Get Mystery Box with random crypto!

Kuni kecha A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektor | A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti

Kuni kecha A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektori A.Ismailov qayta tayyorlash kursi tinglovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan yig‘ilishda institut masʼullari, professor-o‘qituvchilar hamda guruhlarning 71 nafar tinglovchilari ishtirok etdi.

Uchrashuvda institut rektori malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimiga qo‘yilayotgan talablar, tinglovchilar va professor-o‘qituvchilardan kutilayotgan natijalar, tinglovchilarning o‘quv mashg‘ulotlaridagi ishtiroki, oraliq nazoratlarini o‘z vaqtida, belgilangan talablar asosida topshirishlari hamda bitiruv ishlarini nizom talablari asosida tayyorlanmayotganligi kabi holatlar yuzasidan tanqidiy fikr bildirdi.

Qayta tayyorlash o‘quv kurslari bitiruvchilarining kelgusidagi faoliyati davomida maktablarda kelajak avlodning munosib taʼlim olishidagi masʼuliyati haqida eslatib o‘tildi.

Shaffoflikni taʼminlash bo‘yicha qatʼiy nazorat va talablar o‘rnatilganligi, endilikda tinglovchilar soniga emas balki, taʼlim sifatiga eʼtibor qaratilishi haqida axborot berildi.

Shuningdek, institutning masʼullari tomonidan bitiruv ishni bajarishga qo‘yilgan talablarni tushuntirish bo‘yicha taqdimot qilindi.

Uchrashuv so‘ngida tinglovchilarning savollariga masʼullar tomonidan javob berildi.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram