Get Mystery Box with random crypto!

Barcha kutgan musobaqaga start berildi! Sovrin jamg’armasi 88 | Isroil Tillaboyev blogi

Barcha kutgan musobaqaga start berildi!
Sovrin jamg’armasi 880 mln so’mlik "Yoshlar ishlari agentligi kubogi" Respublika ochiq turnirini e’lon qilamiz!
Mahallalarda amakilarimiz qo‘ni-qo‘shnilar bilan shahmat o‘ynashiga ko‘p guvih bo‘lganmiz,  endi ular ham bu orqali professional turnirda sinashish mumkin.
Endi mahalladan boshlab Respublika bosqichiga qatnashib o‘zingizni sinab ko‘rishingiz mumkin:

Turnir 4 ta yo'nalishda o'tkaziladi:

Havaskor ayollar — FIDE reytinggi yo‘q va FIDE reytinggi 1500 dan kam bo‘lganlar.
Havaskor erkak — FIDE reytinggi yo‘q va FIDE reytinggi 1600 dan kam bo‘lganlar.
Professional ayol — FIDE reytinggi 1500 dan yuqorilar.
Professional erkak — FIDE reytinggi 1600 dan yuqorilar.

@uzshaxmatbot Telegram botidan ro‘yxatdan o‘ting! Barcha ishtirok etishi mumkin!

Nizom bilan tanishib chiqing!

@domlajon