Get Mystery Box with random crypto!

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektori A.Ismailo | A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektori A.Ismailov rahbarligida "Rektor soati" yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda institut rektori A.Ismailov Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri H.Umarova boshchiligida o‘tkazilgan "Vazir soati" yig‘ilishidagi berilgan vazifalarni xodimlar e'tiboriga yetkazdi.

Xususan, «edo.ijro.uz» tizimidagi topshiriqlarning o'z vaqtida va sifatli taʼminlanish holati tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Menejerlik o‘quv kurslarining tashkil etilishi, kurs tinglovchilarining davomati, amaliyotning olib borilish holati, shuningdek, institutdagi va hududlardagi malaka oshirish, qayta tayyorlash, magistratura va doktorantura o‘quv mashg‘ulotlarining olib borilishi bo‘yicha masʼullarning axboroti eshitilib, muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro PISA tadqiqotining natijalarini tahlil qilish, undan malaka oshirishdagi ta'lim sifatini yaxshilashda foydalanish, tajriba-sinovini o'tkazish va kelgusidagi davriylikka tayyorgarlik ko'rish bo'yicha vazifalar belgilandi.

Institutdagi asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy zaxiralarni va Axborot-resurs markazidagi barcha asosiy vositalarni inventarizatsiyadan o‘tkazish holati tanqidiy ko‘rib chiqilib, amalga oshirilishi bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Institutning 2024-yilga mo‘ljallangan ish rejasini qayta ko‘rib chiqish, innovatsiyalarni kiritish, xorijiy ilg'or tajribalar asosida takomillashtirish va malaka oshirish tizimini transformatsiya qilishga doir takliflar kiritish bo‘yicha bo‘lim rahbarlariga vazifalar berildi.

Bundan tashqari, xodimlarning faoliyati samaradorligini oshirish hamda natijalarini baholash bo‘yicha ishchi guruh tarkibi shakllantirildi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan axborotlar tinglanib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram