Get Mystery Box with random crypto!

Rasman Chet tilidan ijodiy imtihon olinadigan yo‘nalishga h | Siz kutgan xabar | Siz uchun yangilik

Rasman

Chet tilidan ijodiy imtihon olinadigan yo‘nalishga hujjat topshirgan abituriyent qanday qilib 5 ta yo‘nalish tanlaydi?


Chet tilidan ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlar faqatgina ijodiy imtihon olinadigan 8 ta OTMdagi yo‘nalishlarni tanlashi mumkin.

Ular chet tili birinchi fan bo‘lgan, biroq ijodiy imtihon emas, test olinadigan yo‘nalishlarga hujjat topshira olishmaydi. Sababi imtihon turi 2 xil va baholash mezonlari ham turlicha.

Shuning uchun abituriyent yo chet tilidan imtihon olinadigan 8 ta OTM orasidan birini yoki imtihoni test bo‘lgan boshqa yo‘nalishlarni tanlashi kerak.

Chet tilidan ijodiy imtihon olinadigan OTMlar quyidagilar:
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti;
Samarqand davlat chet tillar instituti;
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;
Toshkent davlat pedagogika universiteti;
Qoʻqon davlat pedagogika instituti;
Nukus davlat pedagogika instituti;
Andijon davlat chet tillar instituti;
Namangan davlat chet tillar institutining xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari.


ESLATMA: O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini @Abituriyents_info_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram:
@Bilim_baholash_agentligi