Get Mystery Box with random crypto!

Isroil Tillaboyev blogi

Telegram kanalining logotibi domlajon — Isroil Tillaboyev blogi
Kanal manzili: @domlajon
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.38K
Kanalning ta’rifi

✍️Блогер Исроилжон Тиллабоевнинг шахсий мулоҳазалари канали
Гуруҳга марҳамат: @domlajon1
Реклама учун: @isroilbey
https://t.me/ WUqwChJg0-U5y_0S

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2023-05-11 15:28:59
#Президент_қарори

“Шахмат стипендияси” таъсис этилади

“2026 йил Ўзбекистонда бўлиб ўтадиган 46-Бутунжаҳон шахмат олимпиадасига комплекс тайёргарлик кўриш ҳамда шахматни оммавий ҳаракатга айлантиришга оид чора-тадбирлар тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ–150-сон, 08.05.2023 й.) қабул қилинди

Қарорга кўра, 46-Бутунжаҳон шахмат олимпиадаси Самарқанд шаҳрида ўтказилади.

2024 йил 1 январдан “Шахмат стипендияси” таъсис этилади.

“Мактаб лигаси”, “Академик лицей лигаси”, “Профессионал таълим муассасалари лигаси” ва “Талабалар лигаси” мусобақаларида ғолиб бўлган ўқувчи-ёшлар ва талабалар йил давомида ҳар ойда БҲМнинг 5 баравари (1 млн 650 минг сўм) миқдорида “Шахмат стипендияси” билан рағбатлантирилади.

Ҳужжатнинг расмий тўлиқ матни:
https://lex.uz/pdfs/6461427

@domlajon
8.3K views12:28
Ochish/sharhlash
2023-05-11 10:41:03 Президент қарори юзасидан ишлар етарлича бажарилмаяптими?

4 апрель куни президентнинг «Аҳолини сифатли истеъмол товарлари билан таъминлашга қаратилган қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида»ги қарори қабул қилинган эди. Унга кўра, юртимизга ноқонуний йўллар билан кириб келаётган контрафакт маҳсулотларга қарши курашиш янада жадаллаштирилиши керак эди.

Орадан бир ойдан кўпроқ вақт ўтди. Матбуотда контрабанда маҳсулотларнинг йўқ қилинаётгани ҳақидаги хабарлар деярли кўзга ташланмаяпти.

Шу ўринда саволлар туғилади, президентнинг қарори қанчалик ишламоқда? Ваколатли органлар бу борада фаоллигини орттирдими? Нега ноқонуний маҳсулотларнинг айланмаси юртимизда ошиб бормоқда, ҳусусан ноқонуний тамаки маҳсулотлари айланмаси борган сари ўсиб бормоқда ва айни дамда 21,7%ни ташкил этмоқда?

@domlajon
71.2K viewsedited  07:41
Ochish/sharhlash
2023-05-11 08:33:04
Mamadali Topvoldiyev haqida yoshligimizdan eshitib katta bo‘lganmiz.

Afsonaviy, shu bilan birga oddiy dehqon yigitning qilgan jasoratlari vodiyda og‘zaki afsonalar yuradi. Ayniqsa Rishtonlik, uni yaqindan tanigan kishilardan u haqda xaqiqiy ma'lumotlarni ko‘p eshitganman. Urushdan jasoratlar ko‘rsatib qaytib kelgach kolxozda rais bo‘lib Rishton xalqiga qilgan juda katta yaxshiliklari haqida haligacha hamma maqtab gapiradi. Butun bir qishloqlarning qurilish jarayonida bosh bo‘lgan xalqparvar xaqiqiy o‘zbek o‘g‘loni bo‘lgan.

Xatto Gitler ham "Kazbek" nomi bilan tanigan mashhur o‘zbek janchisi haqidagi ajoyib kitobni shaxsan muallif dastxati bilan olish juda sevinchli.

Mazkur kitobni hamma tumanlardagi kitob do‘konlarida hozir ko‘plab insonlar topib o‘qishmoqda, tavsiya qilaman, kitob qahramoni va yozuvchisi o‘qishga majbur qiladigan asar.

Baxtiyor akaning asarlari ajoyib xaqiqiy xalqona yozilgan. Uning yana bir kitobi asosida kuni kecha barcha ekranda qo‘yilgan "O‘zbek qizi" kinosi ishlanganidan Baxtiyor akaning qanday salohiyatli yozuvchi ekanini his etsa bo‘ladi.

"Kazbek" haqida ham yaratlishmoqda adashmasam. Kino qilishga arziydigan asar!

@domlajon
7.6K views05:33
Ochish/sharhlash
2023-05-10 14:16:00 MMTV, Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar ittifoqi tomonidan birgalikda imzolangan qo‘shma qaror.

Mazkur qo‘shma qarorga asosan, maktab direktorining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari faoliyatini Yoshlar agentligi va Yoshlar ittifoqi bilan hamkorligini kuchaytirish chora-tadbirlari belgilangan bo‘lib, mazkur yo‘nalishda eng yaxshi na'munali direktor o‘rinbosarlarini har chorakda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan BHMning 10 barobar miqdorida mukofot beriladi!

P.S: Aslida qo‘shma qarorda hech qanday yangi qo‘shimcha topshiriq yo‘q, doimo o‘zlari qilib yurgan ishlari bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligi tomonidan mukofotlar ajratish tashabbusi bilan chiqildi.

t.me//domlajon
@domlajon
12.6K viewsedited  11:16
Ochish/sharhlash
2023-05-10 12:43:41
Maktab direktori o‘rinbosarlari uchun Yoshlar ishlari agentligidan xushxabar!!!

Endilikda MMTV, Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar ittifoqi tomonidan imzolangan qo‘shma qarorga asosan maktab direktori o‘rinbosarlariga Yoshlar ishlari agentligining moddiy rag‘batlantirish mukofot pullari berib boriladi

To‘liq tartibi bilan, Ulug‘bek Po‘latov bilan hamkorlikda tayyorlagan videoroligimizda ko‘rishingiz mumkin

@domlajon
15.6K viewsedited  09:43
Ochish/sharhlash
2023-05-10 07:18:35 O’zbekistonda juda ham iqtidorli yoshlar ko’p, lekin bizdagi jamiyat qadriyatlari, qarashlari sabab yoshlarni “sindiramiz”. Kattalar yoshlarni o’zining “ramkasiga” solishni istaydi. Aslida biz ilmiy izlanish, kashfiyotlar, yangi tadqiqotlar qilish bilan mashg’ul bo’lishimiz kerak, sababi o’zbek hamyurtlarimiz dunyoning top korxonalarida ishlashadi, boshqa davlat va jamiyatlar rivojlanish uchun o’z hissalarini qo’shishadi. Bizda soxtalik, xo’jakorsinga bo’lgan jarayonlar juda ko’p bazilari esa mantiqsiz, hech kim o’ylab ko’rmaydi o’zi jamiyat rivojlanishi uchun nima kerak ? …

Videodagi 18 yoshli qiz, bizni jamiyatimizdagi aksariyat kattalardan fikrlashi juda keng. Shunday ishtiyoqli, ko’zi porlab turgan yoshlarga o’zimizdagi qaysi OTM ni tavsiya berishni bilmaydi odam. Bizda ilm Skautlari kerak, bu yo‘lni biz Yoshlar ishlari agentligi boshladik, Respublikaning eng chekka hududlaridan shunday bilimli yoshlarni qidirib topib, o‘zini namoyon qilishiga sharoit yaratishni yo‘lga qo‘ymoqdamiz, "Ibrat Camp" shular bir qismi.

Ko’rishni tavsiya beraman, yosh uka-singillarga yuborish kerak:





@domlajon
9.1K viewsedited  04:18
Ochish/sharhlash
2023-05-09 21:03:16
Korrupsiya jamiyatga tushadigan qurtdir. Korrupsiya illatiga doir qiziqarli videorolik tayyorlashibdi

t.me//domlajon
@domlajon
11.5K views18:03
Ochish/sharhlash
2023-05-09 19:55:55
Diqqat e'lon! Bu e'lon hayotingizni o'zgartirib yuborish mumkin.

Siz maktab bitiruvchisimisiz? Yoki maktabni oldinroq tugatganmisiz? Eng asosiysi talaba bo'lishni istaysizmi?

Bizda siz uchun yaxshigina taklif bor! Biz sizga imtihonlardan oldin o'zingizni sinab ko'rish va talaba bo'lish imkoniyatini beramiz!

Innovatsion va ijtimoiy-iqtisodiyot universiteti "Mening imkoniyatim" fan olimpiadasini e'lon qiladi!


Olimpiada fanlari:
Matematika
Ingliz-tili

Taqdirlash:

1-o'rin ( 10 nafar ) -  Grant asosida qabul
2-o'rin ( 6 nafar ) - 50% chegirma (4 yil uchun)
3-o'rin ( 4 nafar ) - 25%  chegirma (4 yil uchun)
Faol ishtirokchi (180 nafar) -10% chegirma (4 yil uchun)

Olimpidada ishtirok etishni istaganlar Telegram botda 6-maydan 22-mayga qadar  ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi.

Ma'lumot uchun:
+998970097975
+998977808681
+998555061277

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring :
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
6.9K views16:55
Ochish/sharhlash
2023-05-09 12:11:56
Shanba, 6-may kuni "Ibrat Camp"ning 1-mavsumi tugashidagi yopilish marosimida olgan suratlarimdan bir qismini terdim

Kechadan "Ibrat Camp"ning 2-mavsumi, magistratura uchun boshlandi

@domlajon
7.2K viewsedited  09:11
Ochish/sharhlash
2023-05-09 11:44:49 Barcha kutgan musobaqaga start berildi!
Sovrin jamg’armasi 880 mln so’mlik "Yoshlar ishlari agentligi kubogi" Respublika ochiq turnirini e’lon qilamiz!
Mahallalarda amakilarimiz qo‘ni-qo‘shnilar bilan shahmat o‘ynashiga ko‘p guvih bo‘lganmiz,  endi ular ham bu orqali professional turnirda sinashish mumkin.
Endi mahalladan boshlab Respublika bosqichiga qatnashib o‘zingizni sinab ko‘rishingiz mumkin:

Turnir 4 ta yo'nalishda o'tkaziladi:

Havaskor ayollar — FIDE reytinggi yo‘q va FIDE reytinggi 1500 dan kam bo‘lganlar.
Havaskor erkak — FIDE reytinggi yo‘q va FIDE reytinggi 1600 dan kam bo‘lganlar.
Professional ayol — FIDE reytinggi 1500 dan yuqorilar.
Professional erkak — FIDE reytinggi 1600 dan yuqorilar.

@uzshaxmatbot Telegram botidan ro‘yxatdan o‘ting! Barcha ishtirok etishi mumkin!

Nizom bilan tanishib chiqing!

@domlajon
8.3K viewsedited  08:44
Ochish/sharhlash