Get Mystery Box with random crypto!

16 yoshga to‘lgan bitiruvchi ID karta (pasport) olmasa, OTMga | Siz kutgan xabar | Siz uchun yangilik

16 yoshga to‘lgan bitiruvchi ID karta (pasport) olmasa, OTMga hujjat topshira olmaydi

Abituriyentlar onlayn ariza topshirishi uchun kerakli hujjatlar aytildi

Abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga kirish imtixoniga tegishli hujjatlarni onlayn topshirishi uchun bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlari Abitur elektron dasturiga kiritish talab etiladi. Hujjatsiz OTMga kirish uchun elektron ariza topshirib bo‘lmaydi. Bu haqda Ta’lim nazorati axborot xizmati ma’lum qildi.

OTMga hujjat topshirishda ID karta (pasport) va attestat kerak bo‘ladi. Faqatgina shu hujjatlardagi ma’lumotlarni bazaga kiritish yetarli, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, pasport (ID karta) olish uchun hududiy ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari va Davlat xizmatlari markaziga murojaat etish zarur.


Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram:
@Bilim_baholash_agentligi