Get Mystery Box with random crypto!

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligiga bag‘ishl | A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan atoqli shoir va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligiga bag‘ishlangan “Ajdodlarga munosib voris bo‘laylik” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

Adiblar xiyobonidagi shoir haykali poyida o‘tkazilgan tadbirda ulug‘ bobokalonimizning mashaqqatli hayot yo‘li, ijodi xotirlandi. 

Institut masʼullari, doktorantlari, magistrlari va jamoatchilik ishtirokida Zahiriddin Muhammad Bobur haykali poyiga gulchambar qo‘yildi.  

Shuningdek, doktorantlar, magistrantlar hamda Respublika sanʼat va musiqa  kolleji talabalari hamda Toshkent tumani 30-son umumtaʼlim maktab o‘quvchilari tomonidan adibning boy adabiy merosi, ruboiylari yod etildi.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram