Get Mystery Box with random crypto!

“TALIS 2024” tadqiqotini o'tkazish bo'yicha trening tashkil et | A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti

“TALIS 2024” tadqiqotini o'tkazish bo'yicha trening tashkil etildi

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi bilan hamkorlikda “O‘qitish va taʼlim olishni o‘rganish xalqaro TALIS 2024 tadqiqotining asosiy so‘rovnoma jarayonlarini tashkil etish” mavzusida trening o'tkazildi.

Mazkur treningda TALIS 2024 tadqiqotida milliy va xalqaro sifat nazoratchilari hamda maktab koordinatorlarining asosiy vazifalari, tadqiqot talablariga muvofiq so‘rovnoma jarayonlarini tashkil etish masalalari boʻyicha ma’lumorlar berildi hamda amaliy mashg‘ulotlar oʻtkazildi.

Treningda A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti, Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari hamda hududiy pedagogika markazlaridan mas’ul xodimlar hududiy koordinatorlar sifatida maxsus tayyorgarlikdan oʻtdilar.

Endilikda ular o'z hududlarida tadqiqotlarni muvofiqlashtirishda mas'ul xodim sifatida faoliyat yuritadi.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook
YouTube |  Instagram