Get Mystery Box with random crypto!

Siz kutgan xabar | Siz uchun yangilik

Telegram kanalining logotibi bilim_baholash_agentligi — Siz kutgan xabar | Siz uchun yangilik S
Telegram kanalining logotibi bilim_baholash_agentligi — Siz kutgan xabar | Siz uchun yangilik
Kanal manzili: @bilim_baholash_agentligi
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Bilim va Malakalarni Baholash Agentligi
❗Rasmiy manbadan olingan xabarlar
📞1195
📧info@uzbmb.uz
🌐www.uzbmb.uz
📍100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.
✅Reklama: @Rek_info
🧑‍💻Aloqa uchun: @Rasmiy_Admini

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-07-21 18:00:52
Tarix va Ona tili adabiyot yo'nalishlari. Qabul kvotalari. O'tish ballari va Prognoz ballari 2023.

Pedagogika, Milliy g'oya va huquq talimi, Falsafa yo'nalishlariga topshirgan abituriyentlar uchun

Maksimal tarqatamiz

P/s: Yana qaysi yo'nalishlar haqida video chiqarish kerak?

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram: @Bilim_baholash_agentligi
12.4K viewsedited  15:00
Ochish/sharhlash
2023-07-21 09:01:24 Bu yil kirish imtihonlarida qanday darajadagi savollar tushadi?

Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkazilgan Oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha ovozli chatda ma’lum qilinishicha, yengil va qiyin darajadagi savollar bitta variantda 15% dan 25% gacha bo‘lishi mumkin. O‘rta qiyinlikdagi savollar esa bitta variantda 50% dan 70% gachani tashkil qiladi.

Ya'ni, 30 ta testning 4-8 tasini yengil va qiyin darajadagi savollar tashkil etadi. Qolganlarini esa o'rtacha qiyinlikdagi savollar tashkil etadi.

P/s: Eng qiyin darajadagi savollar tushmasligi aytilgan!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram: @Bilim_baholash_agentligi
13.1K views06:01
Ochish/sharhlash
2023-07-21 07:11:38
Qabul tugadi. Xo‘sh, endi ruxsatnomalar qachon beriladi? Imtihon qachon boshlanadi?

O‘tgan yili qabul tugagandan keyin qancha muddatda ruxsatnoma berish boshlangan edi?

Ruxsatnoma berish boshlangandan keyin imtihonlar qancha muddatda boshlangan edi?

Umumiy xisobda taxminan necha kundan keyin imtihonlar boshlanishi mumkin?

Qabul 27-iyulda tugagan, ruxsatnoma berish 4- avgustdan imtihonlar esa 14-avgustdan boshlanagan.

Xulosa qabuldan 8 kun oʻtib ruxsatnoma berilgan, 18 kun oʻtib imtihonlar boshlangan, bu yil nima boʻladi-kan?

P/s: Hozircha, rasman e'lon qilinmadi ruxsatnoma qachon chiqishi))

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram: @Bilim_baholash_agentligi
12.8K viewsedited  04:11
Ochish/sharhlash
2023-07-20 23:11:44 Abituriyentlar soni 1 million 18 mingdan oshdi

2023-2024-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (qabul yakuni bo‘yicha)

2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi.

Qabul yakuniga ko‘ra onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni 1 018 007 nafarni tashkil etdi.

Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

O‘zbek tili — 890 304 nafar;
Rus tili — 95 456 nafar;
Qoraqalpoq tili — 29 917 nafar;
Boshqa tillar — 2 330 nafar.

Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

Kunduzgi ta’lim shakli — 577 096 nafar;
Kechki ta’lim shakli — 24 802 nafar;
Sirtqi ta’lim shakli — 407 945 nafar;
Masofaviy ta’lim shakli — 8 164 nafar.

Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

O‘zbekiston milliy universiteti — 36 782 nafar;
Toshkent davlat transport universiteti — 30 421 nafar;
Farg‘ona davlat universiteti — 29 941 nafar;
Toshkent davlat pedagogika universiteti — 28 827 nafar;
Qarshi davlat universiteti — 28 417 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha birinchi 5 talik:

Qashqadaryo viloyati — 120 008 nafar;
Samarqand viloyati — 114 180 nafar;
Farg‘ona viloyati — 94 999 nafar;
Toshkent viloyati — 89 603 nafar;
Surxondaryo viloyati — 84 457 nafar.

ESLATMA: O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini @Abituriyents_info_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram: @Bilim_baholash_agentligi
12.6K viewsedited  20:11
Ochish/sharhlash
2023-07-20 22:00:58 Rasman qabul tugadi
Barcha abituriyentlarga omad
12.3K viewsedited  19:00
Ochish/sharhlash
2023-07-20 21:07:51 #Tezkor

Qabul tugashiga atigi 1 soatdan kam vaqt qoldi

Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar 1 mlndan oshdi!

Tabriklaymiz siz Davlat granti asosida talabalikka tavsiya etildingiz

Shu xabar bu yilgi hamma abituriyentlarga kelsin
Ota-onasini ishonchini oqlasin omin

P/s: Xabarni eng yaqin do'stlarizga yuborib qo'ying!!


Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram: @Bilim_baholash_agentligi
12.2K viewsedited  18:07
Ochish/sharhlash
2023-07-20 19:05:12 #Qabul-2022 (O'tgan yillik statistika)

Talaba bo'lishni istagan abituriyentlar 1 mln 214 ming 232 nafar bo'lgan edi . Qashqadaryo aholisi birinchi o'rinda edi

2022-2023-o‘quv yili qabul yakuniga ko‘ra onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni 1,214,232 nafarni tashkil etgandi.

Shundan:

395,023 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
819,209 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.


P/s: Qabul-2023 statistikasi qanday bo'ladi deb o'ylaysiz? Izohlarda yozib qo'ying!

Manba: @Talim_Yangiliklari_Live

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram: @Bilim_baholash_agentligi
12.1K views16:05
Ochish/sharhlash
2023-07-20 11:15:59 Rasman: imtihonga to‘lov qilish uchun yana bir kun qo‘shib berildi

Bugun, 23:59 da qabul tugaydi. Shundan keyin ro‘yxatdan o‘tish imkoni bo‘lmaydi.

Biroq imtihonda qatnashish uchun to‘lovni 21-iyul kuni soat 23:59 gacha amalga oshirish mumkin. Ya’ni qabul tugagandan keyin yana bir kun qo‘shimcha to‘lov qilishga vaqt bo‘ladi.

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram: @Bilim_baholash_agentligi
12.6K viewsedited  08:15
Ochish/sharhlash
2023-07-20 10:22:39
#qabul_2023

Imtiyozi bor abituriyentlarning imtiyozi “Tekshirilmoqda” deb turgan bo‘lsa, nima qilish kerak?

Turli imtiyozga ega yoki tavsiyanoma olgan, shuningdek xorijiy til bilish sertifikatini kiritgan abituriyentlarning shaxsiy sahifasida haligacha imtiyozlar “Tekshirilmoqda” maqomida turgani ko‘pchilikni xavotirga solmoqda.

Bilimlarni baholash agentligi vakili Jamshidbek Odilovning xabar berishicha, bunda xavotirga o‘rin yo‘q. Masʼul tashkilotlar maxsus tizimga imtiyoz va tavsiyanomalar haqida maʼlumotlarni kiritishda davom etmoqda, shu sababli hozircha hammaniki “tekshirilmoqda” deb turibdi. Lekin imtiyozning bazada ko‘ringanining o‘zi hammasi joyidaligini bildiradi.

Qabul to‘liq yakunlab bo‘lingach, testga kirish uchun ruxsatnoma olgungacha bo‘lgan davrda ushbu “tekshirilmoqda” maqomi “tasdiqlandi” maqomiga o‘tadi.

So'ragan edingiz!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram: @Bilim_baholash_agentligi
12.6K viewsedited  07:22
Ochish/sharhlash
2023-07-20 05:43:40 Rasman: BUGUN qabul sayti yopiladi

Eslatib o‘tamiz, 20-iyul abituriyentlarni ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni bo‘lib, mazkur jarayon 20-iyul kuni 23:59 da to‘liq yakunlanadi.

Oldingi yillardan ma’lumki, qabulning so‘nggi kunlarida ro‘yxatdan o‘tuvchi abituriyentlar soni keskin ortadi va abituriyentlar shoshilib ro‘yxatdan o‘tishni boshlaydi.

Qabulning so‘nggi kunini kutmang!

20-iyul kuni 23:59 ga
qadar barcha ma’lumotlaringizni o‘zgartirishingiz mumkin (to‘lov qilingan bo‘lsa ham). Lekin qabul yakunlangandan so‘ng tanlovingizni o‘zgartira olmaysiz.

Ro‘yxatdan o‘tish sayti: my.uzbmb.uz

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram: @Bilim_baholash_agentligi
13.0K views02:43
Ochish/sharhlash