Get Mystery Box with random crypto!

Siz kutgan xabar | Siz uchun yangilik

Telegram kanalining logotibi bilim_baholash_agentligi — Siz kutgan xabar | Siz uchun yangilik S
Telegram kanalining logotibi bilim_baholash_agentligi — Siz kutgan xabar | Siz uchun yangilik
Kanal manzili: @bilim_baholash_agentligi
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Bilim va Malakalarni Baholash Agentligi
❗Rasmiy manbadan olingan xabarlar
📞1195
📧info@uzbmb.uz
🌐www.uzbmb.uz
📍100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.
✅Reklama: @Rek_info
🧑‍💻Aloqa uchun: @Rasmiy_Admini

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2023-07-01 18:29:41 Online test boshlandi

O'zingizga kerakli bo'lgan yo'nalishini yuklab olib, testlarni yechishingiz mumkin!

Test kalitlari: Soat 00:00 joylanadi

Telegram @Bilim_baholash_agentligi
12.9K views15:29
Ochish/sharhlash
2023-06-13 09:33:35
Abituriyentlar orasida “bu yil sirtqi (zaochniy)ga qabul bo‘lmaydi” degan mish-mishlar tarqalmoqda. Shunga aniqlik kiritsangiz?

JAVOB: yo‘q, bu n
oto‘g‘ri talqin. Prezident qaroriga muvofiq 2023/2024-o‘quv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi OTMlarning faqat 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi (ro‘yxat). Qolgan pedagogik ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirish uchun kamida 5 yil ish staji talab etiladi.

Asos: https://lex.uz/uz/docs/-6079561

ESLATMA: O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini @Abituriyents_info_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram:
@Bilim_baholash_agentligi
2.4K viewsedited  06:33
Ochish/sharhlash
2023-06-13 07:31:01
Oliygohlar haqida ma'lumot olishni istaysizmi? Ularga kerakli bo‘ladigan ballar qancha? Undan bo'lsa topshirmoqchi bo'lgan oliygohingiz yuqorisiga bosing va ma'lumotlardan xabardor bo'lib boring!

Toshkent Moliya instituti
Jahon Tillari Universiteti
Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti
INHA Universiteti
Soliq Akademiyasi
Toshkent Yuridik Universiteti
O'zbekiston Milliy Universiteti
Toshkent Moliya Universiteti
Namangan Davlat Universiteti
Guliston Davlat Universiteti
Farg'ona Davlat Universiteti
Andijon Davlat Universiteti
Texnika universiteti
Toshkent davlat Tibbiyot universiteti
Qoraqalpoq Davlat universiteti
Alisher Navoiy nomidagi O'zbek tili va adabiyoti universiteti
3.6K views04:31
Ochish/sharhlash
2023-06-12 08:00:07
Abituriyentlar bilishi kerak bo‘lgan eng so‘nggi muhim yangiliklar

Bu yilgi qabul 20-iyundan 20-iyulgacha davom etadi. Chet tilidan ijodiy imtihon olinadigan OTMlarga qabul 10-iyulda tugaydi.

Abituriyentlar soni 1 mln 200 ming bo‘lishi prognoz qilinyapti.
Test sinovlari yopiq binolarda o‘tishi bo‘yicha taklif ishlab chiqilgan va 92 ta bino ro‘yxati shakllantirilgan.
Bu yil yuridik universitetlarga kirish imtihonlarida birinchi fan huquqshunoslik bo‘ladi. Konstitutsiyaga oid savollar yangi qabul qilingan Konstitutsiyadan tuziladi. Bundan tashqari, Mehnat kodeksi ham yangilangan.
Yengil va qiyin darajadagi savollar bitta variantda 15-25% oralig‘ida bo‘lishi mumkin. O‘rta qiyinlikdagi savollar esa bitta variantda 50-70% oralig‘ida tashkil qiladi.

Abituriyentlarga yuborib qo‘yamiz.

ESLATMA: O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini
@Abituriyents_info_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram:
@Bilim_baholash_agentligi
8.8K views05:00
Ochish/sharhlash
2023-06-11 19:02:37Kirish imtihonlarida qatnashish narxi oshdi – 165.000 so'm!

Abituriyentlar test sinovida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida, ya'ni – 165 ming so‘m to‘lov qiladi.

Hamma abituriyentlar ham testda qatnashish uchun to‘lov qilmaydi.

Xususan:
Joriy yilgi maktab bitiruvchilari;
nogironligi bo‘lgan shaxslar;
 mehribonlik uylari bolalari;
bolalar shaharchasi bitiruvchilari;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”dagi shaxslar va ularning farzandlari;
“Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi yoshlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun to‘lov qilmaydi.

Eslatib o'tamiz, 2022-yilda kirish imtihonlarida qatnashish uchun abituriyentlardan 80 mlrd so'm yig'ilgan. (Shundan 10 mlrd so'miga kepka sotib olingan)

Joriy yilda esa 1 mln 260 ming abituriyent hujjat topshirishi kutilmoqda. Ulardan 390 ming atrofidagi qismini joriy yilgi maktab bitiruvchilari tashkil etadi.

Joriy yil nechpul yig'ilishini taxmin qilingchi!

ESLATMA: O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini @Abituriyents_info_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram:
@Bilim_baholash_agentligi
9.0K viewsedited  16:02
Ochish/sharhlash
2023-06-11 12:46:03 Imtihon javoblari chiqqandan keyin yo‘nalish tanlash imkoni berilishi mumkin

Keyingi o‘quv yillaridan abituriyentlarga hujjat topshirayotganda emas, imtihonga kirib, test natijalari chiqqandan keyin yo‘nalish tanlash imkoniyati berilishi mumkin. Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vaziri mazkur tartib ustida ish boshlanganini ma'lum qildi.

Vazirning izoh berishicha, bunday tartibga ehtiyoj abituriyentlar imtihonga yaqin qolganda fikrini o‘zgartirib, yo‘nalishini o‘zgartirishni so‘rab qolish holatlari ko‘paygani sabab yuzaga kelgan.

Bu muammolar bor, abituriyent yo‘nalishini o‘zgartirishini so‘rab vazirlikka murojaat bilan kelgan vaziyatlar ham ko‘p bo‘lgan. Shuning uchun yangi tartib haqida o‘ylayapmiz – deydi vazir. 

ESLATMA: O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini @Abituriyents_info_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram:
@Bilim_baholash_agentligi
9.6K viewsedited  09:46
Ochish/sharhlash
2023-06-10 12:43:55
Mandat imtihon kunidan keyin 1 haftada chiqadimi?

Ushbu savolga Bilimni baholash agentligi mutaxassisi tomonidan “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvida javob berildi:

Abituriyentlar test sinovida ishtirok etgan kunining ertasigayoq o‘z natijasini bilib oladilar.

Bunda abituriyentning javoblar varaqasi rangli skaner qilinib, shaxsiy kabinetiga joylashtiriladi va u yerda nechanchi savolga qaysi javob belgilangani, bu javob to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi ko‘rsatiladi.

Test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta ichida abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani bo‘yicha yakuniy tanlov natijalari e’lon qilinadi.

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram:
@Bilim_baholash_agentligi
9.8K viewsedited  09:43
Ochish/sharhlash
2023-06-09 19:02:37
Diagnostik test materiallariga buyurtma bergan talabgorlar diqqatiga!

Bilimni baholash agentligi tomonidan diagnostik test materiallariga buyurtmalarni qabul qilish 31-may kuni to‘xtatilishi haqida xabar bergan edik.

Ma’lumki, diagnostik test topshiriqlarini ishlagan talabgorlar o‘z natijalarini bilish uchun belgilagan javoblarini Bilimni baholash agentligiga taqdim etishlari lozim.

Shu sababli diagnostik test materiallariga buyurtma berib, uni olgan talabgorlardan javoblar varaqalarini 2023-yil 10-iyunga qadar taqdim etishlarini so‘raymiz.

Bunda javoblar varaqalarini Bilimni baholash agentligiga yoki uning hududlardagi vakillariga (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar) olib kelib, topshirish mumkin.

ESLATMA: O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini @Abituriyents_info_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram:
@Bilim_baholash_agentligi
11.0K viewsedited  16:02
Ochish/sharhlash
2023-06-09 13:25:44 #tezkor #tarqating

Siz tanlagan yo'nalishingizga 2023-yilda qaysi fanlardan test boʻlishini bilish mumkin!

Yuqoridagi fayl orqali batafsil maʼlumot olishingiz mumkin

Ol
iy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi.

Abituriyentlarga tarqating!



@Bilim_baholash_agentligi
10.8K viewsedited  10:25
Ochish/sharhlash
2023-06-07 21:33:17 Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha iyun oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 10-11- va 17-18-iyun kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 12-iyun1-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): telegra.ph/Chet-tili-06-05

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada (8-iyul kuni) e’lon qilinadi.

ESLATMA: O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini @Abituriyents_info_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram:
@Bilim_baholash_agentligi
10.3K viewsedited  18:33
Ochish/sharhlash