Get Mystery Box with random crypto!

Siz kutgan xabar | Siz uchun yangilik

Telegram kanalining logotibi bilim_baholash_agentligi — Siz kutgan xabar | Siz uchun yangilik S
Telegram kanalining logotibi bilim_baholash_agentligi — Siz kutgan xabar | Siz uchun yangilik
Kanal manzili: @bilim_baholash_agentligi
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Bilim va Malakalarni Baholash Agentligi
❗Rasmiy manbadan olingan xabarlar
📞1195
📧info@uzbmb.uz
🌐www.uzbmb.uz
📍100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.
✅Reklama: @Rek_info
🧑‍💻Aloqa uchun: @Rasmiy_Admini

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2023-05-28 16:37:16 Bu yilgi kirish imtihonlarida qanday darajadagi savollar tushadi?

Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkazilgan Oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha ovozli chatda ma’lum qilinishicha, yengil va qiyin darajadagi savollar bitta variantda 15 %dan 25 %gacha bo‘lishi mumkin. O‘rta qiyinlikdagi savollar esa bitta variantda 50 %dan 70 %gachani tashkil qiladi.

Ya'ni, 30 ta testning 4-8 tasini yengil va qiyin darajadagi savollar tashkil etadi. Qolganlarini esa o'rtacha qiyinlikdagi savollar tashkil etadi.

Eng qiyin darajadagi savollar tushmasligi aytilgan!

ESLATMA: O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini @Abituriyents_info_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram:
@Bilim_baholash_agentligi
13.4K viewsedited  13:37
Ochish/sharhlash
2023-05-20 19:12:58
Rasman: Abituriyentlar istalgan yo‘nalishini balki ta’lim shaklini ham tanlashlari mumkin

Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori Majid Karimov Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida abituriyentlarning OTMlarga hujjat topshirishda ta’lim shakllari cheklanmasligi haqida ma’lum qildi.

"Ilgari har bir abituriyent yo‘nalish tanlayotganda 5 tagacha tanlardi. Hozir o‘sha 5 ta yo‘nalish, agar kunduzgi ta’lim shaklini tanlasa, o‘sha doirada cheklanardi.

Agar kechki [ta’lim yo‘nalishi]ni tanlasa, kunduzgiga o‘tolmasdi. Bu yil shunday qilyapmizki, nafaqat ta’lim yo‘nalishlari, balki ta’lim shaklini ham tanlashlari mumkin.

Hozir bilamizki, ta’lim shakli 4 tagacha ko‘paydi: kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy. Talaba o‘zi xohlagan [ta’lim shakli]da o‘qishi mumkin. Bitta yo‘nalishni tanlab, o‘shaning ta’lim shakliga qarab, barchasida ishtirok etishi mumkin. Mana shu yangilik bu yil joriy qilinyapti
," – dedi Majid Karimov.

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
@Bilim_baholash_agentligi
4.9K viewsedited  16:12
Ochish/sharhlash
2023-05-20 10:01:52 ​​​​​SIZ DAVLAT GRANTI ASOSIDA O'QISHGA QABUL QILINDINGIZ!

Abituriyentlar uchun atalgan ajoyib she'r

Sabr qiling deyishdi sabr qilyapmiz
O'ylayverib o'zimizga jabr qilyapmiz
Tushlarimiz folbin kabi taʼbir qilyapmiz
Biz ham bir quvonchga to'laylikda
O'qishga grand asosida kiraylida

Bu DTM qo'ydiku ko'p o'ylatib
Testlarni ham belgiladik qoyillatib
Ota onamiz baxtdan voy... voyillatib
Ko'zlarida quvonchini ko'raylikda
O'qishga grant asosida kiraylikda.....

Niyatimiz Oliy unvon olish xalos
Va albatta yaxshi inson bo'lish halos
Menga esa poytaxtda qolish xalos
Biz ham bir kerilib yuraylikda
O'qishga grant asosida kiraylida.....

Ag'darilsin yelkadagi baland tog'lar
O'chib ketsin ko'ngildagi turli dog'lar
Bizni kutar baland bino, so'lim bog'lar
Biz ham to'yib to'yib uxlaylikda
O'qishga grant asosida kiraylida.....

Bir yil kutdik ikki uch yil oz emas
Bizga grantdan pastrog'i soz emas
Bizchalik hech kim ishqiboz emas
Bilim bilan davlatimiz qo'llaylikda
O'qishga grant asosida kiraylikda.....

Quloq tutsin Xudo bizning nomamizga
Nasib qilsin talabalik hammamizga
Maqtanaylik tog'a xola ammamizga
O'lsak ham talaba bo'lib o'laylikda
O'qishga grand asosida kiraylikda...

Yaxshi niyat yaxshi bo'lsa amalga oshar
Erta bilmam kimga qanday taqdir shoshar
Lekin biling egilmasin mag'rur boshlar
Kantrak bo'lsa bo'lsin to'laylikda
Bo'lmasa grand asosida kiraylikda....

Sabr qiling deyishibdi sabr qiling
Sizga shubha qilganlarga jabr qiling
Tushingizni faqat yaxshi taʼbir qiling
Duo qiling duo qiling duo qiling
Hammamiz quvonchga to'laylikda
O'qishga grand asosida kiraylikda...


ESLATMA: O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini @Abituriyents_info_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram:
@Bilim_baholash_agentligi
5.8K views07:01
Ochish/sharhlash
2023-05-19 10:59:47 #Sayyor_qabul

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida sayyor qabullar o‘tkazildi

Sohaga oid muammolarni joyida o‘rganish, hal qilish hamda zarur maslahat, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish maqsadida Bilimni baholash agentligi tomonidan sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Batafsil:
https://uzbmb.uz/post/view/qashqadaryo-va-surxondaryo-viloyatlarida-sayyor-qabullar-o-tkazildi

ESLATMA: O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini @Abituriyents_info_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram:
@Bilim_baholash_agentligi
7.0K viewsedited  07:59
Ochish/sharhlash
2023-05-19 08:49:13 Imtihon oldidan stressni yengish uchun TOP maslahatlar!

Imtihon shunday jarayonki, bunda har bir kishi “O'zing o'zinga yordam ber" qabilida ish ko'rishi lozim. Imtihonga har kim turlicha munosabat bildiradi.

Demak, bu vaqtda yuzaga keladigan stressga qarshi kurashish yo'llarini ham o'zi o'ylab topadi. Biz quyida sizga taqdim etmoqchi bo'lganimiz – amalda qo'llangan va ishonchli usullardir.

Imtihonga tayyorlanishni 17-18 soat qolganda yakunlash tavsiya etiladi. Oxirgi soatlarda katta bosim bilan kitob o'qishning mahsuldorligi ancha past bo'ladi. Tajriba shuni ko'rsatadiki, bilimlar sinoviga juda yaqin qolganda qancha ko'p o'qilsa, shuncha kam esda qoladi.

Hayot-mamot hal bo'lishi arafasida o'quv materiallariga betartib ravishda ko'z yugurtirish tavsiya etilmaydi, bu jarayonda dengizdan tomchi esiningizda qoladi, xolos. Natijada imtihon paytida faqatgina omadga tayanishga to'g'ri keladi.

Qolgan vaqtni aqliy mehnatdan charchagan organizmni oldindagi sinovga tayyorlashga bag'ishlash foydaliroqdir.

Imtihonlardan oldin kechqurun sayrga chiqish, dush qabul qilish kabi har qanday chalg'itadigan va tinchlantiradigan ish bilan shug'ullanish maqsadga muvofiqdir. “Miyani yukdan xalos etish" uchun biror komediya yoki yumoristik ruhdagi ko'rsatuvni tomosha qilish juda foydali.

Kulgu stressni yengishga yordam berishdan tashqari ishtahani ochadi, ish qobiliyatini oshiradi, uyquni normallashtiradi va g'ayritabiiy usul bilan fikrlash va tasavvur qilish qobiliyatini yaxshilaydi. Bu narsa ilmiy jihatdan isbotlangan.

Imtihondan oldin albatta organizmning talabini qondiradigan darajada to'yib uxlash kerak! Qiyinchiliksiz uxlash uchun esa kunning ikkinchi yarmidagi ratsiondan kofe, shokolad, kola, choy kabi mahsulotlarni chiqarib tashlash kifoya.

Tasavvurni ishga soling. Psixologik texnika yordamida imtihon jarayonini ko'z oldingizga keltiring:

Siz imtihon o'tkazilayotgan auditoriyaga kirdingiz, biletni tanladingiz, o'z joyingizga o'tirib xotirjam, hech qanday qiyinchiliklarsiz topshiriqlarni bajarib boshladingiz;
Iloji boricha imtihon nazoratchilarini ham ko'z oldindizga keltiring: ular o'z qarashlari bilan javobingizdan qoniqish hosil qilganliklarini ko'rsatib turishibdi, imtihon yakunida esa o'zingiz xohlagan bahoni qo'yib berishdi.

Shu sahnalarni xotirangizda ko'p marotaba tiklashga harakat qiling va real hayotda ham shunday bo'lishiga ishoning.

Imtihondan oldin uyqu yaxshi bo'lishi uchun kechki ovqatni to'g'ri tashkil qilish ham muhim ahamiyatga ega. Bu paytda iloji boricha uglevodli taomlar iste'mol qilish lozim, tarkibida ko'p miqdorda oqsil saqlagan mahsulotlardan esa o'zni tiygan ma'qul. Uxlashga yotishdan 30-40 minut avval bir stakan issiq suvga bir choy qoshiq asal solib ichsangiz, asab tizmi mustahkamlanadi.

Abituriyentlarga tarqating!

ESLATMA: O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini
@Abituriyents_info_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram:
@Bilim_baholash_agentligi
7.6K views05:49
Ochish/sharhlash
2023-05-18 15:28:08
#Qabul_2023
#Professional_taʼlim

Kasb-hunar maktablari uchun qabul kvotalar tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yilida kasb-hunar maktablariga kunduzgi va dual ta’lim shakllari bo‘yicha jami 98 042 ta qabul parametrlari tasdiqlandi.

Shundan:

Kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha – 93 310 ta;
Dual ta’lim shakli bo‘yicha – 4 732 ta.

KUNDUZGI ta’lim shakli bo‘yicha kvotani yuklab olish

DUAL ta’lim shakli bo‘yicha kvotani yuklab olish

Hujjatlar 1-iyuldan 20-iyulga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Ma’lumot o‘rnida, kasb-hunar maktablarida o‘qish to‘liq davlat granti asosida amalga oshiriladi.

ESLATMA: O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini @Abituriyents_info_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram:
@Bilim_baholash_agentligi
8.2K viewsedited  12:28
Ochish/sharhlash
2023-05-17 10:02:02
Nihoyat 3 yillik tanaffusdan keyin test sinovlari yana yopiq pavilyonlarda o’tkazilishi kutilmoqda

Vazirlik bergan ma’lumotga ko’ra, 2023/2024-oʻquv yili uchun test sinovlari oʻtkaziladigan 92 ta yopiq inshoot tanlab olingan hamda ularning reja chizmalari tayyorlanib, mahalliy hokimlik va idoralar bilan kelishilgan holda tasdiqlangan.

Bu degani joriy yilda test sinovlari yana yopiq pavilyonlarda o’tkazilishga tayyorgarlik ko’rilmoqda. Koronavirus pandemiyasi sababli 2020-2022-yillarda 3 yil ketma-ket test sinovlari ochiq joylarda, jumladan stadion va xiyobonlarda o’tkazilgan edi.

ESLATMA: O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini @Abituriyents_info_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram:
@Bilim_baholash_agentligi
9.2K views07:02
Ochish/sharhlash
2023-05-16 18:10:16 Xususiydan davlat universitetiga "перевод" mumkinmi ?

Javob: Respublika hududida faoliyat yuritayotgan nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga o'qishini mos va turdosh boʻlgan ta'lim yo'nalishlariga ko'chirish talabadan alohida iqtidor talab etiladigan ta'lim yoʻnalishlari boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa ta'lim yo'nalishlari bo'yicha test sinovlari asosida o'tkaziladi.

O'tish ballidan past ball to'plagan talabalar bakalavriatga qabul qilishdagi tartibga muvofiq tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadi.

Oʻzbekiston davlat OTMlarining mos va turdosh boʻlmagan ta'lim yo'nalishlariga koʻchirish oʻrnatilgan tartibda, tegishli bakalavriat ta'lim yo'nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktning minimal miqdoriga teng boʻlgan bir martalik toʻlov asosida amalga oshiriladi.

Sodda qilganda, ha, iloji bor

ESLATMA: O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini @Abituriyents_info_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram:
@Bilim_baholash_agentligi
8.2K viewsedited  15:10
Ochish/sharhlash
2023-05-16 17:04:21 25-may kuni

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 15-maydagi 01-06/3-255-sonli xati bilan yuborilgan “Soʻnggi qoʻngʻiroq” bayram tadbirini tantanali qismini oʻtkazish boʻyicha namunaviy ssenariy.

Mazkur namunaviy ssenariyga belgilangan vaqtga amal qilgan holda ijodiy yondashuv asosida oʻzgartirish kiritish mumkin.


ESLATMA: O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini @Abituriyents_info_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram:
@Bilim_baholash_agentligi
7.1K viewsedited  14:04
Ochish/sharhlash
2023-05-16 10:01:52 Majburiy fan blokidagi testlar qaysi mavzular bo‘yicha tuziladi?

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida qo‘llaniladigan test topshiriqlarining bo‘limlar bo‘yicha o‘rtacha taqsimoti (foiz hisobida).

Majburiy fanlar:

Ona tili (o‘zbek):
— Orfografiya va punktuatsiya — 40 %;
— Leksikologiya, uslubiyat — 40 %;
— Grammatika — 20 %.

Ona tili (rus):
— Fonetika — 10 %;
— Leksika — 10%;
— Grammatika — 40 %;
— Orfografiya — 40 %.

Ona tili (qoraqalpoq):
— Fonetika — 10 %;
— Leksika — 20 %;
— Grammatika — 40 %;
— Orfografiya — 30 %.

Matematika:
— Sonlar va ular ustida amallar — 40 %;
— Foiz, proporsiya va tenglama — 30 %;
— Geometriya — 30 %.

O‘zbekiston tarixi:
— Qadimgi va o‘rta asrlar tarixi —35-45 %;
— XVI-XX asr boshlaridagi tarixiy davr — 35-45 %;
— Sovetlar davri va mustaqillik davri tarixi — 20-25 %.

ESLATMA: O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini
@Abituriyents_info_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram:
@Bilim_baholash_agentligi
7.3K views07:01
Ochish/sharhlash