Get Mystery Box with random crypto!

O’zbekistonda juda ham iqtidorli yoshlar ko’p, lekin bizdagi j | Isroil Tillaboyev blogi

O’zbekistonda juda ham iqtidorli yoshlar ko’p, lekin bizdagi jamiyat qadriyatlari, qarashlari sabab yoshlarni “sindiramiz”. Kattalar yoshlarni o’zining “ramkasiga” solishni istaydi. Aslida biz ilmiy izlanish, kashfiyotlar, yangi tadqiqotlar qilish bilan mashg’ul bo’lishimiz kerak, sababi o’zbek hamyurtlarimiz dunyoning top korxonalarida ishlashadi, boshqa davlat va jamiyatlar rivojlanish uchun o’z hissalarini qo’shishadi. Bizda soxtalik, xo’jakorsinga bo’lgan jarayonlar juda ko’p bazilari esa mantiqsiz, hech kim o’ylab ko’rmaydi o’zi jamiyat rivojlanishi uchun nima kerak ? …

Videodagi 18 yoshli qiz, bizni jamiyatimizdagi aksariyat kattalardan fikrlashi juda keng. Shunday ishtiyoqli, ko’zi porlab turgan yoshlarga o’zimizdagi qaysi OTM ni tavsiya berishni bilmaydi odam. Bizda ilm Skautlari kerak, bu yo‘lni biz Yoshlar ishlari agentligi boshladik, Respublikaning eng chekka hududlaridan shunday bilimli yoshlarni qidirib topib, o‘zini namoyon qilishiga sharoit yaratishni yo‘lga qo‘ymoqdamiz, "Ibrat Camp" shular bir qismi.

Ko’rishni tavsiya beraman, yosh uka-singillarga yuborish kerak:





@domlajon