Get Mystery Box with random crypto!

Isroil Tillaboyev blogi

Telegram kanalining logotibi domlajon — Isroil Tillaboyev blogi
Kanal manzili: @domlajon
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.38K
Kanalning ta’rifi

✍️Блогер Исроилжон Тиллабоевнинг шахсий мулоҳазалари канали
Гуруҳга марҳамат: @domlajon1
Реклама учун: @isroilbey
https://t.me/ WUqwChJg0-U5y_0S

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-07-03 18:14:50 O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash "Ulug‘bek" jamg‘armasi hamda Toshkent shahridagi Inha universiteti bepul tayyorlov o‘quv kursiga taklif etadi.


Ishtirokchilar:
– barcha oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat 2-kursni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalari
– uch bosqichli tanlov asosida qabul qilinadi;

Kurs mazmuni:
– raqamli texnologiyalar sohasida zamonaviy kasb "Data analitika"ni o‘rganish;

Shakllantiriladigan ko‘nikmalar:
– data analitika;
– statistik tahlil;
– dasturlash asoslari;
– qaror qabul qilish asoslari;
– ingliz tili (IELTS Target  5.5);

Akademik mobillik:
– tanlov g‘oliblari kurs davomida (bir o‘quv yilida) Toshkent shahrida tahsil oladi;

Moddiy texnik ta'minot:
– noutbuk;
– internet ;
– darsliklar;
– issiq ovqat;
– stipendiya.

Amaliyot:
– IT-park rezidentlari yordamida tashkil etiladi.


Batafsil:
dscience.uz
@datasciencekonkurs
lex.uz
4.4K views15:14
Ochish/sharhlash
2023-07-03 15:23:20
O‘rikguli ofarin, juda g‘ayritabiiy chiqish qilibdi

Har bir odam yiliga 650-1000 ta plastik xalta ishlatadi.
Ushbu kostyumda esa 250 ta plastik xalta tikilgan. Endi masshtabni tasavvur qiling!

Plastik xaltalar barcha tirik mavjudotlar uchun zararli. Hozir bu global muammo va uni xaltalarni qayta ishlash orqali hal qilib bo’lmaydi, chunki barcha paketlarni ham qayta ishlash mumkin emas. Iloji borlarini esa ko’pi bilan 3 marta qayta ishlash mumkin. Keyin ular baribir poligonga tushadi, 200 yil davomida parchalanib mikroplastikka aylanadi. Bu esa yerdagi barcha tirik mavjudotlar uchun juda zararli.

Shuning uchun ulardan voz kechish juda muhimdir.
Bugun xalqaro plastik xaltalardan voz kechish kuni va bu ekologik toza turmush tarzini boshlash uchun juda yaxshi sababdir!
—————————
O‘rikguli

@domlajon
5.7K views12:23
Ochish/sharhlash
2023-07-03 07:15:27
Taniqli jurnalist, siyosatshunoslik fanlari professori Sherzodxon Qudratho‘ja isrof masalasida zo‘r gapiribdilar.
Oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q.

To‘liq suhbatni ko‘rib chiqdim, juda ko‘p sohalarni tahlil qilib berishibdi, Ukraina-Rossiya munosabati, O‘zbekistonda siyosatshunoslik yo‘nalishi tugatilishi va uni ochgani, umuman kutilmagan javoblar bo‘lgan
To‘liq suhbatni ko‘rish uchun




@domlajon
t.me/domlajon
8.6K views04:15
Ochish/sharhlash
2023-07-03 04:43:02
Avval va hozir

(bolaga velosiped o‘rgatish misolida)

@domlajon
t.me/domlajon
8.9K viewsedited  01:43
Ochish/sharhlash
2023-07-02 14:20:45
Mana shu suhbatni ko‘rishni barchaga tavsiya qilaman.

"Qachongacha" loyihasi muallifi bloger Shahnoza Soatova ekobloger Mo‘tabar Xushvaqtova bilan juda foydali suhbat o‘tkazibdi. Suhbatdan bir qismini keltirdim, to‘liq suhbatda bundan-da achchiq gaplar gapirgan Mo‘tabar.

Suhbatni tomosha qilish uchun link




@domlajon
t.me/domlajon
8.5K views11:20
Ochish/sharhlash
2023-07-02 13:39:46
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy ijod maktabi pedagogik jamoasini kengaytirish maqsadida ingliz tili o’qituvchilariga vakant e’lon qiladi.

Talablar:
Yuqori toifaga ega o’qituvchi;
IELTS 7.0+ yoki unga teng bo’lgan boshqa sertifikatlar;
Pedagogik yo’nalishidagi diplom;
Pedagogika sohasidagi ish tajribasi

Imkoniyatlar:
Ahil va professional jamoa;
Doimiy malakaviy o’sish;
Qulay joylashuv;
Iqtidorli o’quvchilar;
Zamonaviy bino va texnologiyalar;
Xorijiy universitetlarda malaka oshirish;
Xizmat safarlari;
Xalqaro konferensiya va treninglar;
va boshqa ko’plab imkoniyatlar.


Oylik maoshi: Pedagog toifasi va til bilish darajasiga bog'liq.
Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Zarqaynar 2/6

Talabgorlar quyidagi link orqali 10.07.2023 ga qadar ro'yxatdan o'tadilar va kelishgan holda suhbat tashkillashtiriladi.
Ro'yxatdan o'tish uchun link.
7.5K views10:39
Ochish/sharhlash
2023-07-02 05:00:31 УИНСТОН ЧЕРЧИЛЛНИНГ ҲАЗИЛОМУЗ ҲАҚИҚАТЛАРИ

1. Душманинг борми? Демак, ҳаётингда ниманидир уддалабсан.

2. Ақлли одам ҳамма хатони ўзи қилмайди, бошқаларга ҳам имконият беради.

3. Демократияга қарши энг яхши далил -- сайловчи билан беш дақиқалик суҳбат.

4. Муваффақият бу -- иштиёқни йўқотмасдан омадсизликни тарк эта билмакдир.

5. Лочин шамолга қарши учганидагина юксак парвоз қила олади.

6. Ўз фикрини ҳеч қачон ўзгартирмайдиган одам -- аҳмоқ одам.

7. Яқинларингизга соғлик ва бойликдан кўра кўпроқ омад тиланг. Зеро, "Титаник"дагиларнинг ҳаммаси бадавлат ва соғлом эди. Омад эса саноқлиларга насиб қилди.

8. Сиёсат урушга ўхшайди, фарқи шундаки, урушда бир марта ўласан, сиёсатда эса кўп марта ўласан.

9. Менинг дидим жуда оддий -- энг яхшиси билан қаноатлана қоламан.

10. Уруш бу -- кимнингдир манфаати учун мутлақо бегуноҳ одамларнинг ўлиб кетиши демакдир.

11. Ҳаётнинг энг улуғ сабоқларидан бири шуки, баъзан аҳмоқлар ҳам ҳақ бўлиб чиқишади.

12. Бировни ўлдиришдан кўра уни сотиб олган афзал, чунки ўлимдан кўра сотилиш маъқулроқ.

13. Биз катта воқеалар ва майда одамлар даврида яшамоқдамиз.

14. Америкаликлар ҳамма хатоларни қилиб бўлгач, охири ягона тўғри қарорга келишади.

15. Мамлакат учун оғир кунлар бошланганда, афсоналар жонга аро киради.

16. Муносабатларни бузишнинг энг яхши йўли -- уларни муҳокама қилиш.

17. Парламентнинг мақсади: қўлаки жангни даҳанакига алмаштириш.

18. Икки киши уришса, учинчиси ютиб чиқади.

19. Пессимист ҳар бир имкониятда қийинчилик кўради, оптимист эса ҳар бир қийинчиликдан имконият қидиради.

20. Ҳар бир ваккиллаган итга тош отаверсангиз, манзилингизга ҳеч қачон етолмайсиз.

21. Ўтмишини унутган халқ келажагини ҳам йўқотади.

22. Энг ёрқин нур ҳам соясиз бўлмайди.

23. Бургутлар жим қолганда, тўтиқушлар тилга киради.

24. Мен узоқ яшаганим учун спортдан бир умр миннатдорман. Чунки у мени ўзига бирор марта ҳам қизиқтиролмади.

25. Мен ўз ажалим билан ўламан деб ўйлагандим. Аммо Россиядек бепоён мамлакатни хориждан ғалла сотиб олаётганини эшитиб, кулгидан ичагим узилиб ўлсам керак.

Тўплаб таржима қилувчи:
Худойберди. КОМИЛОВ.

@domlajon
t.me/domlajon
13.9K views02:00
Ochish/sharhlash
2023-07-01 17:24:36
Таътил вақтидан унумли фойдаланинг.

Ҳурматли математиклар!

50% лик устамага
имтиёз берадиган сертификат олишни хоҳлайсизу, лекин GMAT халқаро сертификатини олишга қийналаяпсизми? У ҳолда барча математика устозларни 50% устама учун GMAT ХАЛҚАРО СЕРТИФИКАТИ тайёрлов гуруҳига таклиф этамиз.

Фақатгина 31 та тест ишлаш орқали 50% лик устамага имтиёз берадиган сертификатни қўлга киритинг!

Бундан ташқари устоз билан телефон орқали гаплашиб ўзингизни қизиқтирадиган барча саволларингизга жавоб олишингиз мумкин. Агар сиз инглиз тилини билмасангиз сизга 0 дан GMAT сертификатига тайёрловчи курсларимизни ҳам мавжуд.

Диққат! Ушбу сертификат фақат математика фани ўқитувчилари учун!

Дарслар 3 июлдан бошланади.

Мурожаат учун:
@RasulovShaxzod31

Курс натижалари ва математиклар гуруҳига қўшилинг
https://t.me/GMATgroup8731
9.5K views14:24
Ochish/sharhlash
2023-07-01 12:00:48
Yoshlar oyligi doirasida, yoshlar kuni arafasida men Respublikamizning bir biridan iqtidorli, talantli yoshlari bilan uchrashib, suhbatlashish baxtiga muyassar bo‘ldim. Bularni ko‘rib o‘zimga juda katta kuch motivatsiya oldim, bularning bilimiga, erishayotgan natijalariga havas qildim.

Ushbu surat men uchun noyob surat bo‘lib, unda O‘zbekistonning eng iqtidorli yoshlaridan bir guruhi jam bo‘lgan, desam adashmayman.

Bular kuni kecha tanishganingiz poliglot qiz Zebinisobegim, Amerikada tahsil olayotgan Shahzoda, Ibrat kamp loyihasi menedjeri Sirojiddin, Kubik-rubik terish bo‘yicha 11 karra O‘zbekiston rekordchisi (6 sekund) Umidjon, yoshlarimizni dunyoning TOP o‘qishiga tayyorlab, hozirda 100 dan oshig‘ini kiritgan, xattoki Dunyoning eng kuchli Yel universiteti, Stenford universitetiga hamda Garvard universitetiga O‘zbekistonlik yoshlarni kirita olgan, Agentligimizning "Ibrat kamp"ida trenerlik qilayotgan "Freshman akademy" rahbari Valera (o‘ng qo‘l tarafimdagi yigitimiz) va yana bir qiz ham borki ushbu qiz mening yonimda turgan noyob iqtidor, Valeraning tayyorlashi bilan juda katta natijaga eriahgan mashhur qizimiz. Ushbu qizimiz dunyoning 1-raqamli oliy dargohi Garvardga 100% lik grant yutgan, yaqin orada Garvardda o‘qish uchun jo‘nab ketayotgan Go‘zal Haydarova!

Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari Dilnozaxon Kattaxanova ham bu yoshlarimiz bilan zavqlanib suhbatlashdi.
Ushbu yoshlarimizdek yoshlar davlatimizning oltin hazinasi, rivojlanishimiz lokomatividir, bular bilan tanishganimdan juda baxtliman.

@domlajon
t.me/domlajon
8.3K views09:00
Ochish/sharhlash
2023-07-01 10:38:56
Ёшлар кунига аталган байрам дастури сўнги йиллардаги энг яхши дастур бўлди, десак бўлаверади. Концерт дастури бир вақтда 3 та телеканалда жонли намойиш этилди, тадбирда бутун Ўзбекистондан маҳаллалардан энг фаол ёшлар таклиф этилди, мени қувонтирган холатлар кўп бўлди бугунги дастурда, ҳеч қачон қилинмаган янги ғоялар қўлланилди, айниқса миллийлик ва замонавийлик мужассам попурилар, ёшлар суйган қўшиқчилар куйлаганда катта саҳнада кароэки матнлари чиқарилиб турилди, бутун Ҳумо арена бирга куйлади, айниқса Тоҳир Содиқов "ёндирди".

Энг кулиминацион нуқтаси мен учун иккита бўлди, бири, мадҳия куйланганда бутун ёшлар бир овоздан ижро этиб, карнайдаги мадҳияни ҳам босиб кетди, нақадар гўзал чиқди...

Иккинчиси, ҳали ҳеч бир санъат дастурида кўрмаганимиз, имконияти чекланган иқтидорли ёшларимизнинг куй қўшиқлар билан чиқишлари... Бу ҳақиқий фантастик чиқиш бўлди, улар саҳнани портлатдилар, атмосферани осмонга олиб чиқди!

Ёшлар кунида таассуротларимиз олам-олам бўлди, афсуски таърифга сиғмас таассуротлар ҳам бор.
Юқоридаги икки энг кулиминацион чиқишни видеосини ҳавола этай, ўзингиз баҳо беринг.

@domlajon
t.me/domlajon
7.8K views07:38
Ochish/sharhlash