Get Mystery Box with random crypto!

#Mehnat_faxriysi Kuni kecha Maktabgacha va maktab ta‘limi vaz | A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti

#Mehnat_faxriysi

Kuni kecha Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligida sohada uzoq yillar davomida mehnat qilib kelgan pedagoglar "Mehnat faxriysi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutidan ham ko‘p yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan, o‘zining boy hayotiy mehnat tajribasi bilan mamlakatimizning taʼlim sohasidagi islohotlariga munosib hissa qo‘shib kelayotgan institutning quyidagi:

"Aniq va amaliy fanlarni o‘qitish  metodikalarini takomillashtirish" ilmiy-tadqiqot bo‘limi mudiri Baxramov Anvar Axrarovich O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Vasiylik kengashining 2023-yil 27-maydagi 23-sonli qaroriga asosan II darajali “Mehnat faxriysi”;

Uzluksiz kasbiy taʼlim kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi Abdullayeva Maxprat Nurmatovna I darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Ustozlarimizni faxriy ko‘krak nishonlari bilan samimiy qutlab, kelgusidagi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram