Get Mystery Box with random crypto!

Mamadali Topvoldiyev haqida yoshligimizdan eshitib katta bo‘lg | Isroil Tillaboyev blogi

Mamadali Topvoldiyev haqida yoshligimizdan eshitib katta bo‘lganmiz.

Afsonaviy, shu bilan birga oddiy dehqon yigitning qilgan jasoratlari vodiyda og‘zaki afsonalar yuradi. Ayniqsa Rishtonlik, uni yaqindan tanigan kishilardan u haqda xaqiqiy ma'lumotlarni ko‘p eshitganman. Urushdan jasoratlar ko‘rsatib qaytib kelgach kolxozda rais bo‘lib Rishton xalqiga qilgan juda katta yaxshiliklari haqida haligacha hamma maqtab gapiradi. Butun bir qishloqlarning qurilish jarayonida bosh bo‘lgan xalqparvar xaqiqiy o‘zbek o‘g‘loni bo‘lgan.

Xatto Gitler ham "Kazbek" nomi bilan tanigan mashhur o‘zbek janchisi haqidagi ajoyib kitobni shaxsan muallif dastxati bilan olish juda sevinchli.

Mazkur kitobni hamma tumanlardagi kitob do‘konlarida hozir ko‘plab insonlar topib o‘qishmoqda, tavsiya qilaman, kitob qahramoni va yozuvchisi o‘qishga majbur qiladigan asar.

Baxtiyor akaning asarlari ajoyib xaqiqiy xalqona yozilgan. Uning yana bir kitobi asosida kuni kecha barcha ekranda qo‘yilgan "O‘zbek qizi" kinosi ishlanganidan Baxtiyor akaning qanday salohiyatli yozuvchi ekanini his etsa bo‘ladi.

"Kazbek" haqida ham yaratlishmoqda adashmasam. Kino qilishga arziydigan asar!

@domlajon