Get Mystery Box with random crypto!

4-18-aprel kunlari O‘zbekistonda xalqaro TALIS 2024 tadqiqotin | A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti

4-18-aprel kunlari O‘zbekistonda xalqaro TALIS 2024 tadqiqotining asosiy so’rovnoma jarayonlari oʻtkaziladi

Joriy yilda Oʻzbekistonda xalqaro TALIS 2024 (The Teaching and Learning International Survey) tadqiqoti oʻtkaziladi.

Tadqiqotda ishtirok etish uchun mamlakatimizdagi umumtaʼlim maktablari orasidan tasodifiy reprezentativlik tamoyili asosida 210 ta maktab tanlab olingan. Joriy yilning 4-18-aprel kunlari oʻtkazilayotgan tadqiqot jarayonlarida mazkur maktablar direktorlari va ularda faoliyat yuritayotgan 4507 nafar oʻqituvchi ishtirok etadi.

TALIS - Oʻqitish va taʼlim olish muhitini oʻrganish xalqaro tadqiqoti boʻlib, unda maktab direktorlari va oʻqituvchilar soʻrovnoma toʻldirish orqali ishtirok etadi.

Tadqiqotda dunyo boʻylab 52 ta (shundan tayanch oʻrta taʼlim (ISCED level 2) moduli ishtirokchilari 33 ta) mamlakat qatnashmoqda. Oʻzbekiston, Albaniya, Ozarbayjon, Bahrayn, Kosta Rika, Germaniya, Montonegro, Marokash, Shimoliy Makedoniya, Serbiya davlatlari qatorida yangi ishtirokchi sifatida qatnashmoqda.

Maʼlumot uchun: Ertaga “Dolzarb mavzu” loyihasi orqali vazirlik mutaxassislari bilan shu mavzu doirasida muloqot tashkil etiladi. Unda TALIS 2024 tadqiqotining asosiy maqsadi, oʻtkazilish tartibi, soʻrovnoma orqali qanday maʼlumotlar toʻplanishi xususida batafsil maʼlumot beriladi.

Muloqot vazirlikning rasmiy kanallari orqali eʼlon qilinadi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin