Get Mystery Box with random crypto!

Bugun ishdaman. Bemorlar qabul qilyappan. Hozir bir bemor keld | Bek Olimjon

Bugun ishdaman. Bemorlar qabul qilyappan. Hozir bir bemor keldi. Bemorlarimizni tekshirishda ko’ziga dori tomizishimiz sabab vaqtinchalik (2-3 soatda o’tib ketadigan) xira ko’rish bo’ladi. Shu sabab o’zlari rulda kelmasligi kerakligini aytamiz. Bemor mashinasini uyida qoldirib, qabulimga o’g’li olib kepti. Bugun o’g’lini tug’ilgan kuni ekan. 75 ga kiripti o’g’li. Onasini ko’zini ko’rib, hammasi yaxshi ekanligini aytdim.

Ketishidan avval ”Bugun mehmondorchilik ekanda uyda. Tug’ilgan kunni nishonlaysizlar ekanda.” deb xayrlashayotsam, bemor onasi ”Hozir uyga bormaymiz, avval o’rmonda sayr qilgani boramiz, 5km sayr qilgandan keyin uyga boramiz, keyin ovqat qilaman, keyin mehmonlar keladi” deydi.

Keyin xoladan uzoq yashash siri nimada deb so’rasam, mana bunday deydi:

”Hech qanday siri yo’q, biror maxsus narsa qilmadim, faqat doim kitob o’qidim, miyani mashg’ul ushlab yurdim, har doim jismoniy faol bo’ldim, hayotdan nolimadim, erta haqida ko’p qayg’urmadim, har qachon hursand bo’lishga harakat qildim.”

Hech narsa qilmapti xola.

Bek, mana senga motivatsion seminar