Get Mystery Box with random crypto!

Siz kutgan xabar | Siz uchun yangilik

Telegram kanalining logotibi bilim_baholash_agentligi — Siz kutgan xabar | Siz uchun yangilik S
Telegram kanalining logotibi bilim_baholash_agentligi — Siz kutgan xabar | Siz uchun yangilik
Kanal manzili: @bilim_baholash_agentligi
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Bilim va Malakalarni Baholash Agentligi
❗Rasmiy manbadan olingan xabarlar
📞1195
📧info@uzbmb.uz
🌐www.uzbmb.uz
📍100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.
✅Reklama: @Rek_info
🧑‍💻Aloqa uchun: @Rasmiy_Admini

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2023-07-04 18:39:28 #abituriyent

Davlat qabul komissiyasining qaroriga ko’ra, quyidagilarga istisno tariqasida ruxsat berildi:

abituriyentlarga tugatgan ta’lim muassasasidan qat’i nazar ta’lim tili qardosh (qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman) tillardan birida olib boriladigan ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tishga;

“Oliy hamshiralik ishi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga hamshiralik, akusherlik ishi va feldsherlik bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan abituriyentlar ham ro‘yxatdan o‘tishiga.

ESLATMA: O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini @Abituriyents_info_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram: @Bilim_baholash_agentligi
8.3K viewsedited  15:39
Ochish/sharhlash
2023-07-04 11:42:59 #qabul2023

Harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha 5 %li qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti

Davlat komissiyasining bayoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha besh foizli qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun respublika bo‘yicha jami 9 506 ta qo‘shimcha kvota ajratildi. Ta’lim shakllari kesimida:

kunduzgi ta’lim shakli uchun – 6 356 ta (davlat granti asosida - 1 746 ta, to‘lov-kontrakt asosida - 4 610);
sirtqi ta’lim shakli uchun – 2 453 ta (to‘lov-kontrakt asosida);
kechki ta’lim shakli uchun – 556 ta (to‘lov-kontrakt asosida);
masofaviy ta’lim shakli uchun – 141 ta (to‘lov-kontrakt asosida).

Kvotalar to'liq: @abituriyents_info_bot

Bizni kuzating:
@bilim_baholash_agentligi
9.1K viewsedited  08:42
Ochish/sharhlash
2023-07-04 11:34:02 QABUL KVOTASI-2023: bakalavriat
#abituriyent

KECHKI
(ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)

JAMI: 11 ming 125 ta;
O’zbek tili: 9 ming 455 ta;
Rus tili: 1 ming 670 ta.

Izoh: kechki ta’limda barcha kvotalar to’lov-kontrakt asosida bo’ladi, davlat granti yo’q.

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram: @Bilim_baholash_agentligi
8.8K views08:34
Ochish/sharhlash
2023-07-04 11:34:01 QABUL KVOTASI-2023: bakalavriat
#abituriyent

KUNDUZGI
(ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)

Davlat qabul komissiyasi bayoni bilan 2023/2024-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KUNDUZGI ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi va to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlandi.

JAMI: 127 ming 259 ta;
Byudjet: 34 ming 930 ta;
Kontrakt: 92 ming 329 ta.


Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram: @Bilim_baholash_agentligi
9.0K views08:34
Ochish/sharhlash
2023-07-04 11:34:01 QABUL KVOTASI-2023: bakalavriat
#abituriyent

SIRTQI
(ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)

JAMI: 49 ming 078 ta;
O’zbek tili: 42 ming 577 ta;
Rus tili: 6 ming 501 ta.

Izoh: sirtqi ta’limda barcha kvotalar to’lov-kontrakt asosida bo’ladi, davlat granti yo’q.

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram: @Bilim_baholash_agentligi
10.5K views08:34
Ochish/sharhlash
2023-07-04 10:22:43 So‘nggi 6 yillik baholar OTMlarga joriy yilgi qabulda inobatga olinmaydi

2023-yil 3-iyul kuni Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF–107-son farmoni qabul qilindi.

Mazkur farmon bilan Prezidentning 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son farmoniga o‘zgartirish kiritildi.

Unga ko‘ra majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichini oliy ta’lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olish 2 yilga kechiktirildi.

Demak, joriy yilda majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olinmaydi.

ESLATMA: O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini @Abituriyents_info_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram: @Bilim_baholash_agentligi
10.5K viewsedited  07:22
Ochish/sharhlash
2023-07-04 10:13:24 #Stop YAKUNIY XULOSA AYTILDI

2024-2025-oʻquv yilidan test natijasidan kelib chiqib, ta’lim yo‘nalishla
rini tanlash mumkin bo‘ladi

2023-yil 3-iyul kuni Prezidentning “Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–200-son qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga
ko‘ra 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab:

OTMlarga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi.

Umumta’lim fanlaridan xalqaro imtihon natijalari bo‘yicha sertifikatlar davlat OTMga qabul qilishda inobatga olinadi.

Bunda tan olingan xalqaro sertifikatlar ro‘yxati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarori bilan tasdiqlanadi.

ESLATMA: O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini @Abituriyents_info_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram: @Bilim_baholash_agentligi
11.1K viewsedited  07:13
Ochish/sharhlash
2023-07-03 19:06:22
2023-yil 3-iyul soat 09:00 holatiga ko‘ra, 129 ming 863 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan 70 ming 186 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 59 ming 677 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir.

@bilim_baholash_agentligi
12.3K views16:06
Ochish/sharhlash
2023-07-02 09:01:30 Abituriyentlarning savollariga jonli efirda javob berilmoqda

“Yoshlar
” telekanali bilan hamkorlikda “Abituriyent-2023“ loyihasi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, hozirga qadar ko‘rsatuvning 5 ta soni bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rsatuv har hafta jonli efirda o‘tkazilmoqda va abituriyentlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berilmoqda.

Ko‘rsatuv mavzulashtirilgan holda tashkil etilayotgan bo‘lib, quyidagi havolalar orqali ko‘rsatuvning 5 ta sonini tomosha qilishingiz va o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin:

2023-2024-o‘quv yili uchun OTMlarga qabulga oid umumiy savollar —



Abituriyentlarga yaratilayotgan qulayliklar, imkoniyatlar va berilayotgan imtiyozlar —



Test topshiriqlari mazmuni, ularning qiyinlik darajasi va baholash mezoni —



Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish —



Chet tilidan ijodiy imtihonlarni o‘tkazish tartibi va onlayn ro‘yxatdan o‘tish —



ESLATMA: O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini @Abituriyents_info_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram: @Bilim_baholash_agentligi
12.7K views06:01
Ochish/sharhlash
2023-07-01 22:24:03 Online test kalitlari

@Bilim_baholash_agentligi
13.0K viewsedited  19:24
Ochish/sharhlash