Get Mystery Box with random crypto!

Siz kutgan xabar | Siz uchun yangilik

Telegram kanalining logotibi bilim_baholash_agentligi — Siz kutgan xabar | Siz uchun yangilik S
Telegram kanalining logotibi bilim_baholash_agentligi — Siz kutgan xabar | Siz uchun yangilik
Kanal manzili: @bilim_baholash_agentligi
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Bilim va Malakalarni Baholash Agentligi
❗Rasmiy manbadan olingan xabarlar
📞1195
📧info@uzbmb.uz
🌐www.uzbmb.uz
📍100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.
✅Reklama: @Rek_info
🧑‍💻Aloqa uchun: @Rasmiy_Admini

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2023-04-16 17:01:07 Stipendiyalar oshdimi?

Yo’q, Prezident farmoni bilan faqat byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqlari, pensiyalar va nafaqalar 7%ga oshyapti.

Talabalarning stipendiyalari oshgani yo‘q, bu haqda farmonda hech narsa deyilmagan.


Kontraktlar oshadimi?

Aslida qoidaga ko‘ra, talabalarning to‘lov-kontraktlari ham oshishi kerak, chunki bazaviy kontrakt miqdorlari mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga bog‘lab qo‘yilgan. Ya’ni aslida qoidasi bo’yicha mehnatga haq to’lash miqdori oshganda kontraktlar ham oshadi.

Lekin bu borada xulosaga biroz shoshmagan ma’qul. Sababi pandemiyadan keyin bir necha yildan buyon kontraktlar miqdori oshirilmayapti, eski holicha turibdi. Mehnatga haq to’lash miqdori bir necha bor oshgan bo’lsa-da, lekin kontraktlar oshirilmadi.

Yana ham bu bo’yicha sohaga mas’ullar rasmiy aniqlik kiritgani maqsadga muvofiq.


ESLATMA: O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini @Abituriyents_info_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram:
@Bilim_baholash_agentligi
4.8K views14:01
Ochish/sharhlash
2023-04-15 16:52:29 ​​​UXLAMA! ​​ABITURIYENT.


Hoy abituriyent uxlama,
Yengilmagin g'aflatga.
Yaqin qoldi imtihon,
Qolib ketma kulfatga.

Ota-onang sen uchun,
Ishlamoqda tinmayin.
Uxlolmaydi tunlari,
Dam neligin bilmayin.

O'ylayapsan o'zingcha,
"Yiqilsam ne bo'lardi,
Baxtimga dadam borku
Kontraktim to'lardi".

Agar budjetga o'tsang
Otang hafa bo'larmu?
Yoki mushtipar onang
Baxtsiz bo'lib qolarmu?

Yigitlar hayolingiz,
Olmoqda qizlar balki.
Qalamqoshlar, zebolar
Hoy-havasku shunchaki!

Hoy, uzunsoch ishonma,
Alpqomatning so'ziga.
O'qishga o'tib ketsa,
Ko'rinmaysan ko'ziga.

Yaxshisi har biringiz,
O'ylangiz imtixonni.
Keyin topib olarsiz,
Alpqomat-u, jononni!!!

To'g'ri vaqtimiz ham,
Oz qoldi o'zi juda.
Shularni ham o'ylab SIZ,
Vaqt o'tkazmang bexuda.

Bilmingizga ishoning,
To'ldiring kamingizni.
Axir birov (sizni) o'ylamas ,
Bilmaydi g'amingizni.

Mehnat qilgan albatta,
Yetadi murodiga.
Rahmatlar keltiradi,
Avlod-u ajdodiga.

Hali ko'p yozardimu,
Dars tayyorlash kerakda.
Shoirlik bir kasallik,
Bo'sh vaqtda ermakda.

Xullas har biringizga,
OMAD tilab qolaman.
Inshaalloh sizlarni,
Poytaxtda kutvolaman!

ESLATMA: O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini
@Abituriyents_info_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram:
@Bilim_baholash_agentligi
6.1K views13:52
Ochish/sharhlash
2023-04-14 22:49:02
May-iyun oylarida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari may-iyun oylari davomida har oyda bir marotaba tashkil etiladi.

Test sinovi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Abituriyentlarga tarqating!!!

@BMBA_INFO - Ta'lim yangiliklari
5.1K viewsedited  19:49
Ochish/sharhlash
2023-04-14 16:56:49 #Ovozli_chat #Audio
Nostrifikatsiya va apostil xizmatlari bo‘yicha ovozli chat audiosi

2023-yil 7-aprel kuni Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanalida nostrifikatsiya va apostil xizmatlari bo‘yicha ovozli chat o‘tkazildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan ovozli chat davomida:

xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya) taribi;
hujjatlarni tan olishda test sinovidan ozod qilingan toifalar;
ta’lim toʻgʻrisidagi hujjatlarga apostil qo‘yish tartibi;
nostrifikatsiya va apostil boʻyicha murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari;
va boshqa ko‘plab masalalar bo‘yicha savollarga batafsil javob berildi.

Ovozli chatda ishtirok eta olmaganlar uchun ovozli chatning audio yozuvi telegram kanalimizga joylanmoqda.

Telegram: @BMBA_INFO
4.4K views13:56
Ochish/sharhlash
2023-04-13 04:08:21 Shu yil maktabda olingan yakuniy baholar kirish imtihonlarida hisobga olinadimi ?

Nizomga muvofiq, maktab bitiruvchilarining shahodatnomasidagi 11 yillik ta'limning so‘nggi 6 yillik baholari OTMga kirishdagi ballga qo‘shilishi kerak edi.

Ammo haligacha aniq gap yo'q. Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori Majid Karimov bergan maʼlumotga koʻra, maktab o‘quvchilari uchun yagona davlat imtihoni ham joriy etilishi mumkin va jarayonlar balki 2024-yildan boshlab amalga oshirilishi ham mumkin. 00:00

Shu yilgi 11-sinf o'quvchilarining maktabni bitirishiga esa 1 oydan biroz ko'proq vaqt qolmoqda.

2024-yil hujjat topshiradigan barcha abituriyentlarni xabardor qiling!


Abituriyentlarga tarqating!

Bilimni baholash agentligi:
@Bmba_info
9.3K viewsedited  01:08
Ochish/sharhlash
2023-04-12 16:24:29 Huquqni muhofaza qilish akademiyasining bakalavriatiga qabul

2023-yil 6-aprel kuni Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul qilish va o‘qitish tartibini belgilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 143-son qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorda Akademiyaning “Tergov faoliyati” bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga nomzodlarni ro‘yxatga olish Bilimni baholash agentligi tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

Shu sababli Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytida “O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi” bo‘limi ochilib, talabgorlarni ro‘yxatga olish imkoniyati yaratildi.

Huquqni muhofaza qilish akademiyasining “Tergov faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha talabgorlarni ro‘yxatga olish 2023-yil 3-may kuniga qadar onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Qabul bo‘yicha to‘liq ma’lumot bilan quyidagi havolada tanishishingiz mumkin: https://lex.uz/pdfs/6425532.

Agentlikning telegram sahifasi
https://t.me/+kD3hEXZfy35iNzlk
5.6K viewsedited  13:24
Ochish/sharhlash
2023-04-12 00:25:42 Siz tanlagan yo'nalishingizga 2023-yilda qaysi fanlardan test boʻlishini bilish mumkin!

Yuqoridagi fayl orqali batafsil maʼlumot olishingiz mumkin

Oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi belgilangan tartibda qabul boshlanishidan tasdiqlandi.

Abituriyentlarga tarqating!

Telegram : @BMBA_INFO
6.4K viewsedited  21:25
Ochish/sharhlash
2023-04-12 00:25:11
#Rasman

Davlat test markazi (1994-2022-yillar) tugatildi.

Uning o‘rniga 2023 yil 1 yanvardan "Bilim va malakalarni baholash agentligi" o‘z ishini boshlaydi.

Bilim va malakalarni baholash agentligi botiga o'ting va kirish ballari bilib oling
5.3K views21:25
Ochish/sharhlash
2023-04-11 23:41:41 #Rasman

Davlat test markazi (1994-2022-yillar) tugatildi.

Uning o‘rniga 2023 yil 1 yanvardan "Bilim va malakalarni baholash agentligi" o‘z ishini boshlaydi.

Ushbu agentlik Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi negizida Oliy ta’lim fan va innovasiyalar vazirligiga qarashli tashkilotga aylanadi.


Abituriyentlarga ulashing!!!

Bilim va malakalarni baholash agentligi qisqartirma: BMBA

Telegram kanal: @BMBA_INFO
🛜
https://t.me/+kD3hEXZfy35iNzlk
4.9K viewsedited  20:41
Ochish/sharhlash