Get Mystery Box with random crypto!

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti

Telegram kanalining logotibi avloniyuz — A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti A
Telegram kanalining logotibi avloniyuz — A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti
Kanal manzili: @avloniyuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 116.73K
Kanalning ta’rifi

Facebook
https://www.facebook.com/avloniy.uz
Website
http://avloniy.uz/
YouTube
https://www.youtube.com/channel/UCf6MGrax28HsY9DCBo3eeTA
Қайта тайёрлов:
https://t.me/avloniy_qayta_tayyorlov
LMS йўриқнома 👉 @lms_video_bot

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 12

2024-02-05 07:49:37
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида 2024 йилда таълим, соғлиқни сақлаш, рақамлаштириш, маданият ва спорт соҳаларида амалга оширилиши лозим бўлган устувор вазифалар юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.
25.4K viewsedited  04:49
Ochish/sharhlash
2024-02-04 09:46:16 #OAVda_biz

"Menejerlik o‘quv kurslari"ning dastlabki mashg'ulotlariga START berildi.

O‘zbekiston 24| Axborot 24

Madaniyat va ma'rifat

Ma'rifat tahririyat


Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram
29.3K viewsedited  06:46
Ochish/sharhlash
2024-02-01 19:10:41
“Menejerlik o‘quv kurslari” o‘quv jarayonini boshlashga bag‘ishlangan ochilish tadbiridan fotolavhalar.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram
26.0K views16:10
Ochish/sharhlash
2024-02-01 18:25:19
MENEJERLIK O‘QUV KURSLARIGA START BERILDI

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan Toshkent xalqaro Universitetida "Menejerlik o‘quv kurslari"ning boshlanishi doirasida ochilish tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri Hilola Umarova, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektori Abduvali Ismailov, vazirlik mutasaddilari, o‘quv jarayonlariga jalb etilgan nomzodlar va trenerlar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida so‘zga chiqqan vazir Hilola Umarova ushbu o‘quv dasturlarining ahamiyati, uning soha rivoji hamda maktablar faoliyatini yana-da rivojlantirish borasidagi ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektori A.Ismailov ushbu kursning maqsadi va mazmuniga to‘xtalib, zamonaviy rahbarlarning nafaqat bilim darajasi, ularning jamoatchilik, mahalla va ota-onalar bilan ishlash ko‘nikmasi yuqori bo‘lishi lozimligini taʼkidladi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur o‘quv kurslarining dastlabki bosqichi tajriba-sinov tariqasida 2023-yilning 5-27-iyun kunlari A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida o‘tkazildi hamda belgilangan o‘quv dasturlarini muvaffaqiyatli tugatgan 50 nafar bitiruvchilarga menejerlik sertifikati berildi.

Joriy yilning 17-19-yanvar kunlari menejerlik o‘quv kurslarida dars mashg‘ulotlarini olib boradigan trenerlar uchun seminar treninglar ham tashkil etildi.

Bugun, 1-fevraldan poytaxtimizda joylashgan Toshkent xalqaro universiteti o‘quv binosida umumta‘lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni tayyorlaydigan menejerlik o‘quv kurslariga start berildi.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram
24.6K views15:25
Ochish/sharhlash
2024-02-01 18:06:06 #qonunchilikda_yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev bugun, 1-fevral kuni «Pedagogning maqomi toʻgʻrisida»gi Qonunni imzoladi.

Qonun bilan pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari, faoliyatining asosiy kafolatlari, mehnatiga yarasha haq toʻlash, ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish tamoyillari belgilandi.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram
17.0K views15:06
Ochish/sharhlash
2024-02-01 18:00:26
PREZIDENTNING NODAVLAT UMUMIY O‘RTA TA’LIM TASHKILOTLARI TARMOG‘INI KENGAYTIRISHGA DOIR QARORI E’LON QILINDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish va ushbu jarayonga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish imkoniyatlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-son qarori e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab:

Nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun tijorat banklarining o‘z mablag‘lari hisobidan bozor foiz stavkalarida milliy valyutada ajratiladigan, qiymati 20 milliard so‘mgacha bo‘lgan kreditlar bo‘yicha, foiz stavkasining Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshadigan, lekin uning 1,5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun Davlat budjeti hisobidan kompensatsiya taqdim etiladi;

nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari uchun binolarni yangidan qurgan yoki o‘zining bino va inshootlarida umumiy o‘rta ta’lim faoliyatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlik subyektlariga 5 yil muddatga ushbu ta’lim tashkilotlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan kommunal xarajatlarining 50 foizi Davlat budjetidan qoplab beriladi.

2030-yil 1-yanvarga qadar yuridik shaxslarga o‘z mablag‘lari hisobidan nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari binolarini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning foyda solig‘ini hisoblashda ikki yil davomida teng ulushlarda chegirib tashlash huquqi beriladi.

Bunda, nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlarini bepul o‘qishga qabul qilish bo‘yicha litsenziya talablari bajarilmagan taqdirda, mazkur bandda nazarda tutilgan imtiyoz va kompensatsiyalar summasi ushbu tashkilot tomonidan Davlat budjetiga qaytariladi.
21.1K views15:00
Ochish/sharhlash
2024-02-01 12:13:02
#менежерлик_ўқув_курси
#таълим_ислоҳоти

Ustoz va shogird menejerlik o‘quv kursi haqida


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim muassasalari direktorligiga nomzodlarni o‘qitish maqsadida menejerlik o‘quv kurslari tashkil etilganligidan xabaringiz bor.

O‘quv kurslarini tashkil etishdan maqsad nima;

mashg‘ulototlarga kimlar jalb etiladi;

o‘qish istagida bo‘lgan nomzodlar qayerga murojaat qiladi;

menejerlik sertifikatini qo‘lga kiritgan nomzodlar qanday imtiyozlarga ega bo‘ladi?


An’anaga muvofiq Ustoz va shogird o‘rtasidagi o‘zaro muloqot shaklida tayyorlangan ushbu videolavhadan yuqoridagi savollarga to‘liq javob topasiz.


Menejerlik o‘quv kursi — zamonaviy direktorlar maktabi!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
21.9K views09:13
Ochish/sharhlash
2024-02-01 12:13:01
#Menejerlik_sertifikati

Menejerlik o‘quv kurslarining dastlabki mashg‘ulotlariga start berildi

Bugun poytaxtimizda umumta'lim maktablari direktorligiga nomzodlar uchun "Menejerlik o'quv kurslari" ni boshlash munosabati bilan tashkil etilgan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida so‘zga chiqqan Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova ushbu o‘quv dasturlarining ahamiyati, uning soha rivojidagi roliga alohida to‘xtalib o‘tdi va o‘z tavsiyalarini ulashdi.

Ma’lumot uchun: o‘quv kurslari davomida nomzodlar ta’lim menejmenti, ta’lim muassasasini rivojlantirish, jamoatchilik va ota-onalar bilan ishlashga doir qator modullar asosida o‘qitiladi.

Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1463

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
20.8K views09:13
Ochish/sharhlash
2024-01-31 10:36:34
#PISA

Bangkokda PISA 2025 tadqiqotining xalqaro darajadagi uchrashuv va treninglari boshlandi

Mazkur treninglarda OECD, ACER, Westat, cApStAn, OAT, Hallstat tashkilotlari hamda dunyoning 91 ta mamlakati qatorida O'zbekiston vakili sifatida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti xodimlari ham ishtirok ham etishmoqda.

O'quv seminarlari milliy loyiha menejerlari hamda tabiiy-ilmiy savodxonlik yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro ekspertlar uchun bo'lib o'tmoqda.

Joriy yilning 3-fevraliga qadar davom etadigan ushbu xalqaro tadbirda:

PISA 2025 tajriba-sinovini tashkil etish,
maktablar va ishtirokchilarni tanlab olish,
ularning ishtirokini ta’minlash,
tadqiqotni o‘tkazish platformasini joriy etish, ma’lumotlarni boshqarish,
kognitiv materiallarni kodlashtirish va baholash bo‘yicha ACER tizimini o‘rganish kabi masalalar muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, ACER va Westat tashkilotlari bilan ham uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
18.6K views07:36
Ochish/sharhlash
2024-01-30 17:57:11
#Сўраган_эдингиз
#Menejerlik_sertifikati

Menejerlik sertifikatiga o'qish davrida ish haqqi saqlab qolinadimi? Ushbu sertifikatga ega nomzodlarga ustama belgilanadimi?

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-son qaroriga muvofiq, endi maktab direktorlarining vakant lavozimlariga faqat menejerlik sertifikati mavjud va rahbar kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar orasidan tanlab olinadi.

Bunda maktab direktorligiga nomzod xodimlar ish jarayonidan ajralgan holda o‘qisa ish haqqi saqlanmasligi nazarda tutilgan.

Reja-taqsimot bo‘yicha o‘qiyotgan amaldagi direktorlar esa bepul o‘qiydi va o’quvlarga ishdan ajralgan holda jalb etiladi. Bunda ish haqqi saqlanadi, xizmat safari xarajatlari asosiy ish joyidan qoplanadi.

2024-yil sentabr oyidan boshlab tegishli menejerlik sertifikatini qo‘lga kiritgan:

maktab direktorlariga — 50 %;
direktor o‘rinbosarlariga — 30 % miqdorida
qo‘shimcha ustama berilishi belgilangan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
22.8K views14:57
Ochish/sharhlash