Get Mystery Box with random crypto!

Siz kutgan xabar | Siz uchun yangilik

Telegram kanalining logotibi bilim_baholash_agentligi — Siz kutgan xabar | Siz uchun yangilik S
Telegram kanalining logotibi bilim_baholash_agentligi — Siz kutgan xabar | Siz uchun yangilik
Kanal manzili: @bilim_baholash_agentligi
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Bilim va Malakalarni Baholash Agentligi
❗Rasmiy manbadan olingan xabarlar
📞1195
📧info@uzbmb.uz
🌐www.uzbmb.uz
📍100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.
✅Reklama: @Rek_info
🧑‍💻Aloqa uchun: @Rasmiy_Admini

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2023-05-09 17:50:27 ​​ 69 ball bilan Toshkentdagi qaysi oliygohlarga GRANTga kirish mumkin ?

Xullas, endi bu davlat test markazining maxfiy ma'lumotlari emas. Bemalol siz ham bilishingiz mumkin:

1. Toshkent davlat texnika universiteti
Yo'nalish
: Metallar texnologiyalari
68,25 ball grant/57,75 ball kontrakt
(rus tili, kunduzgi ta'lim shakli)

2. Toshkent davlat transport universiteti
Yo'nalish: Yo‘l muhandisligi: avtomobil yo‘llari ekspluatatsiyasi
68,25 ball grant/57,75 ball kontrakt
(rus tili, kunduzgi ta'lim shakli)

3. Toshkent davlat transport universiteti
Yo'nalish: Transport vositalari muhandisligi: vagonlar
68,25 ball grant/59.85 ball kontrakt
(rus tili, kunduzgi ta'lim shakli)

4. O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi
Yo'nalish: San'atshunoslik: xoreografiya
68,0 ball grant/58.9 ball kontrakt
(o'zbek tili, kunduzgi ta'lim shakli)


Barcha abituriyentlarga ulashing!


ESLATMA: O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini @Abituriyents_info_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram:
@Bilim_baholash_agentligi
7.1K viewsedited  14:50
Ochish/sharhlash
2023-04-27 19:44:28 Oʻqishga kirishda beriladigan 41 imtiyoz:

1. Imtihonsiz qoʻshimcha davlat granti asosida talabalikka tavsiya etish boʻyicha imtiyozlar (15 ta);
2. Imtihonsiz bazaviy
toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish boʻyicha imtiyozlar (4 ta);
3. Tegishli fan boʻyicha imtihondan ozod etilib, maʼlum miqdorda ball berish boʻyicha imtiyozlar (5 ta);
4. Toʻplangan ballga nisbatan qoʻshimcha ball berish boʻyicha imtiyozlar (2 ta);
5. Qoʻshimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etish boʻyicha imtiyozlar (12 ta);
6. Qoʻshimcha imtiyozlar (3 ta).

Shuningdek, reyestrda imtiyozlar tasnifi, imtiyoz berilishiga masʼul vazirlik va idoralar, imtiyoz beriladigan abituriyentlar toifasi hamda imtiyoz berilishida huquqiy asos boʻladigan normativ-huquqiy hujjatlar nomlari keltirilgan
.

Barcha Abituriyentlarga ulashing!

@Bilim_baholash_agentligi
1.5K views16:44
Ochish/sharhlash
2023-04-26 17:56:13 O'zbekistondagi xususiy oliy ta'lim muassasalari ro'yxati (to'ldirilmoqda)

Toshkent shahridagi xususiy oliygohlar
1. TEAM University
2. Toshkent shahridagi Amiti universiteti
3. Toshkent shahrida Vebster universiteti
4. Cambridge International University
5. Stars International University
6. European medical University
7. Japan Digital University
8. Toshkent shahridagi Puchon universiteti
9. Profi University
10 Oriental University
11. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti
12. Tashkent International University of Education
13. British Management University
14. PDP University
15. Toshkent Amaliy fanlar universiteti
16. TMC Institute
17. Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti
18. Toshkent shahridagi Yeodju texnika instituti
19. Xalqaro Nordik universiteti
20. Alfraganus University
21. IT-Park University
22. Toshkent Iqtisodiyot va pedagogika instituti
23. Toshkent shahridagi Inha universiteti
24. Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti
25. Diplomat University
26. Akfa universiteti
27. Yangi asr universiteti
28. University of management and future technologies
29. Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti
30. Renessans ta'lim universiteti
31. International school of finance and technology

Buxoro xususiy oliygohlari:
1. Turon Zarmed universiteti
2. Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti
3. Buxoro innovatsion tibbiyot instituti
4. Osiyo xalqaro universiteti

Qashqadaryo xususiy oliygohlari
1. Qarshi xalqaro universiteti
2. Xalqaro innovatsion universiteti
3. Iqtisodiyot va pedagogika universiteti
4. Qarshi innovatsion ta'lim universiteti

Samarqand xususiy oliygohlari
1. Samarqand international Technological university

Xorazm xususiy oliygohlari
1. Ma'mun universiteti
2. Binary international university
3. Ranch texnologiya universiteti

Namangan xususiy oliygohlari
1. Impuls tibbiyot instituti
2. Turan international university
3. University of business and science

Andijon xususiy oliygohlari
1. Sharda universiteti
2. Colligium Humanum Varshava menejment universiteti
3. University of Economics and Pedagogy

Farg'ona xususiy oliygohlari
1. Central Asian Medical university
2. Kokand university
3. Farg'onadagi Koreya xalqaro universiteti
4. Latviyaning Axborot tizimlari menejmenti oliy maktabi Farg'ona filiali

Jizzax xususiy oliygohlari
1. Sabhram university

Navoiy xususiy oliygohlari
1. Navoiy innovatsiyalar universiteti

Manba: Xususiy_oliygohlar – Litsenziyaga ega xususiy oliy ta'lim muassasalari haqida ishonchli kanal

ESLATMA: O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini @Abituriyents_info_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram:
@Bilim_baholash_agentligi
3.0K viewsedited  14:56
Ochish/sharhlash
2023-04-26 04:19:01 ​ Bilib oling!! Qizlar uchun, ularga FOIZSIZ kredit beriladi!

Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga koʻra, toʻlov-kontraktda oʻqiyotgan xotin-qizlarga 2022-yildan boshlab imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladigan boʻldi
.

Kredit kimlarga beriladi?

Oʻzbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari);
Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).


Qaysi taʼlim shakliga beriladi?

Kunduzgi;
Sirtqi;
Kechki.

Masofaviy taʼlimga berilmaydi


14 foizda berilar ekan-ku, nega foizsiz deyilyapti?

Toʻgʻri, taʼlim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Ammo bu foiz qismini xotin-qizlar toʻlamaydi, davlat toʻlab beradi. Aniqrogʻi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi tomonidan qoplanadi. Xotin-qizlar faqat taʼlim kreditining asosiy qismini toʻlaydi xolos.

Toʻlash qachondan boshlanadi?

Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng ettinchi oydan boshlab (yaʼni olti oy oʻtib) 7 yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln soʻm taʼlim krediti olinsa, oʻqishni tugatgandan soʻng, 6 oy oʻtgach 7 yil mobaynida oyma-oy 83 ming soʻmdan toʻlab boriladi.

Qanday hujjatlar kerak?

bankka ariza;
shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
taʼlim muassasasi bilan toʻlov-kontrakt shartnomasi;
talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat.


Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.

​12 ta bankdan ta’lim krediti olsa bo'ladi.

Kontraktda o'qiydigan qizlarga yuboring!


ESLATMA: O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini @Abituriyents_info_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram:
@Bilim_baholash_agentligi
3.7K viewsedited  01:19
Ochish/sharhlash
2023-04-25 16:33:24 Xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha test sinovi o‘tkazildi

2023-yil 14-aprel kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Unda xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish uchun tegishli tartibda murojaat qilgan va hujjatlari Ekspert komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, ijobiy xulosa berilgan 226 nafar talabgordan 88 nafari ishtirok etdi.

Test sinovlari talabgorlarning ta’lim olgan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha mutaxassislik fanlaridan o‘tkazilib, talabgorlarga 50 ta test topshirig‘i (har bir to‘g‘ri javob uchun 2 ball) va ularni ishlash uchun 100 daqiqa vaqt berildi.

Test sinovlari Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi tomonidan ishlab chiqilgan maxsus dastur orqali elektron shaklda o‘tkazildi va talabgorlar test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Test natijalariga ko‘ra minimal talabni bajargan (55 va undan yuqori ball to‘plagan) 14 nafar talabgorning xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlari tan olinishi belgilandi.

ESLATMA: O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini @Abituriyents_info_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram:
@Bilim_baholash_agentligi
3.2K viewsedited  13:33
Ochish/sharhlash
2023-04-24 17:32:06
Yangi javoblar varaqasi (Titul) namunasini yuklab oling

Ushbu javoblar varaqasini chop eting va uni to'g'ri to'ldirishni hozirdan mashq qilishni boshlang.

Esingizda bo'lsin, bo'yaganda doiradan tashqariga chiqmang;

Doira ichini to'liq bo'yalmasligi ham xato;

Xato qilib belgilagan doirani "teshish" mumkin emas;

Skaner teshilgan javobni baribir xato deb hisoblaydi.

Bitta testga javob sifatida birdaniga ikki yoki undan ortiq doirani bo'yash mumkin emas. Bu ham xato va buning uchun hech qanday ball berilmaydi.

Eng yomoni, xato qilganingiz uchun sizga yangi titul berilmaydi!

ESLATMA: O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini @Abituriyents_info_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram:
@Bilim_baholash_agentligi
4.6K viewsedited  14:32
Ochish/sharhlash
2023-04-23 18:03:34 ​#yangilik

Endi akademik litseyga hujjat topshiradiganlarga ham uchtagacha yoʻnalish tanlash imkoniyati beriladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Akademik litseylarga oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish, oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlatish tartibini takomillashtirish haqida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

Unga koʻra:

abituriyentlarga roʻyxatdan oʻtishda uchtagacha akademik litseyning taʼlim tili bir xil boʻlgan bittadan mos yoʻnalishini tanlash imkoniyati beriladi;

abituriyent oʻzi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.

Bundan tashqari, akademik litseylarga oʻqishga qabul qilishda xalqaro va respublika fan olimpiadalari gʻoliblari, xorijiy til sertifikati mavjud abituriyentlarga imtiyozlar beriladi.

Akademik litseyga hujjat topshiradiganlarga yuboring!

ESLATMA: O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini
@Abituriyents_info_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram:
@Bilim_baholash_agentligi
4.5K viewsedited  15:03
Ochish/sharhlash
2023-04-19 17:01:55Milliy sertifikat kimga qanday imtiyoz beradi?

Javob quyidagicha:

1) Agar o'qituvchi milliy sertifikat imtihonida 80% yoki undan yuqori natijani qo'lga kiritsa, oylik maoshiga 20% ustama qo'shib beriladi!

2) Agar abituriyent 86% va undan yuqori natijani qo'lga kiritsa, tegishli  fanidan kirish imtihonlarida maksimal ball beriladi. Ya'ni ona tili va adabiyot 1-blok fani bo'lsa 93 ball, 2-blok fani bo'lsa 63 ball. Shuningdek majburiy 10 talik testdan ham maksimal ball (11 ball) beriladi.

Agar 60% dan 85% gacha natijani qo'lga kiritsa, foizga nisbatan proporsional ball beriladi. Ya'ni 80 foizlik natijani qo'lga kiritsa, unga 93 ballning 80%i (74,4 ball) beriladi!

3) Agar ona tilidan majburiy fan sifatida (10 talik testga) tayyorlanayotgan abituriyent milliy sertifikat imtihonidan 60 foizdan yuqori natijani qo'lga kiritsa, unga majburiy ona tilidan maksimal ball (11 ball) beriladi. Ya'ni milliy sertifikat majburiy fan uchun ham o'tadi!

ESLATMA: O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini
@Abituriyents_info_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram:
@Bilim_baholash_agentligi
4.7K views14:01
Ochish/sharhlash
2023-04-18 18:18:23
Namangan davlat universitetida “Korrupsiya — farovon hayotimiz poydevori” mavzusida tanlov oʻtkazilgani rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan diplom korrupsiya yoki Konstitutsiya bilan bogʻliq tanlovlar uchun berilmagani maʼlum qilindi.

ESLATMA: O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini
@Abituriyents_info_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram:
@Bilim_baholash_agentligi
4.5K viewsedited  15:18
Ochish/sharhlash
2023-04-17 17:00:52
Maktab bahosi o‘qishga kirishda hisobga olinadi. Bu tizim qanday ishlaydi?

Shu yilgi qabuldan boshlab maktab va o‘rta maxsus muassasalar bitiruvchilarining oxirgi 6 yillik baholari kirish imtihonlarida hisobga olina boshlaydi. “5” ga o‘qigan o‘quvchiga kirish imtihonida to‘plagan balliga 5 ball, “3” ga o‘qigan bitiruvchiga esa 3 ball qo‘shiladi. Lekin oldingi yillarda maktabni bitirib ketganlarga-chi? Ularga ham ball qo‘shiladimi?

Batafsil o‘qish: https://kun.uz/uz/41322500

ESLATMA: O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini @Abituriyents_info_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram:
@Bilim_baholash_agentligi
5.2K views14:00
Ochish/sharhlash