisbiy qarshi koʻrsatmalar: sistemik autoimmun kasallik, bemor umumiy salomatligining yomonligi.

Bemor uchun ahamiyatli boʻlgan quyidagi operatsiyadan keyingi asoratlar kuzatilishi mumkin: quruq koʻz kasalligi, koʻzning yorugʻlikka oʻta sezuvchan boʻlishi, yorugʻlikda koʻrishni qiyinlashuvi, koʻz atrofida "yorugʻlik gardishi" (inglizchada halos) paydo boʻlishi, yetarlicha korreksiya qilinmaslik ya’ni kerakli minus olib tashlanmay qolishi, ortiqcha korreksiya ya’ni minusning koʻp olib tashlanishi, astigmatizm, shox parda ektaziyasi (bo’rtib chiqishi), shox parda yalligʻlanishi, infeksiya, loskut (inglizchada flap) muammolari, epiteliy notoʻgʻri oʻsishi, jismlar ikkita koʻrinishi kabilar. Juda kam hollarda intraoperativ asoratlar tufayli koʻrish qobiliyatini yoʻqolishigacha borishi mumkin.

@drbekolimjon
1.7K viewsBek Olimjon, edited  16:15
Ochish/sharhlash
2021-10-23 15:17:28 Haligacha aktual mavzu



https://t.me/DrBekOlimjon/236
1.6K viewsBek Olimjon, 12:17
Ochish/sharhlash
2021-10-21 11:49:04 https://telegra.ph/INSONIYAT-TARIXIDAGI-ENG-KATTA-IMKONIYATLARGA-KIM-EGA-BOLGAN-10-21
3.2K viewsBek Olimjon, 08:49
Ochish/sharhlash
2021-10-20 18:15:27

1.3K viewsBek Olimjon, 15:15
Ochish/sharhlash
2021-10-18 21:59:45 Men bir narsaga hayron qolaman. Men o’zbek yoshlariga ishonchim katta. Ularda potensial juda yuqori deb bilaman. Juda harakatchan yoshlar borligini ham bilaman. Shu o’rinda juda ko’p 18-25 yoshdagilar ko’pida orzu va hohishlar juda baland. Ammo ana o’sha orzularga erishish uchun birinchi qadamni hali qo’yishmagan. Kelajakda yaxshi hayotda yashashni hohlashadi, lekin unga erishish uchun hozirdan harakat yo’qdek. ”Men ham bir kuni muvaffaqiyatli odam bo’laman” degan fikri bor, lekin ana o’sha muvaffaqiyatga qarab harakat qilmaydi. Negadir kelajakdagi qurmoqchi bo’lgan hayoti bilan hozirgi hayoti orasidagi bog’liqlikni ko’ra olmagandek. Bunday bo’lishiga sabab nima ekan deb o’ylayman. Hayotda o’zi qattiq mehnat qilib biror natijaga erishmaganidir balki? Hozirgacha qiyinchilik ko’rmaganidir balki? Yoki nima qilish kerakligini, qayerdan boshlash kerakligini bilishmaydimi? Yoki real hayotdan uzoqda orzular ichida yashash sababmikin? Yoki turli xil drama seriallar sabab shunaqa orzular qilishga o’rganib qolinganmikin? Men bunga aniq sabab topa olmayappan. Sabablari bir nechtadek.

Yoki umuman boshqachami? Siz nima deb o’ylaysiz?
700 viewsBek Olimjon, 18:59
Ochish/sharhlash
2021-10-16 21:57:21 Meni hurmat qilib savol berayotganlarga rahmat aytaman. Fikrimni so’raganingizdan hursandman. Shu o’rinda bir ogohlantirish ham yozmoqchiman. Men savollarga javob berishda o’z aqlim va tajribamdan kelib chiqqan holda javob beraman xolos. Bu degani javoblarim har doim ham to’g’ri degani emas. Iltimos, men bergan javoblarga tanqidiyroq munosabatda bo’lishni unutmang. Nafaqat meni javoblarimga, balki hayotda har qanday fikr-mulohazaga sog’lom tanqid bilan qarash foydali.
1.6K viewsBek Olimjon, edited  18:57
Ochish/sharhlash
2021-10-16 18:21:03 Mana bu telegram guruhda asosiy kanalimga chiqmagan, spontan savollarga javob berib boryappan. Foydali ma’lumotlar bo’lyapti.

Misol bugun Koreada nega magistratura o’qimaslik kerakligi, Chicagodagi tibbiyot instituti talabalari qanday kitoblar o’qiydi yoki yaxshi kitoblarni tekinga qanday topish mumkinligi haqida ma’lumotlar berildi. Balki foydasi tegar...


https://t.me/DrBekOlimjon_chat
1.7K viewsBek Olimjon, 15:21
Ochish/sharhlash