Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum azizlar! Barchangizga bayram muborak bo’lsin. | Bek Olimjon

Assalomu alaykum azizlar! Barchangizga bayram muborak bo’lsin.

Bugun telegramda ovozli chat qilmoqchiman. Bir suhbatlashaylik. Yillar bo’ldi o’ziyam.

Reddit degan ijtimoiy tarmoqda AMA degan rukn ostida suhbat qilishadi. AMA bu qisqartma bo’lib, «ask me anything», ya’ni «mendan hohlaganingizni so’rang» deb tarjima qilinadi. Mana shu stilda siz hohlagan mavzuda suhbat/savol-javob qilamiz. Kimnidir savoliga javob bersam va u foydali bo’lsa men hursand. Foydali bo’lmasa menga yangi bilim.

Bugun soat nechada?

- Uyda qilingan oshni yeb, qo’shnidan chiqqan oshni ustidagi shakarobini ajratib yeb , orqasidan achchiq ko’k choyni ichib bo’lgandan keyin telefon ushlashga yonboshlagan paytd. Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da.

Ko’rishguncha. Aniqrog’i eshitishguncha. Suhbat mana bu linkdagi guruhda bo’ladi.

https://t.me/+g9Qrs_c66KllZjY0

PS. Men safardaman va mashinada ketayotib suhbat qilaman. Sifat juda chotkiy bo’lmasligi mumkin.