Get Mystery Box with random crypto!

Siz kutgan xabar | Siz uchun yangilik

Telegram kanalining logotibi bilim_baholash_agentligi — Siz kutgan xabar | Siz uchun yangilik S
Telegram kanalining logotibi bilim_baholash_agentligi — Siz kutgan xabar | Siz uchun yangilik
Kanal manzili: @bilim_baholash_agentligi
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Bilim va Malakalarni Baholash Agentligi
❗Rasmiy manbadan olingan xabarlar
📞1195
📧info@uzbmb.uz
🌐www.uzbmb.uz
📍100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.
✅Reklama: @Rek_info
🧑‍💻Aloqa uchun: @Rasmiy_Admini

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2023-06-07 18:06:56 Rasman

Chet tilidan ijodiy imtihon olinadigan yo‘nalishga hujjat topshirgan abituriyent qanday qilib 5 ta yo‘nalish tanlaydi?


Chet tilidan ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlar faqatgina ijodiy imtihon olinadigan 8 ta OTMdagi yo‘nalishlarni tanlashi mumkin.

Ular chet tili birinchi fan bo‘lgan, biroq ijodiy imtihon emas, test olinadigan yo‘nalishlarga hujjat topshira olishmaydi. Sababi imtihon turi 2 xil va baholash mezonlari ham turlicha.

Shuning uchun abituriyent yo chet tilidan imtihon olinadigan 8 ta OTM orasidan birini yoki imtihoni test bo‘lgan boshqa yo‘nalishlarni tanlashi kerak.

Chet tilidan ijodiy imtihon olinadigan OTMlar quyidagilar:
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti;
Samarqand davlat chet tillar instituti;
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;
Toshkent davlat pedagogika universiteti;
Qoʻqon davlat pedagogika instituti;
Nukus davlat pedagogika instituti;
Andijon davlat chet tillar instituti;
Namangan davlat chet tillar institutining xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari.


ESLATMA: O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini @Abituriyents_info_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram:
@Bilim_baholash_agentligi
11.2K viewsedited  15:06
Ochish/sharhlash
2023-06-06 19:10:35 ​#ana_holos

Andijondagi qaysi yo'nalishlarga 57 ball bilan kirish mumkin?

Ushbu yo'nalishlar ro'yxati Andijon viloyatida joylashgan oliygohlarning 2022-2023 o'quv yili o'tish ballarini @abituriyents_info_bot orqali filtrlash natijasida olindi:

Andijon mashinasozlik
instituti

1. Mexatronika va robototexnika
Kunduzg
i / o'zbek
Grant - 69.6 | Kontrakt - 56.8

2. Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi
Kunduzg
i / o'zbek
Kontrakt - 56.7

3. Biotibbiyot muhandisligi
Kunduzg
i / o'zbek
Grant - 69.4 | Kontrakt - 56.7

Andijon davlat un
iversiteti

4. Fizika
Kunduzg
i / ruscha
Grant - 68.2 | Kontrakt - 56.7

5. Geografiya
Kunduzg
i / ruscha
Grant - 88.2 | Kontrakt - 56.7

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar
instituti

6. Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish
Kunduzg
i / o'zbek
Grant - 68.1 | Kontrakt - 56.9

Abituriyentlarga yuboring!

ESLATMA: O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini
@Abituriyents_info_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram:
@Bilim_baholash_agentligi
11.5K viewsedited  16:10
Ochish/sharhlash
2023-06-06 12:16:40
Rasman: Test boshlanish vaqti oʻzgaradi

3 yillik tanaffusdan keyin test sinovlarini yana yopiq binolarda oʻtkazilayotganligi sababli, xuddi 2018–2019-yillarda boʻlgani kabi test sinovlarida 1-smena soat 08:00 dan, 2-smena esa 15:00 dan boshlanishi rejalashtirilgan.

Bir smenada 44 ming abituriyent imtihonda qatnashadi.

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram:
@Bilim_baholash_agentligi
11.6K viewsedited  09:16
Ochish/sharhlash
2023-06-04 12:12:28
16 yoshga to‘lgan bitiruvchi ID karta (pasport) olmasa, OTMga hujjat topshira olmaydi

Abituriyentlar onlayn ariza topshirishi uchun kerakli hujjatlar aytildi

Abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga kirish imtixoniga tegishli hujjatlarni onlayn topshirishi uchun bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlari Abitur elektron dasturiga kiritish talab etiladi. Hujjatsiz OTMga kirish uchun elektron ariza topshirib bo‘lmaydi. Bu haqda Ta’lim nazorati axborot xizmati ma’lum qildi.

OTMga hujjat topshirishda ID karta (pasport) va attestat kerak bo‘ladi. Faqatgina shu hujjatlardagi ma’lumotlarni bazaga kiritish yetarli, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, pasport (ID karta) olish uchun hududiy ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari va Davlat xizmatlari markaziga murojaat etish zarur.


Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram:
@Bilim_baholash_agentligi
12.6K viewsedited  09:12
Ochish/sharhlash
2023-06-03 21:00:39 Kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 talabaga Prezident granti beriladi

Kunduzgi ta’lim shakli imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 talaba Prezident grantini oladi. Imtihonlarda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball. Agar talaba kontraktga qabul qilingan bo'lsa ham, Prezident grantiga loyiq ko'rilsa, grant asosida o'qiydi.

Prezident granti stipendiyasi talabaga 1-kursdan oyma-oy to‘lanadi. Lekin agar talaba birorta fanini "a’lo" bahoga yopolmasa ham, keyingi semestrda prezident granti stipendiyasini emas, oddiy stipendiya oladi. Keyingi semestrni "a’lo" bahoga yopsa, talaba yana grant stipendiyasini olishda davom etadi. Bu stipendiya miqdori Prezident stipendiyasi bilan bir xil.

O‘qishni tugatguncha grant stipendiyasini uzluksiz olgan talabalar o‘z sohasi bo‘yicha magistraturaga grant asosida imtihonsiz qabul qilinadi.

ESLATMA: O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini @Abituriyents_info_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram:
@Bilim_baholash_agentligi
12.3K viewsedited  18:00
Ochish/sharhlash
2023-06-03 09:53:09 ​​​​​​​Talaba boʻlmoqchimisiz, unda, albatta, oʻqing!

Abituriyent - bu hayotini oʻzgartirish uchun yoʻlga chiqqan shaxs. Hamma ham odam boʻlib tugʻiladi, ammo kimdir inson boʻlib, kimdir odamligicha vafot etadi. Dunyoda birovga yomonlik qilmasdan yashaganing sening yaxshi inson ekanligingdan dalolat emas.

Agar hamma narsaga loqayd boʻlsang, faqat oʻzingni oʻylasang, dangasa, tanbal boʻlsang va hech boʻlmasa, bir marta hayotingni oʻzgartirishga urunib koʻrmasang, insonlikka daʼvo qilma.

Inson uchun doimo harakatda boʻlmoq - tiriklikning belgisi.

Sen bugundan abituriyentsan, bu degani talabalik tomon yoʻl olding. Demak, sen hayotingni oʻzgartirishni xohlaysan. Shunday ekan, quyidagilarni yodda tut:

Hech qachon vaqtim yoʻq dema!
– Hohish boʻlsa, vaqt topiladi. Dunyoni boshqarayotgan mashhurlarning sutkasi senikidan ortiq emas.

Hech qachon eslab qololmayman dema!
— Inson istasa, hammasini yodda saqlaydi, Alloh senga bergan xotiraga shubha qilma. Xotirangni boʻysundir.

Hech qachon tushunmayman dema!
— Dunyoda tushunish qobilyati va ong berilgan yagona tirik jon sensan.

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram:
@Bilim_baholash_agentligi
12.7K viewsedited  06:53
Ochish/sharhlash
2023-06-01 16:26:04 Test sinovlari yopiq binolarda o‘tkazilishi munosabati bilan test vaqti ham o‘zgaradi
#abituriyent

Avvalgi yillarda imtihonlar stadion va xiyobonlarda o‘tkazilgani sababli 1-smena ertalabki soat 7:00 dan 10:00 gacha, 2-smena esa kechki 19:00 dan 22:00 gacha o‘tkazilgan edi. Chunki boshqa paytda kun juda issiq bo‘lardi.

3 yillik tanaffusdan keyin test sinovlari yana yopiq binolarda o‘tkazilayotgani uchun endi bunaqa vaqtli va bunaqa kech imtihon o‘tkazish shart emas. Shu sababli xuddi 2018-2019 yillarda bo‘lgani kabi test sinovlarida 1-smena ertalabki soat 8:00 dan, 2-smena soat 15:00 dan boshlanishi rejalashtirilgan.

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram:
@Bilim_baholash_agentligi
13.3K viewsedited  13:26
Ochish/sharhlash
2023-05-31 12:07:18
Qabul to'xtatilgan yo'nalishlar

— 2023-yildan ko‘plab ta’lim yo‘nalishlarida qabul bo‘lmaydi. Ro‘yxat bilan tanishing

Batafsil ma'lumot

ESLATMA: O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini @Abituriyents_info_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram:
@Bilim_baholash_agentligi
14.2K viewsedited  09:07
Ochish/sharhlash
2023-05-29 10:01:16
O'qishni ko'chirish uchun endilikda my.uzbmb.uz sayti orqali ro'yxatdan o'tiladi

Davlat test markazining nomi va huquqiy maqomi o'zgartirilgani sababli barcha rasmiy sahiflari nomini ham o'zgartirmoqda.

Shu sababli endilikda test sinovlari uchun abituriyent va "perevodchi"larni ro‘yxatga olish, ruxsatnomalarni tarqatish, natijalarni e’lon qilish kabi xizmatlar my.dtm.uz sayti orqali emas, balki my.uzbmb.uz sayti orqali ko‘rsatiladi.

ESLATMA: O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini @Abituriyents_info_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram:
@Bilim_baholash_agentligi
13.3K viewsedited  07:01
Ochish/sharhlash
2023-05-29 08:00:59 Bitiruvchilarga maslahatning injig'i!

"Bugun bitiruvchilarni anaqasikan, daraxtni tagida milliard yil yashagan donishmand sifatida bir tiyinga qimmat maslahatlar berib qo‘yay:

Tak vot, hamma narsaga tayyor turish bollar! Rok muzikant bo‘lib yorvoraman, ikkinchi Jimmi Xendriks bo‘laman deb orzular qilib, lekin diplomatiya sohasida o‘qib oxiri jurnalist yo bloger bo‘bketishingam mumkin

Sen bilan bitiruv kechasida ahdlashgan qiz boru, o‘sha skoreye vsego erta erga tegib ketadi sen hali qo‘lidan bir ish kelmas 2 kurs talaba bo‘lib yurganingda. Majnunga aylanvolib ichkilikka berilib voydodlab yurmagin. Foydasi yo‘q. Haqiqiy sevgi kechroq keladi.

Eng yomon ko‘rgan o‘qituvchilaring boru, shularni oldiga borib, boshingni egib... Uzr so‘rama, sizdan qutulganimga shukr de. Chunki yomon ko‘rgan o‘qituvchilarniyam sog‘inish haqidagi gaplar voda. Ularni butun umr yomon ko‘raverasan

Maktabni qorovuliga ham minnatdorchilik bildirib qo‘yinglar. Eng ko‘zga ko‘rinmas lekin katta ish qiladigan odamlardan biri, hamma uni unutadi lek.

Bugun ko‘pchiliging birinchi marta ichib ko‘rishing mumkin, tak chto yaxshilab miyangga o‘ylab ko‘r. Ichkilik insonni hech qachon yuqoriga olib chiqmaydi, qulatishi mumkin lek.

Yoz oyi turibdi oldinda butun boshli. O‘qi. Oliy ta’limga harakat qil, endi katta bo‘sam palon bo‘laman deb gapirma, uyat bo‘ladi. Prosto katta bo‘lding sen va o‘sha palon bo‘lishga harakatni boshlab bosor "

Nurbek Alimov

ESLATMA: O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini
@Abituriyents_info_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram:
@Bilim_baholash_agentligi
13.6K views05:00
Ochish/sharhlash