Get Mystery Box with random crypto!

Isroil Tillaboyev blogi

Telegram kanalining logotibi domlajon — Isroil Tillaboyev blogi
Kanal manzili: @domlajon
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.38K
Kanalning ta’rifi

✍️Блогер Исроилжон Тиллабоевнинг шахсий мулоҳазалари канали
Гуруҳга марҳамат: @domlajon1
Реклама учун: @isroilbey
https://t.me/ WUqwChJg0-U5y_0S

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2023-04-26 14:57:47 Ta'limda uchta vazirlikning eng asosiy vazifalari bitta markazda jamlab berilmoqda. Endi menimcha maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Oliy ta'lim vazirliklari metodik jihatdan mana shu markaz ko‘rsatmalari bilan ishlashga o‘tadi.
Qiziq xolat, ulkan huquqli markazning direktori vakolati vazir darajasiga tenglashganmi shunda?
Yana bir xolat, vakolat darajalarini ko‘rsangiz barchasi mujassam, dasturlar yaratish, darslik yaratishdan tortib malaka oshirishgacha, endi Respublika ta'lim markazi, A.Avloniy nomidagi ilmiy tadqiqot instituti, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining faoliyat yo‘nalishi qanday bo‘ladi?
Yana bir savol, shuncha tashkilot va kamiga tugatilgan Ta'lim sifati nazorati Davlat inspeksiyasi vakolatlari ham berilayotgan birgina markaz shuncha yumushga 60 dan ziyodroq xodim bilan ulgura olarmikan?
Tasdiqlanib bo‘lingan strukturalar qayta o‘zgaradimi?

Yuqoridagi savollar barchada tug‘ilgan hozirda, javoblarni vaqt ko‘rsatadi, kuzatib boramiz.

@domlajon
5.2K viewsedited  11:57
Ochish/sharhlash
2023-04-26 12:30:32 Qirg‘izistonda tamaki mahsulotlariga solinadigan aksiz solig‘ini kamaytirishga qarshi haqiqiy jang ketayotgan ko‘rinadi. Mamlakat Jo‘qorg‘i Keneshi deputati Dastan Bekeshev bu bo‘yicha juda keskin gaplarni aytgan. Kontrafakt tamaki mahsulotlarining qonuniy bozordagi ulushi katta, kamiga sigaretalarga solinadigan soliqni kamaytirishmoqchi.

Qo‘shnilarimizdagi vaziyat bizga ham ta’sir qilishi aniq. Qirg‘izistonga olib kirilgan kontrabanda tamakilar turli yo‘llar bilan O‘zbekiston va Qozog‘istonga olib kiriladi. Hatto kichik partiyalarda otlar bilan ham tashilar ekan.

O‘zimizda ham ahvol yaxshi deb bo‘lmaydi. Oxirgi ma'lumotlar ko‘ra, O‘zbekistonda kontrabanda mahsulotlar ulushi 21,7%ga oshganini ko‘rsatyapti.

Maqolani o‘qib ko‘rgach haqiqiy ahvol va uning oqibatlari yanada oydinlashadi. Havolani shu yerda qoldiraman.
382.8K views09:30
Ochish/sharhlash
2023-04-26 08:53:41
Toshkent shahar Olmazor tumani xokimligi hamda Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar hamkorligidagi DREAMSAT loyihasining oʻquvchilari oʻzlari yasagan NONA  yoʻldoshni  eng yaqin stratosferaga Navoiy shahridan uchirishibdi.

Ilm-fanga mana shunday tashabbuslar kerak, ayniqsa Olmazor tumani hokimidek. Shunda bolalarimiz fizikaga, aniq fanlarga qiziqishi kuchayadi, hozir ushbu yoshlar ikki oy davomida o‘zlari yasaganlaridek, keyinchalik saflari kengayib boshqalar ham o‘zlari shunday raketalar yasashga o‘tadilar.

Video Ziroat Komilovaning sahifasidan olindi.

https://t.me/domlajon
@domlajon
7.7K viewsedited  05:53
Ochish/sharhlash
2023-04-26 08:05:57
Endi navbat talaba va bankirlarga!

Sovrin jamg'armasi 100 million so'm bo'lgan olimpiada: 1-bosqichi 29-aprel kuni start oladi!

SQB Math Olympiad — 2023da
barcha oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat va magistr bosqichi talabalari hamda barcha tijorat banklari xodimlari ishtirok etishlari mumkin. G‘oliblar pul mukofotlari va SQBda ishlashga taklifnoma olishadi!

Ushbu olimpiada O‘zsanoatqurilish bank homiyligida Oliy ta'lim, fan va Innovatsiyalar vazirligi, V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti hamda KHISO olimpiada maktabi hamkorligida o‘tkaziladi.

Ro'yxatdan o'tish quyidagi telgram-bot orqali: @sqb_olympiadbot

Onlayn saralash bosqichida qatnashish bo‘yicha yo‘riqnoma: t.me/khisofaq/39

Ushbu e'lonni talabalar va bankirlarga jo‘nating:
@khiso
5.7K views05:05
Ochish/sharhlash
2023-04-26 08:05:57 Avval matematika, keyin boshqasi, deganlaridek bank xodimlari va barcha Oliy ta'lim talabalari, usfizlar ichida sirtqi bakalavr yoki magistr o‘qiyotganlar o‘rtasida ham matematika olimpiadasi uyushtirilmoqda. juda ramziy, juda o'rinli olmpiada, barakalla.
Talabalar, ustozlar, bank xodimlari, olg‘a!
6.1K viewsedited  05:05
Ochish/sharhlash
2023-04-25 16:50:37
Bolaligimizning eng yorqin, ajoyib do‘stlarimizga aylanib birga katta bo‘lgan qahramonlarimiz bilan yodimizdan o‘chmaydigan kino "Osmondagi bolalar" kinosining 3-qismi premyerasidamiz. Bolalik yulduzlarimiz bilan yonma yonligimizdan baxtiyormiz.

@domlajon
6.7K views13:50
Ochish/sharhlash
2023-04-24 08:36:45
Uxlayapmanmi deya ko‘rdim
Xojiboy Tojiboyev g‘oyasining boshqacha talqinini ishlashibdi, lekin ozgina oshirvorishibdi-da)) SHu kunlarga yetkazsin. Orzuga ayb yo‘q)

https://t.me/domlajon
@domlajon
14.2K viewsedited  05:36
Ochish/sharhlash
2023-04-24 08:28:19 #bilasizmi?

1-O’zbek kimyogar olimi Sattor Jabbor
1-O’zbek musiqali dramasi asoschisi G'ulom Zafariy
1-O’zbek otliq diviziyasi komandiri Mirkomil Mirsharapov
1-O’zbek yozuvchilar uyushmasi raisi Rahmat Majidiy
1-O’zbek fotografi Xudoybergan Devonov
1-O’zbek romanchiligi asoschisi Abdulla Qodiriy
1-O’zbek huquqshunosi Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jaev
1-O’zbek tog’ injeneri Obidjon Mahmudov
1-O’zbek musiqa teatri asoschisi Muhiddin Qori Yoqubov
1-O’zbek agronomi Abdulvahob Murodiy
1-O’zbek matbaachisi va noziri Otajon Abdalov
1-O’zbek professori Abdurauf Fitrat
1-O'zbek arxeologi Muso Saidjonov

https://t.me/domlajon
@domlajon
5.2K views05:28
Ochish/sharhlash
2023-04-23 17:31:13
Bolaga qalam, qog‘oz bering, istaganicha chizib tashlayversin, bo‘yab tashlasin, tafakkuri rivojlanadi, dunyoqarashi oshadi.

Kanalga ulaning
https://t.me/domlajon
@domlajon
9.1K viewsedited  14:31
Ochish/sharhlash
2023-04-23 12:30:11
Бундан йиллар аввал
Турклар Германияга ишлашга кетаётганида ушбу сўзларни бир вароққа ёзиб қўлларига тутқазиб юборган эканлар
.

Оқ йўл!
Ой бориб, омон қайт!

Ғуруринг топталмасин!
Пул топаман деб, ўзингни хўрлатиб қўйма
Тиланма! Муҳтожлигингни ҳеч кимга билдирма
Бировлар сенга ачинмасин
Пул билан битадиган ишни пулсиз ҳал қилишга уринма
Зиқна бўлма, хасислик қилма
Ёлғончиларнинг алдовига учма

Каллангни ишлат!
Бошлаган ишингни қисқа вақт ичида ўзлаштиришга ҳаракат қил. Ишинг пухта бўлсин
Билмаган нарсангни сўрашдан тортинма
Ишингда ҳушёр бўл. Эҳтиётсизлик қилиб, иш қуролларингга зарар етказиб қўйма
Дангасалик қилма. Сенга топширилган ишни ўз вақтида, пухта қилиб бажар
«Ҳеч нарса қилмайди» дейдиганларга қулоқ солма
Ишдаги раҳбарингни, усталарни ҳурмат қил

Кимлигингни унутма!
Ватанинг, миллатинг, давлатинг, байроғинг ёдингда бўлсин!

Ўзга юртда ҳар бир қадамингни ўйлаб бос, чунки қилган ишинг учун сенга эмас,
миллатингга, давлатингга баҳо беришади: турк бўлсанг, сен эмас, турклар шундай экан, дейишади.
Кимлигингни, ғурурингни унутма. Байроқдаги қизил ранг
ота-боболарингнинг қони
эканини ёдингдан чиқарма
Динингдан, эътиқодингдан ҳеч қачон айрилма

Оилангни, уйингни унутма. Улар доим қалбингда бўлсин!
Оиланг билан доим алоқада бўлгин. Уларга мактуб ёзишни, улар билан гаплашиб
туришни канда қилма, уларни хавотирга солиб қўйма
Қийинчиликларингни уларга айтма
Тежамкор бўл, пулингни беҳуда сарфлама. Топганингни оилангга юбор

Соғлиғингга эътиборсиз бўлма!
Аввало соғлиғингни асра
Ичкиликдан, ҳаром-харишдан узоқ бўл
Вақтида ухлашга ҳаракат қил
Зинодан сақлан!

Hushnudbek Hasanov

https://t.me/domlajon
@domlajon
10.8K viewsedited  09:30
Ochish/sharhlash