Get Mystery Box with random crypto!

Bitiruvchilarga maslahatning injig'i! 'Bugun bitiruvchilarni | Siz kutgan xabar | Siz uchun yangilik

Bitiruvchilarga maslahatning injig'i!

"Bugun bitiruvchilarni anaqasikan, daraxtni tagida milliard yil yashagan donishmand sifatida bir tiyinga qimmat maslahatlar berib qo‘yay:

Tak vot, hamma narsaga tayyor turish bollar! Rok muzikant bo‘lib yorvoraman, ikkinchi Jimmi Xendriks bo‘laman deb orzular qilib, lekin diplomatiya sohasida o‘qib oxiri jurnalist yo bloger bo‘bketishingam mumkin

Sen bilan bitiruv kechasida ahdlashgan qiz boru, o‘sha skoreye vsego erta erga tegib ketadi sen hali qo‘lidan bir ish kelmas 2 kurs talaba bo‘lib yurganingda. Majnunga aylanvolib ichkilikka berilib voydodlab yurmagin. Foydasi yo‘q. Haqiqiy sevgi kechroq keladi.

Eng yomon ko‘rgan o‘qituvchilaring boru, shularni oldiga borib, boshingni egib... Uzr so‘rama, sizdan qutulganimga shukr de. Chunki yomon ko‘rgan o‘qituvchilarniyam sog‘inish haqidagi gaplar voda. Ularni butun umr yomon ko‘raverasan

Maktabni qorovuliga ham minnatdorchilik bildirib qo‘yinglar. Eng ko‘zga ko‘rinmas lekin katta ish qiladigan odamlardan biri, hamma uni unutadi lek.

Bugun ko‘pchiliging birinchi marta ichib ko‘rishing mumkin, tak chto yaxshilab miyangga o‘ylab ko‘r. Ichkilik insonni hech qachon yuqoriga olib chiqmaydi, qulatishi mumkin lek.

Yoz oyi turibdi oldinda butun boshli. O‘qi. Oliy ta’limga harakat qil, endi katta bo‘sam palon bo‘laman deb gapirma, uyat bo‘ladi. Prosto katta bo‘lding sen va o‘sha palon bo‘lishga harakatni boshlab bosor "

Nurbek Alimov

ESLATMA: O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini
@Abituriyents_info_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram:
@Bilim_baholash_agentligi